Mikrazim / Savol va javob / Ovqatlanish paytida men to‘yganlikni his qilishim qiyin va shu sababdan ko‘pincha me’yordan ortiq ovqat yeb qo‘yaman. Bu muammoni qanday hal qilish mumkin?

Ovqatlanish paytida men to‘yganlikni his qilishim qiyin va shu sababdan ko‘pincha me’yordan ortiq ovqat yeb qo‘yaman. Bu muammoni qanday hal qilish mumkin?

Odatiy me’yordan ortiq ovqat yeyish bir nechta omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:

  • Ovqatlanishni boshlash paytidagi ifodalangan ochlik hissi. Me’yordan ortiq yeyishga moyilligi bo‘lgan odam, iste’mol qilinayotgan ovqat miqdorini kamaytirish umidida iloji boricha kam yeyishga harakat qiladi. Natijada u ifodalangan va boshqarilmaydigan ochlik hissi bilan ovqatlanishga o‘tiradi, tez ovqatlanadi va to‘yganini juda kech his qiladi. Muammoning yechimi- «kuchli ishtaha» holat paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan, yengil ovqatlanishlarni kiritish.
  • Ovqatlanish vaqtida chalg‘ish. Ovqat qabul qilish jarayonida diqqatni jamlamasdan, televizor va kitobga chalg‘ib, bizning miyamiz to‘yganlik haqida kech habar beradi. Oqibatda, kerak bo‘lgan miqdordan ancha ortiq, ovqat yeb qo‘yish mumkin. Muammoning yechimi- ovqatlanish jarayonidan rohatlanish, iste’mol qilinayotgan ovqat miqdorini kuzatish, ovqatlanish paytida kino ko‘rish va kitob o‘qishga chalg‘imaslik.
  • Shoshilish,yo‘l-yo‘lakay ovqatlanish. Biznining miyamiz qorin to‘yganligi haqidagi xabarni biri oz muddatdan keyin, ozuqaviy moddalar qonga kelib tusha boshlaganda, beradi. Agar ovqat juda tez iste’mol qilinsa, organizm bunga tez javob berishga ulgurmaydi va sezilarli kechikish bilan to‘yganlik haqida xabar berganda,oshqozon to‘lib ketgan bo‘ladi. Muammoning yechimi- yo‘l-yo‘lakay ovqatlanmaslik, ovqatni tez chaynamaslik, ovqatlanishga kamida 20 daqiqa vaqt ajratish.
QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish