Mikrazim / Savol va javob / Mikrazim® mukovissidozda yordam beradimi?

Mikrazim® mukovissidozda yordam beradimi?

Mukovissidoz - surunkali irsiy va, afsuski, hozirgi kunda davosi yo‘q kasallikdir. Kasallik barcha bezlar sekretsiyasining ifodalangan quyuqlashishi,bezlarning o‘zi ikkilamchi shikastlanishi va infeksion-yallig‘lanishli og‘irlanishlarning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.

Kasallikning eng ko‘p uchraydigan turi- oshqozon-ichakdagi, klinik su’ratida ferment yetishmovchiligi bilan o‘rin to‘ldirish xususiyati buzilgan surunkali pankreatit (oshqozonosti bezining yallig‘lanishi) alomatlari ustunlik qiladi. Shu sababli, mukovissidozda albatta mavjud pankreatit shirasi yetishmovchiligini qisman to‘ldirishga, ovqat hazm qilishni sezilarli darajada yaxshilash va ichak buzilishlarining ifodalanganligini kamaytirishga imkon beruvchi, preparatlar ishlatiladi.

Mukovissidozda, ko‘pincha Mikrazim® tayinlanadi. Davolash tartibi shifokor tomonidan yakka tartibda tanlanadi, preparatni muntazam ravishda, har ovqatlanish paytida qabul qilish kerak.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish