Mikrazim / Qanday ishlaydi?

Mikrazim qanday ishlaydi?

Borliq siru sinoat va ajoyibotga to‘la! Biz ba’zan sevimli taom oldida o‘zimizni to‘xtata olmay qolamiz! O‘zimizni erkalagimiz kelib qoladi-da! Ba’zan esa, mana shu erkaligimiz oqibatida noxushlik va qorinda bir muncha noqulayliklarga duch kelamiz. Ana shunday vaziftlarda Mikrazim oshqozongizga ko‘makka kelib, kayfiyatingizning a’lo darajada qolishiga yordam beradi.

 
1 Taom nimaga kerak?

Organizmimizning normal faoliyat ko‘rsatishi biz qabul qiladigan ozuqaviy moddalar – oqsillar, yog‘lar va uglevodlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

Oqsillar
Oqsillar

Ular nimaga kerak? To‘qimalar, xujayralar va tana organlari, shuningdek gormonlar, fermentlar va antijismlar asosi – organizmning qurilish materiali hisoblanadi.
Qanday mahsulotlarda ko‘proq? Go‘sht, baliq, tuxum, tvorog, pishloqlar, dukkaklilar.
Zarur ferment:  PROTEAZA

Yog‘lar
Yog‘lar

Ular nimaga kerak? Yog‘lar – quvvat manbai, ular to‘qlik hissini uyg‘otib, ishtahani pasaytiradi. Modda almashinuv jarayonlari, gormonlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi, glyukoza miqdorini boshqarish, vitaminlar hazm bo‘lishida ishtirok etadi,miya va asab tizimini oziqlantiradi.
Qaysi mahsulotlarda ko‘proq? Sariyog‘ va o‘simlik moylari, yog‘li sut mahsulotlari, yong‘oqlar, yog‘li baliq, avakado kabilarda ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Zarur ferment: LIPAZA

Uglevodlar
Uglevodlar

Ular nima uchun zarur? Uglevodlar – organizmning asosiy energiya manbai va bosh miyaning “ozuqasi”. Fermentlar, kislotalar va immunoglobulinlar tarkibiga kiradi. Taomnomaga murakkab uglevodlarning kiritilishi muhim ahamiyatga ega.
Ularni qaerdan olish mumkin? Sabzavotlar, mevalar, boshoqlilar, yormalar, non, shirinliklar, asal kabilarda ko‘proq bo‘ladi.
Zarur ferment: AMILAZA

 
2 Mazali taom ko‘p bo‘lmaydi!

Taom – nafaqat energiyani to‘ldirish manbai, balki ovqat mahali biz o‘zaro suhbat quramiz, dam olamiz va turli ta’mlardan bahramand bo‘lib, rohatlanamiz. Taom – insoniyatga qadimdan ma’lum bo‘lgan lazzatlanish vositasi hisoblanadi. Bugungi kundagi to‘kinlikdan ba’zida o‘zimizni tuta olmay, ko‘proq ovqat eb qo‘yishimiz ham, bor gap.

Ko‘pchilikka ma’lum hazilda aytilganidek, turli taomlardan eb, oshqozonimiz to‘lganida, “desert uchun qo‘shimcha oshqozon” ochiladi. Xo‘sh, shuncha yegulikdan maza qilib tanavvul qilib, qorinni to‘ydirganimizdan keyin ham qanday holat yuz beradi?

  • Ko‘p ovqat eb qo‘yilgan mahal oshqozon devorlari hazm qilish shirasini etarli miqdorda ishlab chiqara olmay qoladi. Tegishincha qayta ishlanmagan taom qiyinchilik bilan 5 mm li chiqish teshigidan, amallab o‘nikki barmoqli ichakka tushadi.
  • Oshqozon shirasi bilan aralashib ketgan va to‘lig‘icha hazm bo‘lmagan taom (ximus) ichakda tezda oshqozonosti bezi shirasi va o‘tpufak ta’siriga tushadi.
    Haddan ziyod ko‘p eb yuborilganda hzm qiluvchi shira fermentlar va o‘t oqsil hamda yog‘larni tezda eritib, hazm qilishga ulgurmaydi.
    Shu tariqa hazm qilish jarayoni noma’lum muddatga cho‘zilib ketadi.
    Buning oqibatida qornimizning to‘lib ketgani, og‘irlashgani va qorinda noxushlikni tuyamiz. Aksariyat hollarda ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi va ba’zan og‘riq ham kishini bezovta qiladi.
    Oshqozonning o‘nikki barmoqli ichak bilan tutashgan chegarasi (pilorik sfinkter)
    O‘t, safro
    Oshqozonosti bezi siri
    Ximus (to‘lig‘icha hazm bo‘lmagan va oshqozon shirasi bilan aralashib ketgan yegulik)
 
3 Mikrazim–ortiqcha taom eb qo‘yganda zarur ko‘makchi.
Ko‘proq taom eb qo‘yganda, oshqozongizga tez yordam zarur. Bunday vaziyatlarda zamonaviy fermentativ preparatlar yordamga keladi. Qanday vositalarni qabul qilgan ma’qul?
To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun standart tabletka shaklidagi preparatlarning Mikrazim kapsulalaridan farqini ko‘rib chiqamiz:

Siz odatiy tabletkalarni qabul qilasiz

Odatdagi tabletka o‘lchamlari tufayli egulik ortidan etishib ulgurmaydi. Tabletkalarning to‘la erishi va kerakli joyga tushib, fermentlari to‘liq ta’sir etishni boshlagunicha ma’lum vaqt talab etiladi. Qorinda noxushlik va og‘irlikka jim qarab turish zarilmi?

Mikrazim kapsulalarini qabul qilasiz

Mikrazim kapsulalari oshqozonga tushgan zahoti, mikrogranulalarini qobiqdan tashqariga chiqazib erib ketadi. Jajji granulalar egulik bilan osongina ichakka o‘tadi va odatiy tabletkalarga qaraganda ancha tez va samaraliroq ovqatning hazm bo‘lishiga ko‘maklashadi.

 
QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish