Mikrazim / Qo‘llash yo‘riqnomasi

Qo‘llash yo‘riqnomasi

Farmakoterapevtik guruhi: ovqat hazm qiluvchi fermentli vosita

 

Ro‘yxatdan o‘tish raqami:   LS-000995
Xalqaro patentlanmagan nomi:   pankreatin
Savdodagi nomi:   mikrazim
Dori shakli:   kapsulalar
ATX kodi:   A09AA02
Faol modda10 000 ed kapsulalar25 000 ed kapsulalar
Ichakda eriydigan pellet ko‘rinishidagi pankreatin 168 mg 420 mg
Pankreatin kukuni saqlovchi 125 mg 312 mg
Faolligi:    
proteazalar 520 ED 1300 ED
amilazalar 7500 ED 19000 ED
lipazalar 10000 ED 25000 ED
Ichakda eruvchan qobiqli pellet tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar

Metakril kislota va sopolimer etiarilat [1:1] (qo‘shimcha polisorbat-80, laurilsulfat natriy saqlovchi 30%li dispersiya) -25,3 mg/63,2 mg, trietiltsitrat- 5,1 mg/12,6 mg, simetikon emulsiyasi 30 %, quruq massa (32,6 %) – 0,1 mg/0,3 mg shuningdek: dimetikon -27,8%; kalloidsimon gidratlangan kremniy -1,3 %; me’yordagi kolloidsimon kremniy - 0.9 %; metiltsellyuloza - 2,5 %; sorbin kislota - 0,1 %, suv - 67.4 %, talk -12,6 mg/31,6 mg.

 

Kapsula qobig‘i tarkibi:

qobiq: jelatin - 100 % gacha, suv -13-16 %
qopqog‘i: jelatin - 100 % gacha, suv -13-16 %, qizg‘ish rang beruvchi (ponso 4R) – 0,6666 % / 0,7999 %, xinolin sariq rang beruvchisi – 0,1000 % / 0,3166 %, patentlangan ko‘k rang beruvchi - 0,0200 % / 0,0053 %, titan dioksidi - 1,2999 % / 2,9574%.

 

Tavsifi

Qattiq jelatinli kapsulalar № 2, qopqoqchali shaffof qobiq (10000 ED dozirovka uchun) va № 0, to‘q sariq qopqoqchali shaffof qobiq (25000 ED dozirovka uchun) . Kapsula tarkibi – tsilindr yoki sharsimon och jigarrangdan jigarrangga qadar, o‘ziga xos hidli pelletlar.

 

Farmakologik xususiyati

 

Mikrazim® - kapsulaga berkitilgan pankreatin mikrogranulalari. Preparat tarkibiga ovqatdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlarni hazm qilishni ta’minlovchi hayvonlar oshqozonosti bezidan olingan tabiiy proteaza, lipaza va amilaza fermentlari kiradi.

Mikrazim® qabul qilinganidan keyin, kapsula oshqozonda tezda erib, ichidagi ichaklarda eruvchan pankreatin mikrogranulalarini chiqaradi. Juda kichkina bo‘lgani sababli, mikrogranulalar ovqat bilan tez va bir tekisda aralashib, o‘nikki barmoqli ichakka oson o‘tadi, undan so‘ng esa ingichka ichakka tushadi va bu erda pankreatin fermentlari ovqat tarkiibagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning tez va to‘liq hazm bo‘lishini ta’minlaydi.

Pankreatin pelletlarining oshqozonga tushgan mahsulotlar bilan oshqozon bo‘ylab bir zaylda tarqaladi. E’tiborlisi, ximus bilan bir paytdagi passaj va ichak faoliyati boshlanguniga qadar fermentlarning saqlanishi (ichakda eruvchan pellet qobig‘i tufayli) yuqoriroq hazm qilish faolligi va preparat ta’sirini tabiiy hazm jarayoniga maksimal darajada yaqinlashtiradi. Mikrazim® fermentativ faolligi ovqatlangandan keyin 30 daqiqa ichida maksimal darajada namoyon bo‘ladi va tezroq ta’sir etishni ta’minlaydi.

Proteaza, lipaza va amilaza substratlari bilan o‘zaro ta’sirdan keyin ichakning quyi bo‘limlarida faolligini kamaytirib, ichakdagi chiqit bilan organizmdan chiqariladi.

Mikrazim® oshqozon-ichak tizimiga so‘rilmaydi va ichak ichak oralig‘ida faollik ko‘rsatadi.

 

Qo‘llash yo‘riqnomasi

Oshqozonosti bezi yetishmovchiligida o‘rindosh terapiya sifatida: surunkali pankreatit, pankreatektomiya, nurlanishdan keyingi holat, dispepsiya, mukovistsidoz; meteorizm, noinfektsion tabiatli diareyada qo‘llaniladi.

Ovqat hazm qilishning buzilishi (oshqozon yoki ichaklardagi jarrohlikdan keyin): ovqatlanish tartibini buzish oqibatida oshqozonida hazm jarayoni buzilgan kishilarda oshqozon faoliyatini yaxshilash (o‘ta yog‘li taom yoki haddan ortiq ovqat eb qo‘yish, ovqatlanish tartibni buzish) chaynash funktsiyasi buzilgan, kamharakatlilik va uzoq muddat yotib qolish oqibatidagi salbiy holatlarda. Remxeld sindromi (gastrokardial sindrom).

Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini rentgent va ultratovush tekshiruviga tayyorlash.

 

Qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar

Pankreatin yoki preparatning alohida komponentlariga individual ta’sirchanlik. O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi.

 

Homiladorlik va emizikli davrda qo‘llash/h5>

Ayolarning homiladorlik va emizikli davrida pankreatinning ular salomatligiga potensial xavf solishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun homilador va emizikli ayollarga terapiya natijasi ehtimolli xatardan xoli bo‘lganda preparatni qo‘llash tavsiya etiladi.

 

Preparat qo‘llanganda transport vositalarini boshqarishda nojo‘ya ta’siri

Alohida ma’lumotlar yo‘q.

 

 

Qo‘llash usullari va dozasi

Preparat dozasi har bir kishining yoshi, xastalik alomatlarining darajasi va parxez tarkibiga qarab individual tayinlanadi. Doza ro‘yxatdan o‘tgan Mikrazim® 10 000 ED va Mikrazim® 25 000 ED dori vositalari yordamida belgilanadi.

Kapsulalar ichga, etarli miqdorda gazlanmagan (suv, meva sharbatlari) suv bilan qabul qilinadi. Agar bir martalik doza 1 ta kapsuladan ortiqni tashkil qiladigan bo‘lsa, umumiy kapsulalar sonining yarmini bevosita ovqatdan, qolgan yarmini – ovqatlanish mahal qabul qilish tavsiya qilinadi. Bir martalik doza 1 dona kapsulani tashkil etsa – uni ovqatlanish mahali qabul qilish lozim.

Ichga yutishda qiyinchilik (masalan, bolalar, keksa yoshdagilar) tug‘iladigan bo‘lsa, kaspulani ochish va preparatni bevosita pellet ko‘rinishida suv yoki suyuq ovqat (chaynab eyilmaydigan) yoki olma bo‘tqasi, yogurtga aralashtirib qabul qilish mumkin (pH<5,0). Chaynash yoki pH miqdori 5,5 dan yuqori oziq-ovqat mahsuloti tarkibi pelletlarni oshqozon shirasining ta’siridan himoyalovchi qobiqqa zarar etkazishi mumkin. Pellet aralashtirilgan har qanday oziq-ovqat mahsuloti yoki suyuqlik tayyorlangan zahoti iste’mol qilinishi yoki ichilishi kerak.

1,5 yoshgacha bolalarga berish mumkin bo‘lgan doza – sutkasiga 50 000 ED; 1,5 yoshdan kattalarga – sutkasiga 100 000 ED.

Pankreatin qabul qilish muddati bir necha kundan (ovqat hazm qilish tizimi buzilganda) bir necha oy yoki yilni (uzoq muddatli o‘rindosh terapiya) ham tashkil etishi mumkin.

 

Oshqozonosti bezining turli ko‘rinishdagi ekzokrin yetishmovchiligida o‘rindosh terapiya.

Prepartning dozasi sekretor yetishmovchiligining tashqi ko‘rinish darajasi, bemorning individual ovqatlanish odatlari va yoshiga ko‘ra belgilanadi.

Steatoreya (axlatda sutkasiga 15 g.dan ortiq yog‘ning mavjudligi).

Ich ketish, vazn qochishi va parxezdan samara bo‘lmaganda har gal ovqatlanganda 25 000 ED lipaza buyuriladi. Zarur bo‘lgan mahal va preparat yaxshi ta’sir qilganda lipaza dozasini 30 000 - 35 000 ED.ga etkazish mumkin. Keyingi davolash jarayonida natija yaxshilanadi va tashxesni qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Ratsionda yog‘ miqdorini kamaytirish va /yoki proton nasos ingibitorlar turiga kiruvchi qo‘shimcha tavsiyalar belgilanadi.

Kamroq namoyon bo‘ladigan, ich ketishsiz va vaznning tushib ketishi kuzatilmaydigan steatoreyada bir martalik qabulni 10 000 ED.dan 25 000 ED lipazaga etkazish tavsiya qilinadi.

Mukovistsidoz.

4 yoshdan kichik bolalarga boshlang‘ich doza – vaznning har kilogrammi hisobiga har galgi ovqatlanish vaqtida 1 000 ED, 4 yoshdan katta bolalarga har ovqatlanish mahali vaznning har bir kilogrammi hisobiga 500 ED lipaza. Qabul qilish dozasini kasallik darajasi, steatoriya ko‘rinishi va nutritiv statusga ko‘ra har bir bemorga individual belgilash lozim.Aksariyat bemorlarga ko‘makchi doza sutkasiga vaznning har bir kilogrammi uchun 10 000 ED lipazadan oshmasligi kerak.

 

Qo‘shimcha ta’sirlari

Preparat komponentlariga allergik reaktsiyalar sodir bo‘lishi mumkin. Preparatning katta dozasi qo‘llanganda kamdan kam hollarda: ich ketishi (diareya), ko‘ngil aynishi, qabziyat, epigastral sohada noxushlik holatlari kuzatilishi, uzoq vaqt katta dozada qabul qilinganda giperurikozuriya, giperurikemiya rivojlanishi ham mumkin.

 

Dozaning oshib ketishi

Alomatlari: peshob (giperurikuriya) va qonda (giperurikemiya) siydik kislotasining ortib ketishi. Bolalarda – qabziyat.

 

Davolash: prepart qabulini bekor qilish, alomatlarga qarshi terapiya.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri

Tarkibida temir saqlovchi preparatlar bilan panrkreatin qabul qilinganda, birinchisining so‘rilishi kamayishi mumkin.

 

Alohida ko‘rsatmalar

Alohida dozada pankreatin terapiyasi qabul qiladagan bolalar va kattalar mutaxassis kuzatuvi ostida bo‘lishlari lozim.

Ferment terapiyasining samarasizligiga asosiy sabablar: tarkibning o‘nikki barmoqli ichakda achishi; ingichka ichakdagi yo‘ldosh xastaliklar (gijja, disbioz); bemorning belgilangan davolash rejimiga rioya qilmasligi; faolligini yo‘qotgan fermentlardan foydalanishi.

 

Chiqarilish shakli

10000 ED va 25000 ED kapsulalar.

3 (10000 ED dozirovka uchun) yoki 10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

Zich berkiladigan yuqori bosimli probkali to‘qrang shisha bankada 20, 30, 40 yoki 50 kapsula.

Idishning bo‘sh qolgan qismi quruq tibbiyot paxtasi bilan to‘lg‘aziladi.

Burama qopqoqli polimer idish yoki burama qopqoqli plastik flakonda 20, 30, 40 yoki 50 kapsuladan.

Har bir banka, flakon, 1,2,3,4 yoki 5 konturli yacheykali o‘ram yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.

Saqash sharoiti

Nam va yorug‘likdan pana, 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgan preparatni qo‘llash mumkin emas!

Aptekadan berish tartibi

Retseptsiz beriladi.

 

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish