Mikrazim / Savol va javob / Zaharlanish oqibatlarini yo‘qotish uchun Mikrazim® qanday qabul qilinadi?

Zaharlanish oqibatlarini yo‘qotish uchun Mikrazim® qanday qabul qilinadi?

Zaharlanishda butun hazm qilish tizimining faoliyati buziladi. Bu jarayonga oshqozonosti bezi ham, toksik pankreatining rivojlanishi mumkin bo‘lgan holatga qadar qo‘shiladi. A’zoning, ferment yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keluvchi, sekretsiya qilish qobiliyati pasayadi. Natijada ovqat hazm bo‘lishi va o‘zlashtirilishi yomonlashadi, ichak buzilishlari paydo bo‘ladi, zaharlanishdan keyingi tiklanish jarayoni sekinlashadi.

Aynan shu tufayli, fermentli preparatlar kelib chiqishi turli hil bo‘lgan zaharlanishlarni davolash rejasiga albatta kiritiladi. Ularni ishlatish oshqozonosti bezi faoliyatidagi yetishmovchilikni to‘ldirishga, ichburug‘ va qorin dam bo‘lishi ifodalanganligini kamaytirishga yordam beradi.

Fermentlarni o‘tkir intoksikatsiya alomatlari va qayt qilish yo‘qotilgandan keyin, bemor ovqat qabul qilishni boshlaganda tayinlashadi. Boshlanishga bemorning ovqatlanish tartibida yengil va avaylovchi mahsulotlar bo‘lsa ham, fermentli preparatlar davolovchi parhezga majburiy qo‘shimcha hisoblanadi va har safar ovqatlanganda qabul qilinadi.

Bu holda eng kam qo‘zg‘atuvchi ta’sirli, zamonaviy preparatlar afzal ko‘riladi- masalan, Mikrazim®. Uning kapsulalari tarkibida zaruriyat bo‘lganda yarimsuyuq va pyuresimon ovqat bilan aralashtirilishi mumkin bo‘lgan, ichakda eruvchi pankreatinli mikrogranulalar bor. Mikrazim® qabul qilinadigan dozasi ferment yetishmovchiligining ifodalanganligini hisobga olgan holda, shifokor tomonidan aniqlanadi.

Odatda bunday fermentli o‘rin to‘ldiruvchi davolash zaharlanishning barcha alomatlari yo‘qotilgandan keyin ham, bir necha oy davomida qo‘llaniladi. Bu zarar ko‘rgan oshqozonosti bezining yuklamasini qisman pasaytirishga va a’zoning to‘liq tiklanishiga imkon beradi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish