Mikrazim / Savol va javob / Meni ko‘pincha ovqatlangandan keyin qorindagi og‘irlik bezovta qiladi. Bu holatni yengillashtirish uchun nima qilish mumkin?

Meni ko‘pincha ovqatlangandan keyin qorindagi og‘irlik bezovta qiladi. Bu holatni yengillashtirish uchun nima qilish mumkin?

Ovqatlangandan keyingi qorindagi og‘irlik bir qator sabablar tufayli paydo bo‘lishi mumkin:

  • Me’yordan ortiq ovqat yeyish. Agar odam muntazam tarzda ortiqcha ovqat iste’mol qilsa,u o‘zining ovqatlanish tartibi va ovqatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi kerak. Ehtimol,kuchli ochlik hissi paydo bo‘lishining oldini olish uchun, asosiy ovqat qabul qilishlarga qo‘shimcha qilib yengil ovqatlanishlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Agarda ovqatlanishdagi xatolik sodir bo‘lgan bo‘lsa, Mikrazim® fermentli preparati yordam berishi mumkin.
  • Hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilish. Fast-fud, qovurilgan va dudlangan mahsulotlar, ratsionda hayvon yog‘lari va hamir mahsulotlarining haddan ortiq miqdori-bularning barchasi oshqozonosti beziga ortiqcha yuklamani vujudga keltiradi. Ajratilayotgan fermentlar yetishmaydi, ovqat juda uzoq hazm bo‘ladi va qorindagi og‘irlik hissini keltirib chiqaradi. Ovqatlanish tartibini foydaliroq bo‘lgan mahsulotlar hisobiga ko‘rib chiqib o‘zgartirish kerak, ovqatlanishdagi xatoliklar sodir bo‘lganda esa Mikrazim® foyda berishi mumkin.
  • Ferment yetishmovchiligi shakllanishi bilan, oshqozon-ichak yo‘lining surunkali kasalliklari. Shifokorga murojaat etish va tekshiruvdan o‘tish kerak bo‘ladi. Davolash tartibiga hoynahoy ferment preparatlar kiritiladi-masalan, Mikrazim®.

Mavzu bo’yicha maqolalar

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish