Mikrazim / Savol va javob / Ferment preparatlarni qabul qilish hazm qilish uchun xavfsizmi?

Ferment preparatlarni qabul qilish hazm qilish uchun xavfsizmi?

Zamonaviy fermentli preparatlar, qabul qilish qoidalariga amal qilansa yuqori xavfsizlik profiliga egadirlar. Bu bir qator omillar bilan izohlanadi:

  • Fermentli preparatlar tabiiy kelib chiqishga ega. Ular shaxsiy hazm qiluvchi shiralar bilan raqobatlashmaydi, aksincha ularning ta’sirini to‘ldirib turadi. Bu holda hazm qilish jarayoni fiziologik turidan farqlanmaydi, chunki sekretsiyalanuvchi va qo‘shimcha kiritiladigan fermentlarning ta’sir qilish tartibi bir xildir.
  • Fermentli preparatlar ko‘nikishga olib kelmaydi va oshqozonosti beziga ayovchi tartibda ishlashga imkoniyat bersa ham,shaxsiy hazm qilish bezlarining faoliyatini bostirmaydi.
  • Preparat ko‘rinishida qabul qilinayotgan fermentlar organizmda yig‘ilib qolmaydi. Ular kelib tushgan ovqat miqdorini hazm qilish uchun «sarflanadi». Talabsiz qolgan qismi esa faolsizlashtiriladigan va qisman parchalanadigan joyi, ichakning pastki sohalariga o‘tadi.
  • Qo‘shimcha kiritiladigan fermentlar so‘rilib keta olmaydi, shu sababli faqat hazm qilish yo‘lining oralig‘ida ta’sir qiladi. Ularning funksional faollik sohasi- ingichka ichakning yuqori bo‘limlaridir. Ularning oshqozon va yo‘g‘on ichakka bo‘lgan ta’siri,ovqat hazm qilish jarayonini me’yorlashtirish yo‘li bilan vositachilik qilishdir.

Bundan tashqari,Mikrazim® qo‘llash shilliq qobig‘ining hamroh ta’sirlanishi xavfini iloji boricha kamaytirish va fermentlarning muddatidan oldin faollashishini oldini olishda yordam beradi.

Mikrazim® kapsulalari tarkibida qobig‘i faqat ishqorli muhitda eruvchi, ko‘p mikrogranulalar mavjud. Shu sababli u so‘lak va oshqozon shirasiga qarshi barqaror, preparatni ovqat, suv va nordon ichimliklar bilan aralashtirilganda yemirilib ketmaydi. Mikrazim® mikrogranulalaridagi fermentlar faqatgina, aynan ta’sir qilishi kerak bo‘lgan joy-12-barmoqli ichakka kelib tushganda ajralib chiqadi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish