Kasalliklar ma’lumotnomasi
Barchasi
A
B
C
Ç
D
E
F
G
G
H
I
J
K
L
M
N
O
Ó
P
Q
R
S
Ş
T
U
V
X
Y
Z
Gastrit
Oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi oshqozon-ichak
yo‘llarining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Gastrit nimasi
bilan yoqimsiz? Gastrit yuzaga kelganda ovqat hazm qilish funksiyasi buziladi, bu
esa energiya yetishmasligi va kuchning yo‘qolishiga olib keladi. Bugungi kunda
gastrit asr kasalligi hisoblanadi. Bunga kattalar ham, bolalar ham duchor
bo‘lishadi. Ehtimol, umri davomida hech qachon gastritning biron-bir alomati mavjud
bo‘lmagan odam bo‘lmasa kerak.
Batafsil
Diareya
Diareya (ich ketish) – ichning tez-tez, suyuq holda
kelishi. Mutaxassislar bu buzilishni mustaqil kasallik emas, balki faqatgina alomat
deb hisoblashadi. Suyuq holda ich kelishi bilan birga kechadigan kasalliklar
ro‘yxati juda keng. Ularga gastroenterit (oshqozon grippi), rotavirus, sayohatchilar
diareyasi, mikroskopik kolit, laktozaga ta’sirchanlik, ta’sirlangan ichak sindromi
va boshqalar kiradi. Undan tashqari, diareya – zaharlanishning sodiq hamrohidir.
Batafsil
Meteorizm
Gaz hosil bo‘lishining kuchayishi, og‘riq va shishish
doimiy hamrohingizga aylanganmi? Bu noxush alomatlarning barchasi ko‘pincha
tibbiyotda "meteorizm"deb ataladigan, juda keng tarqalgan muammodan guvohlik beradi.
Bu holat mustaqil kasallik emas, lekin bu uning alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Ortiqcha ovqatlanish, to‘yib ovqatlanmaslik va organizm hazm qilishi qiyin bo‘lgan
ovqatlarni iste’mol qilish ham ko‘pincha, ichak faoliyati buzilishining sabablari
hisoblanadi.
Batafsil
Nomuntazam ovqatlanish
Zamonaviy hayotning beqaror ritmi ko‘p hollarda muqarrar
ravishda ovqat hazm qilish muammolariga olib keladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q,
chunki biz biznesda va tashvishlarga abadiy g‘arq bo‘lgan holda, haddan tashqari
ko‘p holatlarda nonushta haqida unutib qo‘yamiz va ko‘pincha yotishdan oldin
o‘zimizga juda ko‘p erk beramiz. Shoshilib ovqatlanish odati haqida nima deyish
mumkin. Tartib bo‘lmasa, tanaga tushadigan ozuqa moddalari to‘liq foyda keltira
olmaydi. Nomuntazam ovqatlanish fiziologik ritmlarning buzilishiga va ovqat hazm
bo‘lishining sustalishishiga olib keladi. Bu inson hayotiga sezilarli noqulaylik
tug‘diradi va ayrim holatlarda oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarining
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Batafsil
Chaynash funksiyasining buzilishi
Ovqatni chaynash va yutishning o‘ziga xos xususiyatlari
nimada bo‘lishi mumkin? Ma’lum bo‘lishicha, bu murakkab bo‘lmagan jarayon juda ko‘p
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Biz har doim qaergadir shoshilishga
odatlanganmiz, shuning uchun biz tez-tez og‘ir kundan keyin uyga charchagan va och
holatda kelamiz. Natijada, biz tartibga muvofiq to‘g‘ri ovqatlanish qanchalik
muhimligi va nima uchun ovqatni ehtiyotkorlik bilan chaynash kerakligi haqida
o‘ylamasdan, muzlatgichga intilamiz, tez ovqatlanamiz va uy ishlarini bajarishni
boshlaymiz. Biroq, gap faqat shoshqaloqlikda emas. Ko‘p hollarda gap chaynash
funksiyasining buzilishi haqida ketadi. Ushbu muammoning oxir-oqibat ovqat hazm
qilish patologiyasiga olib kelishining oldini olish uchun tish-jag‘ tizimining
holatini kuzatish muhim hisoblanadi.
Batafsil
Ortiqcha ovqatlanish
Zamonaviy dunyoda ortiqcha ovqatlanish muammosi ancha keng
tarqalgan. Ushbu buzilish ovqatning ortiqcha yutilishida va kerakli vaqtda to‘xtab
qololmaslikda ifodalanadi. Bu ko‘pincha ovqatlanishdagi xatolar, parhezni buzish,
hissiy haddan tashqari zo‘riqish asnosida va boshqalar tufayli yuzaga keladi.
Tizimli tarzda ortiqcha ovqatlanish nafaqat oshqozonda noqulaylik tug‘diradi, balki
vaqt o‘tishi bilan semirishga va turli patologiyalarning rivojlanishiga olib kelishi
mumkin.
Batafsil
Yog‘li ovqatlarni iste’mol qilish
Jig‘ildon qaynashi, oshqozondagi og‘riq, og‘irlik – bu
alomatlarning barchasi bizni muvozanatdan chiqaradi va mazali taomlardan to‘liq
bahramand bo‘lishga imkon bermaydi. Ko‘p hollarda hazm bo‘lmaslik sababi og‘ir
yog‘li ovqatlar hisoblanadi. Ko‘pincha biz yuqori kaloriyali taomni iste’mol qilish
vasvasasiga berilibgina qolmay, balki shoshqaloqlik bilan yoki kech bo‘lganiga
qaramasdan vaziyatni yanada og‘irlashtiramiz. Shundan so‘ng bizni uzoq vaqt davomida
noqulaylik va og‘irlik hissi qiynashi ajablanarli emas. Ovqat hazm qilishning
buzilishida, biz o‘zimizni yomon his qilamiz va uzoq vaqt stress holatida qolamiz,
bu bizning umumiy sog‘ligimizga salbiy ta’sir qiladi.
Batafsil