Mikrazim / Savol va javob / Men tabletka va kapsulalarni yutishga qiynalyapman. Bunday holatda Mikrazim® preparatini qanday qo'llashim kerak?

Men tabletka va kapsulalarni yutishga qiynalyapman. Bunday holatda Mikrazim® preparatini qanday qo'llashim kerak?

Kapsulalarni yutishdagi qiyinchiliklar Mikrazim® qo'llanilishi uchun qarshi ko'rsatmalarga kirmaydi. Chunki bu preparat o'ziga xos,maxsus yaratilgan,ishlab chiqarish shakliga ega.

Har bitta Mikrazim® kapsulasi tarkibida faol modda bo'lgan ko'p miqdordagi mirogranula (pelletlar)mavjud. Ularning qobig'i faqat ishqorli muhitga tushganda eriydi. Suv, so'lak,ozuqa,oshqozon shirasi mikrogranulalarning butligini buzish qobilyatiga ega emas va fermentlarning faolligini o'zgartira olmaydi.

Shu sababli Mikrazim® kapsulasini ataylab ochish va pelletlarni ishqorsiz ichimliklar yoki yarimsuyuq ozuqa bilan aralashtirib yuborish mumkin.Lekin bu holda,mikrogranulalar mexanik ta'sirga duch kelmasligini nazorat qilish kerak.Ularni chaynash,kukun holatigacha maydalash,qoshiq bilan ezishga urinish mumkin emas.Mikrogranulalar butligining muddatidan oldin buzilishi,ozuqaviy fermentlarning kerakli vaqtdan oldin ajralib chiqishiga sabab bo'ladi,fermentlar esa to'g'ri kelmaydigan muhitda ta'sir qilmaydi.

Mikrazim® preparatini bunday qabul qilish usuli yutish bilan bog'liq muammolari bo'lgan odamlarga,katta kapsulani yutish kerakligi bilan bog'liq,psixologik noqulaylik hissi bor bolalarga to'g'ri keladi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish