Mikrazim / Savol va javob / Kapsuladagi fermentlar tabletkalardan nimasi bilan farq qiladi?

Kapsuladagi fermentlar tabletkalardan nimasi bilan farq qiladi?

Kapsula va tabletka shaklidagi ferment preparatlarning asosiy farqlanishlari:

  • Ularning ta’sir qilishi kerak bo‘lgan, ichak sohasiga kelib tushish tezligi. Kapsuladagi fermentlar tabletka shaklidagi turlariga qaraganda, oshqozonni ancha tezroq tark etadi. Demak bu, ular ta’sir qilishni ham vaqtliroq boshlaydi degani.
  • Hazm qilish yo‘lining shilliq qavatiga ta’siri. Yelimshakli kapsulalar betaraf va qorin bo‘shlig‘i devorlarini ta’sirlantirmasdan,tezda erib ketadi. Tabletkalar shilliq qobiqqa mexanik ta’sir ko‘rsatishi mumkin,bu esa gastrit, ezofagit, duodenit mavjud bo‘lgan hollarda bir qancha noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.
  • Ta’sir qilish sohasida eng yuqori samarasini ko‘rsatish. Tabletkalar asta-sekin eriydi. Bu holda ular ozuqaviy bo‘tqa bilan birga hazm qilish yo‘lining pastki sohalariga yetib borishga ulguradi. Natijada, pankreatin moddasining fiziologik ta’sir qilish sohasi (12-barmoqli ichakda) fermentning miqdori har doim ham yetarli bo‘lmaydi. Kapsulalarda bunday kamchilik yo‘q. Ulardagi fermentlar tez ajralib chiqadi, oshqozon pastki sohasining o‘zida ajralib chiqadi. Natijada 12-barmoqli ichakka eng ko‘p miqdordagi pankreatin kelib tushadi. To‘g‘risi, uning bir qismi oshqozonda ta’sir qila boshlagani sababli,faolligini yo‘qotgan bo‘ladi. Bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik uchun Mikrazim® qo‘llash mumkin.

Mikrazim® kapsula shaklida ishlab chiqariladigan, boshqa fermentli preparatlardan yaxshi tomonga farq qiladi. Faol modda (pankreatin) ikki darajali himoyaga ega: tashqi yelimshakli qobiq va pellet deb nomlanuvchi, mikrogranulalarning ichakda eruvchi devorlari.

Bu pelletlar faqat ishqorli muhitga kelib tushganda eriydi. Hazm qilish yo‘lida bunday muhit 12-barmoqli ichak oralig‘ida va ingichka ichakning pastki sohalarida mavjud. Shu sababli Mikrazim® kapsulasining ochilishi va yelimshakli qobig‘ining oshqozonda erishi, boshqa kapsulali preparatlardan farqli ravishda, fermentlarning ta’sir qilish kuchining yo‘qolishiga olib kelmaydi.

Mikrogranulalar tufayli pankreatin faqat oshqozondan chiqqandan keyin-oshqozonosti bezining fermentlari ajralib chiqadigan joyga kelib tushganda,ta’sir qilishni boshlaydi. Shuning uchun Mikrazim® ta’siri ostidagi hazm qilish tabiiy hazm qilish jarayonidan deyarli farq qilmaydi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish