Mikrazim / Savol va javob / Men ozishga harakat qilyapman va shu sabali o‘zimni muntazam ovqatlanishda cheklamoqdaman. Lekin mening vaznim kamayishdan to‘xtadi.Ozish uchun nima qilishim mumkin?

Men ozishga harakat qilyapman va shu sabali o‘zimni muntazam ovqatlanishda cheklamoqdaman. Lekin mening vaznim kamayishdan to‘xtadi.Ozish uchun nima qilishim mumkin?

Bu muammo, ozishga harakat qilayotgan, ko‘pchilik odamlarga ma’lumdir. Jiddiy ozuqaviy cheklashlar va kunlik ozuqa kaloriyasining sezilarli pasayishtirilishi, har doim ham tana og‘irligining tez va ifodalangan kamayishiga olib kelmaydi. Aksariyat hollarda, sakrashli bir necha kilogramm yo‘qotilgandan so‘ng, vazn bir joyda turib qoladigan, plato davri bo‘ladi. Bu holatda parhezni kuchaytirish istalgan natijani bermaydi.

Gap shundaki,ozish jarayoni metabolizmning (moddalar almashinuvi) tezligi bilan uzluksiz bog‘liqdir. Ifodalangan kaloriya yetishmovchiligi va asosiy ozuqaviy moddalar kelib tushishining keskin kamayishi tejamli muhofaza tartibi ishga tushishiga sabab bo‘ladi. Bunda organizmdagi barcha jarayonlar sekinlashadi, asosiy kuchlar esa hayot uchun zarur a’zolarning faoliyatini quvvatlash uchun yo‘naltiriladi. Ahir moddalar almashinuvining barcha turlari - ularning ishlashi uchun ma’lum moddalar kerak bo‘lgan, o‘zaro bog‘liq majmuaviy ta’sirlanishlardir. Ochlik parhezi sharoitida esa ular organizmga yetarli miqdorda kelib tushmaydi. Shu sababli moddalar almashinuvi tejamli tartibda, juda past tezlik bilan o‘tadi.

Ozishdagi plato davridan o‘tish uchun, avval ovqatlanish tartibini me’yorlashtirish kerak bo‘ladi. Barcha asosiy ozuqaviy va vitamin moddalarning kelib tushishi ta’minlanishi kerak. Ozuqalarning kaloriyasini esa, shunday nomlanuvchi,asosiy almashinuv ko‘rsatkichlaridan biroz yuqori darajada ushlab turish kerak. Bu ko‘rsatkich, odamning jinsi,bo‘yi va yoshiga qarab hisoblanadi. Kunlik kaloriya miqdoridagi odatdagidan 15-20% yetishmovchilik xavfsiz va shu bilan birga  samarali hisoblanadi. Bu holda ozuqaviy axlat va ko‘p miqdordagi tez uglevodlarni  kunlik ovqatlanish  tartibidan chiqarib tashlab,sog‘lom ovqatlanishga o‘tish tavsiya etiladi.

Ozish davridagi menyuni to‘g‘ri tuzishda dietolog(parhez bo‘yicha shifokor) yordam beradi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish