Mikrazim / Savol va javob / Mikrazim® homiladorlik vaqtida qo'llanilishi mumkinmi?

Mikrazim® homiladorlik vaqtida qo'llanilishi mumkinmi?

Ko‘pchilik ayollar homiladorlik vaqtida hazm qilish a’zolaridagi noqulaylik bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Bu bir nechta omillar tufayli sodir bo‘ladi:

  • o‘sib borayotgan bachadon tomonidan barcha qorin bo‘shlig‘i a’zolariga ko‘rsatilayotgan, bosim;
  • gormonal holatning o‘zgarishi,shu jumladan bachadon devorlari va boshqa ichki a’zolardagi silliq mushaklarni bo‘shashtirishga qaratilgan;
  • ko‘pchilik homilador ayollarga xos bo‘lgan, maxsus va har doim ham fiziologik bo‘lmagan ozuqaviy moyilliklar.

Bunday sharoitda ko‘pincha vaqtinchalik fermentli buzilishlar vujudga keladi. Ular nafaqat homilador ayolga noqulaylik yaratadi, balki asosiy ozuqaviy moddalarning ichakda o‘zlashtirilishining buzilishiga ham olib keladi. Bu esa onaning holatiga salbiy ta’sir qilishi va homilaning rivojlanish uyg‘unligini buzishi mumkin.

Bunday buzilishlarni tuzatish uchun, shifokorning qaroriga ko‘ra, zamonaviy fermentli preparatlar ishlatilishi mumkin. Bu maqsadda Mikrazim® tayinlanadi.U faqat ingichka ichak oralig‘ida ta’sir qiladi,homilaga rivojlanishining erta davrida ham salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, organizm tomonidan yaxshi qabul qilinadi va ko‘nikishni yuzaga keltirmaydi. Lekin uni o‘zboshimchalik bilan qabul qilish kerak emas, Mikrazim® qo‘llashni boshlash va tartibi to‘g‘risidagi qarorni, homilador ayolning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shifokor qabul qilishi kerak.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish