Mikrazim – ovqat hazm bo‘lishining yaxshilanishiga ko‘maklashuvchi, kapsulalardagi zamonaviy ferment preparatidir
Mikrazim – 10 000 va 25 000 birlik lipaza mavjud
kapsulalarda ishlab chiqariluvchi, hamyonbop3 ferment
preparatidir.
Ushbu preparat oshqozon osti bezining ishini yengillashtiradi va
qorindagi1 og‘irlik va diskomfort hissini kamaytiradi.
Mikrazimning ta’siri organizmning o‘z fermentlari yetishmovchiligini
to‘ldirishga qaratilgan, bu esa ovqat hazm qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
turli muammolarni hal etishga yordam beradi. Mikrazimning minglab faol
fermentlari 30 daqiqa2 o‘tishi bilan o‘z ishini boshlaydi.
Mikrogranulalar – bu, pankreatinning o‘lchamlari 2 mm dan kichik
bo‘lgan, kislotali muhitda erishga chidamli qobiq bilan o‘ralgan
zarrachalaridir. Ularning uncha katta bo‘lmagan o‘lchami ovqat bilan
birga oson harakatlanishiga va ovqat hazm qilishning asosiy bosqichi yuz
beradigan ichakka fermentlarni yetkazib berishiga imkon beradi.
Mikrazim preparatining ustun jihatlari
Maksimal faollik
qabul qilgandan so‘ng 30 daqiqa2 o‘tishi bilan
Qabul qilishning qulayligi
ovqat qabul qilishda4 1 ta kapsula;
mikrogranulalarni kapsuladan chiqarish,
suyuqlik bilan aralashtirib, qabul qilish mumkin;
Hamyonbop narx3
Butun oila uchun
jumladan, bolalar ham tug‘ilganidan boshlab
Mikrazimni saqlash muddati
2 yil, flakonlardagi boshqa kapsulalar – qadoq6
ochilgandan so‘ng 3 oydan ko‘p emas
Mikrazim qanday ishlaydi?
Kapsulaning tez erishi, mikrogranulalarning oshqozonda kapsuladan chiqishi
Mikrogranulalarning oshqozonda ovqat bilan harakatlanishi
Mikrogranulalarning oshqozondan ovqat bilan o‘n ikki barmoqli ichakka harakatlanishi
Ichakda ovqat hazm qilish fermentlarining mikrogranulalardan chiqishi
Mikrazim fermentlari bilan oqsillarning, yog‘larning va uglevodlarning ichakda parchalanishi
Mikrazimni qanday qabul qilish kerak?
Kattalar uchun
1 ta Mikrazim kapsulasi
Ovqatlanish vaqtida
Yetarlicha miqdordagi suv yoki sharbat bilan ichiladi
Bolalarga
Mikrazim kaspulasini ochish mumkin
Kapsula ichidagilarni bir nechta teng qismlarga bo‘linadi
Suv yoki sharbat bilan aralashtiriladi
Mikrazimni qachon qabul qilish kerak?
Preparat ovqatlanish tartibi4
buzilgan holatlarda ovqat hazm bo‘lishini me’yorlashtirish uchun tavsiya
qilinadi:
Muntazam yoki davriy ravishda ortiqcha ovqatlanganda
Kechki ovqatda yog‘li va/yoki og‘ir ovqatlarni kech iste’mol qilganda
Yog‘li go‘sht, parranda go‘shti turlarni iste’mol qilganda
Tartibsiz ovqatlanganda
Yog‘li fastfudlarni sevib iste’mol qilganda
Alomatlar
qorindagi1 og‘irlik
meteorizm1
infeksion xususiyatga ega bo‘lmagan diareya1
Kasalliklar
Mikrazim ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini, aynicha, oshqozon
osti bezi funksiyasi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni
kompleks davolashda ishlatilishi mumkin:
- surunkali pankreatit;
- dispepsiya1;
- mukovissidoz;
- ingichka ichak yoki oshqozon rezeksiyasidan so‘ng oziq moddalari so‘rilishining buzilishi.