Mikrazim / Bu qiziq / Oshqozonosti bezidagi og’riqlar

Oshqozonosti bezidagi og’riqlar

  1. Qayerda joylashgan, qayerda og’riq seziladi
  2. Alomatlari
  3. Sabablar
  4. Davolash

Oshqozonosti bezi- ichaklarning yuqori qismidagi oraliqlarga ovqat hazm qiluvchi fermentlarni ajratuvchi a’zodir. Bu a’zoning kasallanishi ko’p hollarda og’riqli sindrom va hazm qilish tizimining faoliyati buzilishida namoyon bo’ladi. Oshqozonosti bezida og’riq paydo bo’lsa, nima qilish kerak? Albatta shifokorga murojat qilish zarur.

Oshqozonosti bezidagi og’riqlar

Qayerda joylashgan, qayerda og’riq seziladi

Oshqozonosti bezining anatomik joylashuvi- qorin pardasidan keyin, oshqozon ostida. Uning bosh qismini 12-barmoqli ichak aylanib o’tgan, uzun tanasi deyarli gorizontal holatda bel umurtqalarining tepa qismida joylashgan, dumi esa taloq va chap buyrakka jipslashib turadi.

O’tkir pankreatit bilan bog’liq hollarda, oshqozonosti bezi, qorin boshlig’ining tepa qismi, chap va o’ng qovurg’aosti qismida shiddatli og’riqlar vujudga keladi.

Oshqozonosti bezining surunkali kasalliklarida og’riq tananing turli qismlarida paydo bo’lishi mumkin:

  • Qorinning chap tomonida;
  • Chap va o’ng qovurg’aostidagi aylanma tabiatli;
  • Qilichsimon o’simta va ko’krak suyagining pastki qismida;
  • Bel va bel lordozida;
  • Qorin bo’shlig’ining tepa va o’rta qismida.

Alomatlari

Oshqozonosti bezi tashqi sekretsiya a’zosidir, ya’ni fermentlar ajratib chiqiardi, hamda ichida eng asosiysi insulin bo’lgan gormonlarni sekretsiya qiladi. Shu tufayli bu a’zo kasalliklarida bezning o’zi tomonidan ham, hazm qilish tizimi tomonidan ham alomatlar bo’lishi mumkin. Og’ir holatlarda, bezning ko’p qismi yemirilib ketganda, qandli diabet rivojlanadi.

A’zo yallig’lanishining asosiy alomatlari:

  • Oshqozonosti bezidagi siquvchi, achishuvchi o’griqlar, ya’ni chap qovurg’aosti va ko’krakosti sohalarida, aylanma, bel sohasiga tarqaluvchi, parhezdagi xatoliklar sabab bo’lgan og’riqlar;
  • ko’p tarkibli qayt qilish, holatni yengillashtirmaydigan ko’p qayt qilish;
  • moysimon xususiyatga o’tuvchi suyuq ich kelishiga moyillik;
  • Qorin dam bo’lishi;
  • Ishtahaning yo’qolishi, vazn kamayishi mumkin;
  • shilliq qobig’I, keyinchalik esa terining ham sarg’ayishi.

Sabablar

Oshqozonosti bezi sohasidagi og’riqlar, a’zo jarohatlanganda, chiqarish yo’llarida toshlar hosil bo’lganda, a’zoning o’zida yoki uning atrofidagi a’zolarda shish paydo bo’lishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Lekin bu alomatning paydo bo’lishining asosiy sababi- yallig’lanish, yoki pankreatitdir.

Nima uchun og’iq sindromi vujudga keladi? Bunga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin:

  • O’t chiqarish yo’llari va jigar kasalliklari;
  • Ichkilikbozlik;
  • Qorin va 12-barmoqli ichak patologiyasi;
  • Past oqsilli parhez;
  • Ozuqaviy allergiya;
  • Virusli infeksiya;
  • Modda almashinuvining buzilishi, mukovisidoz;
  • Bezning jarohatlanishi.

Davolash

Davolash

Oshqozonosti bezida og’riq paydo bo’lsa, davolash turli tarzda olib borilishi mumkin, lekin asosiy qoidalari jadvalda keltirilgan.

Parhez ovqatlanish

Tarkibida yog’,oqsil kam bo’lgan mahsulotlarni is’temol qilish, kichik miqdorlarda ko’p marotaba ovqatlanish, alkogol mahsulotlari, ziravorlar va boshqa kasallik qo’zg’ovchi mahsulotlardan voz kechish

Og’riqsizlasntirish

Analgetiklar

Spazmolitiklar

M-xolinoblokatorlar

Antatsid vositalar

Gistamin retseptorlarining H2 bloklovchilari

Proton pompasining ingibitorlari

Antidepressantlar

O’rnini bosuvchi ferment terapiya (davolash)

Preparatning muhim sifatlari:

  • Tarkibida lipaza miqdori yuqori
  • fermentlarni oshqozon shirasidan saqlovchi qobiq
  • ichki granularning kichik o’lchami
  • Tarkibida o’t kislotalarining yo’qligi

Pankreatitini davolash uchun maqbul usul- tarkibida pankreatin bor bo’lgan Micrazim® preparatidir. Bu modda- oshqozonosti bezining tabiiy gormonidir.

Vitamin yetishmovchiligi muammosini yechish

Yog’da eruvchi va B guruh vitaminlari

Uglevod almashinishini me’yorlashtirish

Insulin o’ta ehtiyotkorlik bilan, faqatgina jiddiy ko’rsatmalar asosida tayinlanadi

Dezintoksikatsiya

Albumin, vena orqali kiritiladigan eritmalar

Simptomatik terapiya

Qorin dam bo’lishini ichak sorbentlari(so’rib olluvchi moddalar) yordamida yo’qotish, masalan, Filtrum preparati. U mahsulotlarning hazm bo’lmagan qismlarni, paydo bo’lgan gazlarni samarali birlashtiradi, ichak motorikasini tiklaydi.

Oshqozonosti bezi kasalliklarini qanday usul va vositalar yordamida davolash, tashxis tasdiqlangandan so’ng, shifokor tomonidan belgilab beriladi.

Muhim: Preparatni qabul qilishdan oldin qo’llanma bilan tanishib chiqing, yoki davolovchi shifiokor bilan maslahatlashing.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish