Mikrazim / Savol va javob / Men Mikrazim® qabul qilyapman. Qandaydir tahlillar topshirishim kerakmi?

Men Mikrazim® qabul qilyapman. Qandaydir tahlillar topshirishim kerakmi?

Mikrazim® uzoq muddat qo'llanganda ham, qon tizimi, buyrak va jigarga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Shuning uchun uni qabul qilish davrida bu a'zolarning holatini kuzatishning hojati yo'q. Lekin, shifokor bir nechta tahlillarni topshirishni tavsiya qilishi mumkin.

Mikrazim® qabul qilish paytidagi labarator tekshirish,fermentativ yetishmovchilikning qanchalik namoyon bo'lganini baholash uchun ishlatiladi. Chunki preparatning boshida tayinlangan doza miqdori, har doim ham, oshqozonosti bezi fermentlari yetishmivchiligining o'rnini bosish uchun yetarli bo'lmaydi.

Mikrazim® tomonidan ko'rsatilayotgan ta'sir samarasini,betaraf yog'lar miqdorini mo'ljalli aniqlovchi koprogramma (axlat tahlili) yordamida baholash mumkin. Fermentli preparatlarning dozasini tanlash paytida aynan shu ko'rsatkichdan foydalaniladi. Steatoreyaning (axlatdagi ortiqcha yog’lar) yo'qolishi, kerakli o'rnini bosishga erishilganidan dalolat beradi.

Pankreatit zo'raygan paytida,amilaza darajasini aniqlash uchun qo'shimcha tarzda tahlil tayinlanishi mumkin.Bu birikma darajasining ko'tarilganligi-oshqozonosti bezining faol yallig'langinligi belgisidir.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish