Mikrazim / Savol va javob / Ichburug‘da Mikrazim® qabul qilish kerakmi?

Ichburug‘da Mikrazim® qabul qilish kerakmi?

Ichburug‘ yoki ich ketishi-bu ko‘p takrorlanadigan va suyuqlashgan ich ketishi. Uning paydo bo‘lishiga turli hil sabablar bo‘lishi mumkin: ichak infeksiyalari, zaharlanishlar, surunkali pankretitning o‘rnini to‘ldirish,enterokolitlar, ta’sirlangan ichak sindromi, nevrotik buzilishlar... Davolash yo‘lini tanlash paytida asosiy sababchi omilni aniqlash va imkon boricha yo‘qotish(yoki loqal o‘rnini to‘ldirish) kerak bo‘ladi. Shu sababli, ichak buzilishlari rivojlanganda, tekshiruv o‘tkazish va davolash rejasini aniqlash uchun, shifokorga murojaat qilish kerak.

Ichburug‘da turli hil guruhdagi preparatlar tayinlanishi mumkin, shu jumladan ferment vositalar ham. Gap shundaki, ichak buzilishlarida butun hazm qilish tizimi aziyat chekadi,ozuqaviy moddalarni hazm qilish jarayoni buziladi, nisbiy ferment yetishmovchiligi rivojlanadi. Bularning barchasi holatni og‘irlashtiradi va to‘g‘irlashni talab qiladi. Shu sababli kelib chiqishi turli hil bo‘lgan ichburug‘ni davolash rejasiga ko‘p hollarda Mikrazim® kiritiladi. Bu pankreatik shiraning ta’sirini to‘ldiruvchi va hazm qilish jarayonini yaxshilovchi, zamonaviy fermentli preparatdir.

Agar ichburug‘ surunkali pankreatitdagi o‘rin to‘ldirish vazifasining buzilishi tufayli paydo bo‘lgan bo‘lsa, Mikrazim® holatni yaxshilash uchun asosiy vositaga aylanadi. Axir bu kasallikdagi ichak buzilishlari steatoreya deb nomlanuvchi, axlatdagi yog‘larning me’yordan ortiqligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Mikrazim® yog‘larning yetarlicha hazm bo‘lishiga imkon beradi va shu yo‘l bilan pankreatitdagi ich ketishi bilan kurashishga yordam beradi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish