Ko‘p beriladigan savollar
Mikrazimni qanday qabul qilish kerak?
Mikrazim ichakka tushgandan so‘ng, darhol ta’sir
qilishni boshlaydi. Shuning uchun preparatni ovqatdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida
qabul qilish eng ma’qul hisoblanadi. 2 ta va undan ortiq miqdordagi kapsulalarni ichish
kerak bo‘lganda, ularni qabul qilish 2 qismga bo‘linadi. Kapsulalarning umumiy
miqdoridan yarmisini bevosita ovqatlanishdan oldin, qolgan qismini esa – ovqatlanish
vaqtida qabul qilish lozim. Agar bir martalik doza 1 ta kapsula bo‘lsa, uni ovqatlanish
vaqtida qabul qilish kerak. Kaspulani chaynash mumkin emas. Mikrazimni suv, meva
sharbati bilan ichish mumkin. Preparat bilan birga mineral suvlarni ichish esa
yaramaydi, chunki ishqorli muhitda fermentli granulalarning muddatidan oldin
parchalanishi boshlanadi. Bu ovqat hazm qilish yo‘llarining yuqori bo‘limlarining
ta’sirlanishiga, oshqozonda ovqat hazm bo‘lishining buzilishiga va preparat
samaradorligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Mikrazim dozasini bemorning ovqat
hazm qilishining buzilishi darajasiga va boshqa individual o‘ziga xosliklariga qarab,
shifokor belgilaydi. Agar gap bolalar haqida ketayotgan bo‘lsa, tana massasi va yoshi
ham hisobga olinadi.
Agar kapsulani yutish noqulay bo‘lsa, mikrazimni qanday qabul
qilish kerak?
Odamning kapsulalarni yuta olmasligi Mikrazimni
qabul qilishdan voz kechish uchun sabab emas. Kapsulaning tashqi qobig‘i ostida
mikrogranulalar (pelletlar deb ataluvchi) joylashgan bo‘lib, ular faqatgina ishqorli
muhitda parchalanadi. So‘lak va nordon oshqozon shirasi ularni parchalashga qodir emas.
Shuning uchun, agar kapsulani ochilsa va uning ichidagilarni sharbat yoki suv bilan
aralashtirilsa, hech qanday qo‘rqinchli narsa yuz bermaydi. Asosiysi – chaynamaslik,
granulalarni qoshiq bilan maydalashga urinmaslik va ishqorli aralashmalardan
foydalanmaslik. Qabul qilishning bunday usuli yutish buzilganda yoki dorilarni qabul
qilishda psixologik noqulaylikda ma’qul hisoblanadi. Mikrazimni bolalarga granulalarni
yorim suyuq ovqat (olma pyuresi, yogurt) bilan aralashtirgan holda berish mumkin.
Mikrazimni qabul qilish vaqtida tahlillar talab qilinadimi?
Oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarini Mikrazimdan
foydalangan holda kompleks davolash shifokor nazorati ostida olib boriladi. Preparatning
samaradorligini baholash va doza miqdorini tanlash uchun mutaxassis tahlillarni
tayinlashi mumkin. Odatda, bu koprogramma bo‘ladi. Axlat tahlili oqsillar, uglevodlar va
yog‘larning hazm bo‘lishi to‘liq yuz berayotganligi yoki yuz bermayotganligini
baholashga imkon beradi. Birinchi navbatda steatoreyalar – axlatda ortiqcha yog‘larning
mavjudligiga e’tibor qaratiladi. Agar bunday holat baribir aniqlansa, shifokor davlash
sxemasini almashtirishi mumkin. Ayrim holatlarda qonning biokimyoviy tahlili ham
tayinlanishi mumkin, u amilaza va mochevina darajasini aniqlashga imkon beradi.
Tekshiruv natijalari faqatgina shifokor tomonidan baholanadi.
Mikrazimning samaradorligiga nima ta’sir qiladi?
Mikrazim tarkibiga kiruvchi fermenlarning faolligiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatishi
mumkin:
• disbakterioz, gijja invaziyalarining mavjudligi;
• Mikrazimni qabul qilish usuli (masalan, kapsulani chaynash yoki bir vaqtda ishqorli
mineral suvning iste’mol qilinishi preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin);
• ichak ichidagilarning kislotalanishi bilan oshqozon shirasining ortiqcha ishlab
chiqarilishi va yuqori faolligi;
• preparatni saqlash sharoitining buzilish, bu fermentlarning parchalanishini
tezlashtirishi mumkin;
• parhezdagi og‘ishlar, haddan tashqari yog‘li ovqat iste’mol qilish.
Davolash samaradorligiga shubha paydo bo‘lganda, albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Pankreatit kuchaygan vaqtda mikrazimni qabul qilish mumkinmi?
Pankreatitning kuchayishi davrida ovqatlanishdan
butunlay voz kechish tavsiya etiladi. Davolovchi ochlik o‘z to‘qimalarini erituvchi
oshqozon osti bezi shirasi ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi va oshqozon
osti bezining tinchligini ta’minlaydi. Ushbu bosqichda ferment preparatlari
qo‘llanilmaydi. Og‘riq va va yallig‘lanishning o‘tkirligi pasayishi bilan maxsus parhez
tayinlanadi. Kasallikning remissiyasi davrida ferment preparatlari (masalan, Mikrazim)
tayinlanadi, ular nafaqat oziq-ovqatning so‘rilishini yaxshilaydi, balki o‘z oshqozon
osti bezi shirasining ta’sirini qisman almashtiradi. Bu shuni anglatadiki, oshqozon osti
bezi tiklanish va ovqat hazm qilishda to‘liq ishtirok etmaslik imkoniyatiga ega.
Pankreatit xurujidan so‘ng, oshqozon-ichak yo‘llarining ishi darhol normal holatga
qaytmaydi va bu bosqichda, parhezga rioya qilish bilan birga, shifokor ferment
preparatlarini qabul qilishni davom ettirishni tavsiya qilishi mumkin.
Oshqozon, ichak va o‘t pufagidagi operatsiyadan keyin Mikrazim
yordam beradimi?
Ovqat hazm qilish tizimining ayrim kasalliklari
jarrohlik aralashuvini talab qiladi. Bunday holda, o‘t pufagi, oshqozon yoki ichakning
bir qismi olib tashlanishi mumkin. Albatta, bunday aralashuvlardan so‘ng, oziq
moddalarini hazm qilish va so‘rilishi jarayoni to‘liq amalga oshmaydi. Ba’zi holatlarda
bu vitamin yetishmasligiga, bir qator kasalliklarning rivojlanishiga va charchashga olib
keladi. Ich ketishi, qorin dam bo‘lishi, kekirish, qorindagi og‘irlik paydo bo‘lishi
mumkin. Ushbu muammolarni hal qilish uchun ko‘pincha ferment preparatlarini o‘z ichiga
olgan kompleks davolash tayinlanadi. Shu bilan birga, faol moddalar ichakka tushgandan
keyingina harakat qila boshlaydigan zamonaviy vositalarga urg‘u beriladi. Bularga
ichakda eruvchan granulalarni o‘z ichiga olgan Mikrazim ham mansub bo‘ladi. Ferment
preparatlari ovqat bilan keluvchi yog‘lar, oqsillar va uglevodlarni tezroq va to‘liq
singdirish imkonini beradi.
Mikrazimni uzoq vaqt qabul qilinsa nima bo‘ladi?
Ayrim holatlarda, odam uzoq vaqt davomida
fermentlarni almashtirish terapiyasidan foydalanishga majbur bo‘ladi. Masalan, oshqozon
osti bezi funksiyasining barqaror pasayishida. Bu holatga o‘tkir yallig‘lanish,
surunkali pankreatit, mukovissidoz, organning bir qismini olib tashlash bilan operatsiya
sabab bo‘lishi mumkin. Bu holatda ferment preparatlari ovqat hazm qilish jarayonlarini
kerakli darajada ushlab turishga yordam beradi. Mikrazim diqqat bilan tanlangan
konsentratsiyadagi asosiy fermentlarni o‘z ichiga oladi. Ular faqat ichakda chiqariladi,
ovqat hazm qilish jarayonini iloji boricha tabiiy jarayonga yaqinlashtiradi.
Mikrazimning analoglari bormi?
Zamonaviy farmasevtika bozorida ferment preparatlari bir nechta nomlar bilan taqdim
qilinadi, ularning har biri o‘ziga xos ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalar, shuningdek
ta’sir qilish mexanizmlari va qo‘llash xususiyatlariga ega. Mikrazim kapsulalariga
kelganda, ular uni o‘xshash tarkibga ega mahsulotlardan ajratib turadigan yorqin o‘ziga
xos xususiyatga ega. Bu uning ishlab chiqarilish shakli.
Mikrazimning faol moddasi bo‘lgan pankreatin mikrogranulalari ikki karra himoyaga ega: jelatin kapsulasi va ichakda eruvchan qobiq. Shu sababli, fermentlar asl holida ularning yordami zarur bo‘lgan joyga – o‘n ikki barmoqli ichakka yetib boradi. Bu yuqori hazm qilish faolligiga va preparatning ta’sirini ovqat hazm qilishning tabiiy jarayoniga maksimal darajada yaqinlashtirishga yordam beradi.

Mikrazimni bolalarga berish mumkinmi?
Ha. Preparat hayotning birinchi kunlaridan boshlab bolalarda qo‘llanilishi mumkin.
Mikrazimning faol moddalari hayvonlarning oshqozon osti bezidan olinadigan tabiiy ovqat
hazm qilish fermentlaridir. Bundan tashqari, mikrogranulalardagi ishlab chiqarish shakli
preparatni aniq dozalash va uning o‘lchangan miqdorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bolalar
ovqatiga qo‘shish imkonini beradi.
Siz ushbu dorini bolalar uchun qo‘llash haqida qo‘shimcha ma’lumotni Mikrazimdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomadan olishingiz mumkin va bolada fermentlarni qabul qilish zarurati va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror pediatr tomonidan qabul qilinadi.

Mikrazim tarkibi
Mikrazimning ta’sir qiluvchi moddasi hayvonlarning oshqozon osti bezidan olingan
pankreatin hisoblanadi. Uning tarkibiga amilaza, lipaza va proteaza – ingichka ichakdagi
yog‘lar, oqsillar va uglevodlarning parchalanishi va ularni hazm qilish va so‘rilishning
keyingi jarayonlariga tayyorlash uchun javob beruvchi fermentlar kiradi.
Oshqozon osti bezi fermentlari membrana bilan qoplangan mikrogranulalar shaklida ishlab chiqarilgan, bu ularni me’da shirasining ta’siridan himoya qiladi va ingichka ichakka o‘zgarmagan holda yetib borishiga imkon beradi. Mikrogranulalar, o‘z navbatida, qattiq jelatin kapsulasiga o‘ralgan.

Homiladorlikda mikrazim
Homiladorlik paytida ayollar ko‘pincha bachadonning
kattalashishi va uning ichki organlarga bosimi tufayli oshqozon buzilishi alomatlaridan
aziyat chekishadi. Bundan tashqari, gormonal o‘zgarishlar ko‘pincha ovqat hazm qilish
shiralarining kimyoviy tarkibida vaqtinchalik buzilishlarni keltirib chiqaradi, bu esa
oziq-ovqat mahsulotlarini yetarli darajada qayta ishlashga va oqsillar, yog‘lar va
uglevodlarning hazm qilinishining pasayishiga olib keladi. Ammo barcha oziq moddalarni
olish zarurati ayol va uning tug‘ilmagan bolasi uchun juda muhimdir. Shuning uchun
homiladorlikni kuzatib boradigan shifokor Mikrazim tavsiya qilishi mumkin, bu esa
ovqatni tezroq va to‘liq hazm qilishga yordam beradi. Homilador ayolga ushbu ferment
preparatini tayinlash to‘g‘risidagi qaror vaziyatning individual xususiyatlariga
asoslangan holda, mutaxassis tomonidan qabul qilinadi.
Mikrazim dozalari qanday?
Mikrazim ferment preparati ikkita dozaga ega: pankreatin miqdori 10 000 va 25 000 birlik
bo‘lgan kapsulalar. Ba’zi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, ularning
har biri qo‘llash bo‘yicha bir xil ko‘rsatkichlarga ega. Jumladan, ovqatlanishning
epizodik buzilishi uchun 10 000 birlik pankreatin bo‘lgan kapsulalar mos keladi.
Moddalar almashinuvi buzilishi va oshqozon osti bezi funksiyasi bilan bog‘liq, ovqatdan
keyingi muntazam noqulaylikda esa yuqori doza tavsiya qilinishi mumkin.
Ikkala dozadagi preparatni dorixonada shifokor tayinlovisiz sotib olinishi mumkin. Biroq, agar ovqat hazm qilish muammolari bo‘lsa, mutaxassisga tashrifni ortga surmaslik kerak – faqat shifokor noqulaylik sabablarini aniqlashi va uni bartaraf etish uchun eng to‘g‘ri choralarni tavsiya qilishi mumkin.

Mikrazimning nojo‘ya ta’sirlari bormi?
Tibbiy foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq,
quyidagilar Mikrazimdan foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi: pankreatin yoki
preparatning alohida komponentlariga individual ta’sirchanlik, o‘tkir pankreatit,
surunkali pankreatitning kuchayishi.
Mikrazimda qanday fermentlar bor?
Mikrazim tarkibiga amilaza, lipaza va proteaza
fermentlari kiradi, ularning har biri ma’lum ozuqa moddalarining (uglevodlar, yog‘lar va
oqsillar) parchalanishi uchun mas‘uldir. Ovqat hazm qilish jarayonida ulardan hatto
bittasining yo‘qligi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mikrazim qabul qilishni alkogol bilan birlashtirish mumkinmi?
Eng avvalo, Mikrazimdan qanday maqsadlarda
foydalanilishini bilish zarur. Agar biz oshqozon osti bezi, o‘t pufagi kasalliklari va
ovqat hazm qilish tizimining boshqa patologiyalari haqida gap ketayotgan bo‘lsa, unda
davolash kursi ferment voistalari terapiyasini o‘z ichiga oladi, unda spirtli
ichimliklarni iste’mol qilish o‘z-o‘zidan kasallikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Agar bu do‘stona ziyofat yoki bayramona ziyofat haqida bo‘lsa va Siz ortiqcha
ovqatlangan va ichgan bo‘lsangiz, unda Mikrazimni qabul qilishga qarshi ko‘rsatma yo‘q.
Mikrazimning asosiy faol komponenti
Asosiy faol modda – pankreatin bo‘lib, unda
hayvonlarning oshqozon osti bezidan olingan tabiiy ovqat hazm qilish fermentlari mavjud.
U ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtirishga (yog‘lar, oqsillar va
uglevodlarning parchalanishini yaxshilash orqali), ferment yetishmovchiligi, oshqozon
osti bezining yallig‘lanish kasalliklari va boshqa bir qator holatlarda ovqat hazm
qilish yo‘llariga yuklamani kamaytirishga yordam beradi.
Ovqatdan so‘ng qorindagi og‘irlikdan qanday xalos bo‘lish
mumkin?
Birinchi navbatda, oshqozonda og‘irlik va noqulaylik
paydo bo‘ladigan holatlarni tahlil qilish kerak. Shartli ravishda, bu holatning “normal”
sabablari siz uchun noodatiy bo‘lgan ovqatlanish vaqti, og‘ir ovqatni iste’mol qilish
(qovurilgan, yog‘li, achchiq taomlar va fastfudlar), yo‘lda nonushta yoki tushlik qilish
zarurati va shunga o‘xshash “ekstremal” sharoitlar bo‘lishi mumkin. Bunday holda, faqat
parhezni tuzatish va bunday vaziyatlarni minimallashtirishga harakat qilish kerak. Agar
siz hali ham noqulaylikning oldini olish uchun qoidalardan chetga chiqishingiz kerak
bo‘lsa, siz ovqat hazm qilish yo‘llaridagi yuklamani yengillashtiradigan va ovqat hazm
qilishni normallashtirishga yordam beradigan Mikrazim qabul qilishingiz mumkin.
Agar ovqatdan keyin og‘irlik hissi tez-tez kuzatilsa va sanab o‘tilgan holatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa, noqulaylik sabablarini aniqlovchi va tegishli davolanishni tayinlovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Oshqozon-ichak yo‘llarining surunkali kasalliklarida mikrazim
qabul qilish mumkinmi?
“Oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklari” tushunchasi
yetarlicha keng ko‘lamdagi holatlarni o‘z ichiga oladi, ularning har biri o‘ziga xos
davolash rejimini talab qiladi. Mikrazimni oshqozon osti bezi fermenti yetishmovchiligi,
ozuqa moddalarining so‘rilishining buzilishi va boshqa patologiyalar uchun kompleks
terapiya tarkibida dori vositalaridan biri sifatida qo‘llash tavsiya etiladi (ularning
to‘liq ro‘yxati preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan). Ovqat hazm
qilish tizimining surunkali kasalliklarida Mikrazimni tayinlash to‘g‘risidagi qaror
davolovchi shifokor tomonidan, vaziyatning individual xususiyatlariga asoslangan holda
qabul qilinadi.
Agar normal ovqatlanishga ulgurmasam va doimiy tarzda yurgan
holda ovqatlansam, ovqat hazm qilishdagi muammolarni qanday bartaraf etish mumkin?
Mikrazim ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va ortiqcha
ovqatlanish paytida ovqat hazm qilish tizimi organlariga yuklamani yengillashtiradi,
“zararli” (fastfud, qovurilgan, yog‘li taomlar va boshqalar) ovqatni ortiqcha iste’mol
qilishda, shuningdek, oshqozon-ichak kasalliklarini kompleks davolashda ham
qo‘llaniladi. Shu munosabat bilan, preparat ovqatdan keyin noqulaylik hissidan xalos
bo‘lishga yordam beradi.
Ammo fermentlarning ishi faqat normal hazm qilish jarayonida faqatgina bir bo‘g‘in hisoblanishini tushunish muhim hisoblanadi. Agar yo‘lda ovqatlanish siz uchun odat bo‘lib qolgan bo‘lsa, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun faqat dori-darmonga tayanish o‘rniga, ovqatlanishga bo‘lgan yondashuvingizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak. Har qanday bandlik rejimida siz ko‘proq yoki kamroq normal sharoitda ovqatlanish uchun vaqt ajratishingiz va o‘zingizni qat’iy belgilangan soatlarda (20-30 daqiqa oldin-keyin) ovqatlanishga o‘rgatishingiz mumkin.

Doimiy ochlik va to‘ymaslik hissini qanday yengish mumkin?
Ortiqcha ovqatlanishning eng keng tarqalgan sabablaridan biri, bu ovqatlanish jarayoniga
e’tiboringizni qaratishga va to‘yinganlik signallarini bostirishga to‘sqinlik qiluvchi
chalg‘itadigan narsalarning mavjudligi hisoblanadi. Ovqatlanish paytida to‘g‘ri muhitni
yaratish zarur: elektron gadjetlarni ko‘zdan yiroqlashtiring, televizorni o‘chiring, siz
bilan bir stolda o‘tirganlardan ovqat paytida jim turishni so‘rang.
Ortiqcha ovqatlanishning yana bir keng tarqalgan sababi – shoshilishdir. Ovqatni sekin va yaxshilab chaynashga harakat qiling. Ovqatlanish davomiyligi kamida 15-20 daqiqa bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, bizning miyamiz, iste’mol qilingan miqdordan qat’i nazar, yurib yeyilgan ovqatni to‘liq ovqat sifatida qabul qilmaydi. Shuning uchun, “dala sharitida” ovqatlanish odatidan xalos bo‘lish zarur: yo‘lda, kompyuter oldidan ketmasdan, rulda. Ovqatlanish siz uchun chiroyli marosimga aylansin: dasturxon bezating, o‘zingizni moslashtiring, taomlarning ko‘rinishi va hididan bahramand bo‘lishga harakat qiling.
Chiroyli bezatilgan stolga bir marta qarashning o‘zi miyangiz tomonidan ovqat qabul qilishning boshlanishi sifatida qabul qilinadi. Tegishlicha, u to‘yinganlik signalini o‘z vaqtida berishga ham ko‘nikadi.

Og‘ir ish kunidan keyin kechki ovqatni kechroq qabul qilish
mumkinmi?
Sog‘lom ovqatlanish tamoyillari kun davomida oxirgi ovqatlanish vaqtini hech qanday
tartibga solmaydi. Shuning uchun, soat 18:00 dan kechiktirmasdan amalga oshirilishi
kerak bo‘lgan kechki ovqat haqidagi tezis – juda erkin va shuning uchun dietologlarning
“Kechki ovqat uyqudan 2 soat oldin bo‘lishi kerak” degan maslahatlarini noto‘g‘ri talqin
qilish xolos. Bu shuni anglatadiki, sizning asosiy mo‘ljalingiz faqat shaxsiy kun
tartibingiz va uyquga yotish vaqti bo‘lishi kerak. Jumladan, agar siz soat 23:00 da
uxlashga yotsangiz, kechqurun soat to‘qqiz yoki o‘ndagi kechki ovqat me’yordagi
variantlardan biri hisoblanadi. Har qanday ovqatlanish jadvaliga rioya qilish kerak
bo‘lgan yagona shart – kundan-kunga ma’lum bir vaqtda ovqatlanish, kechki ovqatni 20-30
daqiqadan ortiq kechiktirmaslik va ortiqcha ovqatlanmaslikdir. Bu tanaga sizning
rejimingizga ko‘nikish, shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kerakli ovqat hazm qilish
fermentlarini ishlab chiqarishga tayyor bo‘lish va ortiqcha ishlamaslik imkonini beradi.
Vazn kamayishni boshlagan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Moddalar almashinuvimizning paradokslaridan biri quyidagilar hisoblanadi. Tanada yetarli
yog‘lar, oqsillar va uglevodlar bo‘lmasa, teri osti yog‘ qatlami “joyida turadi“. Buning
sababi shundaki, suv-tuz, uglevod, lipid (yog‘) va moddalar amlashinuvining boshqa
barcha turlari kimyoviy reaksiyalar bo‘lib, moddalarni oddiyroq shakllarga parchalanishi
jarayonini boshlash uchun muayyan “reaktivlar” mavjud bo‘lishini talab qiladi.
Shuning uchun kaloriyalarni va iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdorini kamaytirish vazn yo‘qotishning asosiy sharti emas. Siz ovqat hazm qilishni normallashtirishingiz, shu jumladan, parhezni tuzatishingiz talab qilinishi mumkin. Bu ozuqa moddalarining yetishmasligini to‘ldirishga yordam beradi va almashinuv reaksiyalarni tezlashtirish uchun organizmingizni barcha zaruriy komponentlar bilan ta’minlaydi.

Ferment preparatlarini qabul qilish ovqat hazm qilish uchun
xavfsizmi?
Bunday preparatlar tarkibiga kiruvchi ovqat hazm
qilish fermentlari oshqozon va ichakdagi tabiiy ovqat hazm qilish jarayonini qayta
tiklashga yordam beradi. To‘g‘ri hazm qilishsiz, odam kun davomida iste’mol qiladigan
ovqatdan foyda olish imkonsiz. O‘z navbatida, ozuqa moddalarining yetishmasligi
natijasida turli asoratlar – umumiy charchoq va surunkali ich ketishdan tortib,
steatoriya va endokrin, reproduktiv, asab va boshqa tizimlarning kasalliklarigacha
bo‘lishi mumkin.
Mikrazim tarkibiga kiruvchi amilaza, lipaza va proteaza hayvonlarning oshqozon osti bezidan olinadi – preparat tarkibida sintetik kelib chiqishga ega bo‘lgan ovqat hazm qilish fermentlari mavjud emas. Bu kapsulalarning organizm bilan bir xil rejimda ishlashiga imkon beradi. Mikrazim ovqat hazm qilinishini yengillashtiradi va biror-bir sababga ko‘ra fermentlar ishlab chiqarilishi kamaygan yoki ularning miqdori ovqatlanishdagi o‘ziga xosliklar tufayli (ortiqcha ovqatlanish, og‘ir ovqat iste’mol qilish va h.k.) yetarli bo‘lmaganda, oshqozon osti beziga yuklamani kamaytirishga imkon beradi.