Mikrazim / Savol va javob / Qabul qilinayotgan Mikrazim® preparatining samaradorligi pasayishi mumkinmi?

Qabul qilinayotgan Mikrazim® preparatining samaradorligi pasayishi mumkinmi?

Mikrazim® ta'sirining samaradorligi uning tarkibidagi pankreatinning faolligiga bog'liq. Uning pasayishiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:

  • Preparatni qabul qilishdagi xatoliklar (kapsulani chaynash, preparatni ishqorli mineral suv bilan qabul qilish).
  • Hamroh disbakterioz, gelmintlar bilan zararlanish.
  • Prepartni noto'g'ri saqlash, yaroqlik muddati o'tgan vositani ishlatish.
  • Ozuqaning 12-barmoqli ichak oralig'ida yetarlicha ishqorlanmasligi. Bunday holat oshqozon shirasining ko'p miqdorda sekretsiyalanishi yoki uning kislotalilik darajasi haddan tashqari ko'tarilganida bo'lishi mumkin. Natijada ichakka chiqadigan ozuqaviy bo'tqa kechikib ishqorlanadi, bu esa Mikrazim® mikrogranulalaridagi fermentlarning kechikib faollashishiga olib keladi.
  • Ozuqadagi yog'lar miqdori va fermentlar darajasining to'g'ri kelmasligi. Buning asosiy sababi-parhezdagi xatoliklar.

Agar Mikrazim® qo'llash paytida yana ferment yetishmovchiligining klinik belgilari paydo bo'lsa,o'zi bilgancha davolanishga urinish kerak emas.Preparatning dozasi va qabul qilish tartibini o'zboshimchalik bilan o'zgartirish tavsiya etilmaydi.Shifokor bilan maslahatlashish zarur.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish