Mikrazim / Savol va javob / Pankreatit zo'raygan paytda Mikrazim® qabul qilishga ruxsat beriladimi?

Pankreatit zo'raygan paytda Mikrazim® qabul qilishga ruxsat beriladimi?

Mikrazim® pankreatitga qarshi qo'llaniladigan asosiy preparatlar orasiga kiradi va kasallikning har xil davrlarida majburiy cheklovchi parhezga qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Lekin bu kasallikning o'tkir davrini davolash bir nechta xususiyatlarga ega va birinchi navbatda bu fermentativ davolashga tegishlidir.

Kasallik zo'rayishining birinchi kunlarida yallig'langan oshqozonosti bezini iloji boricha «ishini kamaytirish» kerak. Bu davolovchi ochlik yordamida ta'minlanadi. Bezga funksional tinim berish, to'qimalarning shishganligini kamaytirishga va pankreatik shiraning turib qolishini yo'qotish uchun sharoit yaratadi. Shu bilan birga kasallikning og'ir ko'rinishlarining rivojlanish ehtimoli kamayadi, tiklanish jarayoni tezlashadi. Bu holatda ferment preparatlardan foydalanilmaydi, chunki ochlik paytida ular ichak oralig'ida ta'sir ko'rsatadigan hech narsa bo'lmaydi.

O'tkir pankreatit bilan og'rigan odam odatda 3-4 kundan ovqat qabul qilishni boshlaydi. Boshlanishiga uning parhezi juda jiddiy, avaylovchi. Lekin hatto shu ham zararlangan oshqozonosti bezi uchun og'ir yuklama bo'ladi. Shuning uchun davolovchi oziqlanish odatda fermentli davolash bilan to'ldiriladi-masalan, Mikrazim® qo'llash bilan. Bunday preparatlar ozuqa moddalarining to'liq o'zlashtirilishiga imkoniyat yaratadi. Shuningdek ularni qo'llash oshqozonosti beziga «yarim kuchiga» ishlashga va asta-sekin tiklanishga imkoniyat beradi.

O'tkir pankreatit alomatlarining yo'qotilishi, oldingi hayotga qaytish mumkin degani emas. Tiklanish davri odatda 8-12 oyni tashkil qiladi, bu muddat ichida kengaytirilgan parhezga amal qilish va ferment preparatlarni qabul qilishni davom ettirish tavsiya etiladi.

Mavzu bo’yicha maqolalar

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish