Mikrazim / Savol va javob / Mikrazim® kapsulasi juda katta,uni bolalarga qanday bergan ma’qul?

Mikrazim® kapsulasi juda katta,uni bolalarga qanday bergan ma’qul?

Hayotining birinchi yillaridagi bolalarga Mikrazim® tashqi jelatinli qobig‘isiz beriladi. Qobiq ochiladi, uning tarkibidagi fermentli mikrogranulalar suv bilan aralashtiriladi, emizikli bolalarga sut, yarim suyuq bo’tqa, aralashmalar, pyure bilan. Bu holda ularni maydalash (chaynash, qoshiq bilan ezish, ovqat bilan blenderda maydalash) mumkin emas.

Mikrazim® mikrogranulalarining qobig‘i faqat ishqorli muhitda eriydi. Shuning uchun u so‘lak va oshqozon shirasiga qarshi barqaror, preparatni ovqat,suv va nordon ichimliklar bilan aralashtirganda parchalanib ketmaydi. Mikrogranulalarning devori faqat 12-barmqoli ichak-aynan, Mikrazim® fermentlari ta’sir qilishi kerak bo‘lgan joyga kelib tushganda erib ketadi.

Preparatni qabul qilish tartibi va dozasi shifokor tomonidan aniqlanishi kerak. Davolash tartibini tayinlash davrida, fermentlarning kerakli miqdorini aniqlash uchun tekshiruvga axlat topshirish (koprogramma) kerak bo‘lishi mumkin.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish