Mikrazim / Savol va javob / Aytingchi,oshqozonosti bezidagi og‘riqlarda Mikrazim® qabul qilish mumkinmi?

Aytingchi,oshqozonosti bezidagi og‘riqlarda Mikrazim® qabul qilish mumkinmi?

Oshqozonosti bezi sohasidagi og‘riqlar ko‘pincha a’zo to‘qimalaridagi uzoq muddat davomida mavjud yallig‘lanish, ya’ni surunkali pankreatit bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu esa Mikrazim® - zamonaviy fermentli preparatning,qo‘llanishi uchun asosiy ko‘rsatmalardan biridir. Uning kapsulalari tarkibida asosiy nutrientlarning (ozuqaviy moddalar) ichakda hazm bo‘lishini ta’minlovchi, ko‘p miqdorda ichakda eruvchi pankreatin moddali mikrogranulalari bor.

Mikrazim® preparatini qo‘llash 12-barmoqli ichak oralig‘idagi shaxsiy fermentlar yetishmovchiligining o‘rnini to‘ldirish, oshqozonosti beziga bo‘lgan yuklamani pasaytirish, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilashga imkoniyat beradi. Pankreatit bilan og‘riganda fermentli davolash va parhezning birikmasi noxushlik alomatlari bilan kurashishga, barqaror yaxshilanishga erishishga yordam beradi.

Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qorindagi og‘riqlar ularning sababini aniqlash va to‘g‘ri davolash yo‘lini tanlash uchun shifokorga murojaat etishni talab qiladi. O‘tkir pankreatitda esa, davolash ko‘pincha ochlikdan boshlanadi, shu sababli bu holatda boshlanishiga fermentli preparatlar kerak bo‘lmasligi ham mumkin.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish