Mikrazim / Savol va javob / en,kechki ovqatni 18:00 gacha yeyish tavsiya etilishini,bilaman. Lekin ishim sababli,vaqtida ovqatlanishga ulgurmayman.Bunday tarzda kech ovqatlanish qanchalik zararli?

en,kechki ovqatni 18:00 gacha yeyish tavsiya etilishini,bilaman. Lekin ishim sababli,vaqtida ovqatlanishga ulgurmayman.Bunday tarzda kech ovqatlanish qanchalik zararli?

Ko‘pchilik tomonidan aytiladigan, kechki ovqat 18:00 dan kech bo‘lmasligi kerak, degan so‘zlar noto‘g‘ridir. Bu qoida,agar odam 20:30-21:00 da uxlaydigan bo‘lsa qo‘llanilishi mumkin. Chunki chindan ham dietologlar (parhez shifokori) uxlashdan 2-2,5 soat oldin ovqat yemaslikni maslahat berishadi. Agar odam soat 23:00 larda uxlaydigan bo‘lsa, u kechki soat 9 da ham ovqatlansa bo‘ladi.

Lekin yana bir muhim maslahatni ham esdan chiqarmaslik kerak: me’yordan ortiq ovqat yemaslik. Kechki ovqat iste’mol qilishda bu ayniqsa muhimdir. Kechki ovqat yetarlicha ozuqaviy, lekin oson hazm bo‘ladigan va me’yoriy miqdorda bo‘lishi kerak. Aks holda bezovtali uyqu va ertalab qorindagi og‘irlik bilan to‘qnashish mumkin.

Asosiy ovqatlanishlar orasiga yengil ovqatlanishlarni kiritish yo‘li bilan, me’yordan ortiq ovqat yeyishni oldini olish mumkin. Bu kechki ovqatga ifodalangan ochlik hissisiz kirishishga va ishtaha bo‘yicha emas, zaruriyat bo‘yicha ovqatlanishga imkon beradi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish