Preparat haqida
O‘ziga kichik, lekin yoqimli gastronomik quvonchlarni rad etmagan holda yashash – oson ish emas!
Sevimli, lekin “zararli” ovqatlarni rad etish va ularning ta’mi va lahzalardan lazzatlanish o‘rtasida tanlovni amalga oshirish kerak bo‘lgan paytda Mikrazim kapsulalari har doim yordamga keladi. Mikrazim ichida yuqori faollikka ega bo‘lgan fermentlar bo‘lgan ko‘plab mikrogranulalardan iborat. Ushbu preparat ortiqcha ovqatlanishda yoki qovurilgan va yog‘li ovqat kabi og‘ir ovqatlar iste’mol qilinganda ishonchli yordamchi hisoblanadi. Butun tabletkalardan farqli o‘laroq, Mikrazimni har qanday yoshdagi odamlar, shu jumladan, yangi tug‘ilgan va yutish bilan muammosi mavjud bo‘lgan keksa yoshdagi odamlar ham qabul qilishlari mumkin.
Mikrazimning ustun jihatlari
Mikrazim metabolizmni yaxshilovchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi faol fermentlarga ega mikrogranulalardan iborat. Preparatning o‘ziga xos samaradorligi fermentlarni deaktivatsiyadan ikki karra himoya qilinganligi bilan ta’minlanadi: jelatin kapsula va mikrogranulalarning ichakda eruvchi qobig‘i. Jelatin qobiq me’da shirasida oshqozon osti bezi fermentlarining chiqarilishiga ta’sir qilmagan holda eriydi, bu ularga faolligini saqlab qolish va ichakning kerakli joylariga yetib borish imkonini beradi.
Mikrazim kapsulalarida mavjud bo‘lgan fermentlar ovqatni hazm qilishga yordam beradi va oshqozon, o‘n ikki barmoqli ichak va oshqozon osti bezining yuklamasini kamaytiradi. Bu organlar, ayniqsa, ortiqcha ovqatlanish yoki og‘ir ovqat iste’mol qilishda ortiqcha yuklanadi. Ovqat hazm qilish jarayoni tabiiy ravishda sodir bo‘ladi, chunki fermentlar tananing o‘zi ishlab chiqaradigan fermentlarga o‘xshash harakat qiladi.
Mikrazim noqulaylik va og‘irlik hissini yengillik hissiyotiga almashtiradi.
Mikrazim: Ovqat hazm qilishni yengillashtirish uchun maksimum fermentlar!
* DISPEPSIYADA
** MIKRAZIMNI TIBBIY QO‘LLASh BO‘YICHA YO‘RIQNOMAGA QARALSIN
Qaerdan sotib olish mumkin?