Mikrazim / Bu qiziq / Bolalarda qorin og‘rig‘i

Bolalarda qorin og‘rig‘i

  1. Bolalarda qorin og‘rig‘inining asosiy sabablari
  2. Bola yoshiga ko‘ra qorindagi og‘riqlar sabablari
  3. Tashxis
  4. Qorindagi og‘riqlarda davo muolajalari

Bolalarda qorin og‘rig‘i Bolalar aksariyat hollarda qorindagi turli og‘riqlardan shikoyat qiladi. Bunday og‘riqlar turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin. Qorindagi og‘riqning tabiatini tajribali pediatr-shifokorgina aniqlashi mumkin.

Qorinda og‘riqlar – qisqa va uzoq muddatli, kuchli va kuchsiz, aniq bir joyda yoki butun qorin sohasida bo‘ladi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, qorindagi og‘riqning kuchayishi va boshqa alomatlarni kutib o‘tirish mumkin emas. Mabodo salbiy holatga ko‘proq taom eb yuborish sabab bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Bolalarda qorin og‘rig‘inining asosiy sabablari

Sanchiqlar

Mazkur salbiy holat, odatda, 4 oylikkacha bo‘lgan go‘daklarda kuzatiladi. Sanchiq tutganda go‘dak oyoqchalarini qorniga torib, qattiq yig‘laydi, o‘zini u yoqdan bu yoqqa tashlaydi, go‘dakning qorin mushaklari taranglashadi. Sanchiqni iliq-issiq matoni qorin sohasiga qo‘yish yoki ukrop suvi bilan bartaraf etish mumkin. Ko‘pgina ota-onalar mazkur usulni yaxshi biladi va bolani tik holatda tinchlantirishni uddalaydi. Agar og‘riq haddan ziyod bo‘lsa, bola tunda uxlay olmaydi va bunday paytda pediatr dori yozib beradi.

Qabziyat

Mazkur holatda qorinda sanchiq bilan birga damlash ham kuzatiladi. Og‘riq va damlashni bartaraf etish uchun huqna (klizma) yoki rektal shamchalardan foydalaniladi.

Mushaklar cho‘zilishi

Mushaklar cho‘zilganda bola yurgan yoki o‘tirmoqchi bo‘lganida qorin sohasida qattiq og‘riqni his qiladi. Qorin mushaklarining cho‘zilishiga - haddan ortiq zo‘riqish (masalan, qayt qilish yoki qattiq yo‘tal tutishi) sabab bo‘lishi mumkin. Qorin mushaklari cho‘zilganidagi alomatlar qorin sohasida og‘riq bo‘lsada, boshqa salbiy holatlar kuzatilmaydi, bola ovqatni ishtaha bilan tanavvul qiladi.

Ichaklar siqilishi

5-9 oylik bolalarda kuzatiladi va ko‘ngil aynishi bilan o‘tadi, bola qayt qiladi, axlatida qon aralshmasi kuzatiladi. Zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.

Meteorizm (qorin damlashi) va ortiqcha gaz hosil bo‘lishi

Bola injiqlanadi va bezovtalanadi, uyqusi buziladi. Emayotganida bola chalg‘iydi va emib bo‘lganidan keyin aksariyat holatlarda kekiradi. Ortiqcha gaz hosil bo‘lishi bola organizmidagi boshqa salbiy o‘zgarishlardan dalolat beradi.

Gijjalar

Organizmida askaridalar paydo bo‘lganda bola uncha qattiq bo‘lmagan, ammo muntazam og‘riqni his qiladi. Bundan tashqari, go‘dakning boshi og‘rib, qorni damlashi mumkin. Bolaning uyqusida tishini g‘ichirlatishi, organizmida gijja paydo bo‘lgan, degan fikrni keltirib chiqargan, ammo aslida bu asosga ega emas.

Oziq-ovqat mahsulotlariga shaxsiy ta’sirchanlik

Aksar bolalar sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlarga ta’sirchan bo‘ladi. Iste’mol qilganidan taxminan yarim soatlar o‘tib bolaning holati yomonlashadi: qornida qattiq og‘riq turadi va damlaydi, ichi ketib, ba’zan qayt qiladi.

Sariq kasali

Yuqumli va asosan bolalarda ko‘proq uchraydigan kasallik bo‘lib, bola qorinning o‘ng sohasida qattiq og‘riqni his qiladi. Qo‘shimcha alomatlari – ko‘zlar oqining srag‘ayishi, peshob rangining to‘qlashishi. Mazkur alomatlarni sezganingiz zahoti shifikorga murojaat qiling.

Moyaklar yallig‘lanishi

Ba’zida o‘g‘il bolalar mazkur salbiy holatdan aziyat chekib turadi. Odatda bola qorin sohasining pastki qismi va chovda og‘riq sezadi. Bunga esa travma, chov churrasi yoki tuxumchalarning o‘ralashib qolishi sabab bo‘ladi. Bunday paytda pediatrning tezkor yordami zarur.

Pielonefrit

Buyrak qopchalarining yallig‘lanishi oqibatida vujudga keladi va bu kasallik esa, aksincha qiz bolalarda uchraydi. Pielonefrit bel, biqin yoki qorinda qattiq va surunkali og‘rig‘i bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga bola tanasining harorati ko‘tariladi, umumiy holsizlik va varaja tutadi, ko‘ngli aynishidan shikoyat qiladi va kuchli terlaydi. Bunday paytda zudlik bilan shifokorga uchrash lozim va pielonefritning og‘ir shakllarida faqatgina jarrohlik amaliyoti bilan yordam berish mumkin.

Gastroenterit

Oshqozon shilliq pardalari va ingichka ichakning yallig‘lanishi kasalligi virusli, parazitar yoki bakterial xususiyatli bo‘ladi. Bola qorindagi og‘riq, ichi ketishi, ko‘ngil aynishi va isitmasi ko‘tarilayotganidan shikoyat qiladi. Gastroenterit ham zudlik bilan shifkorga uchrashish uchun asos bo‘ladi.

Ko‘richak (appenditsit)

Ko‘richak (appenditsit yoki appendiksning yalig‘lanishi) – taxminan 15 foiz bolalarda uchraydi. Kasallik bola ikki yoshga etguniga qadar faollik ko‘rsatmaydi, ammo 8 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘proq uchraydi. Kasallikning boshlanishida bola qornining o‘ng yoki pastki qismida qattiq og‘riq, darmonsizlik, ko‘ngil aynishi va isitmadan shikoyat qiladi. Xastalik tez rivojlanadi va og‘riq zum o‘tmay yanada kuchayadi. Nihoyat appendiks devorlari zararlanib, ichidagilar qorin bo‘shlig‘iga tushadi va bu bola hayotiga jiddiy xavf solishi mumkin. Zudlik bilan kasalxonaga yotqizilib, jarrohlik amaliyotini o‘tkazilmasa jiddiy vaziyat yuzaga kelishi mumkin.

Bola yoshiga ko‘ra qorindagi og‘riqlar sabablari

Bir yoshgacha bolalarda qorin og‘rig‘i kuzatilsa, bunga quyidagi muammolar sabab bo‘lishi mumkin.

6 oylikkacha go‘daklar

Bir oylikdan olti oylikkacha bolalarda qorindagi og‘riqqa:

  • sanchiqlar (ovqat hazm qilish tizimida havo turib qolishi);
  • oshqozonning to‘lib ketishi;
  • qabziyat sabab bo‘lishi mumkin.

Odatda, bunday paytlarda bola yig‘lab, uyqusini yo‘qotadi, tez-tez dumalaydi. Go‘dak katta bo‘la borgani sayin, og‘riqlar o‘tib ketadi.

6 oylikdan katta bolalarda qorin og‘riqlariga:

  • gastrit, kolit, gastroenterit (oshqozon yoki ichaklardagi yallig‘lanish jarayonlari);
  • chov churrasi;
  • nafas yo‘llarining kasalliklari.

Mazkur salbiy holatlarga infektsiyalar sabab bo‘lib, qorinning yuqori qismida og‘riq kuzatiladi, bola ishtahasi yo‘qolib, qayt qiladi. Pediat-shifokor davo muolajalarini belgilaydi.

7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qorin og‘riqlari:

Переедание детей

7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qornida og‘riqlar kuzatilsa, bunga:

  • qabziyatlar;
  • siydik yo‘lari infektsiyasi;
  • o‘pka shamollashi;
  • o‘roqsimonto‘qimali anemiya;
  • zaharlanish sabab bo‘lishi mumkin.

Qabziyat – har doim ham tashvishlanishga sabab bo‘lmasligi mumkin, biroq bu bola ovqat hazm qilish tizimida muammolar borligini ko‘rsatiadi. Siydik yo‘llari infektsiyasi ham qorindagi og‘riqlar, tana haroratining ko‘tarilishi va bolaning siyishi mahali qattiq og‘riqqa sabab bo‘ladi. O‘pka shamollaganda esa bola qattiq-qattiq yo‘taladi, ko‘krak qismidagi, anemiyada esa beli, ko‘kragi va oyoq-qo‘llaridagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Bola nobop egulik, muddati o‘tgan yoki sifatsiz mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida zaharlanib qoladi. Zaharlanganlikning dastlabki alomatlaridanoq tezda shifokorni chaqirish kerak va bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish zarur:

  • bolaga ko‘proq suyuqlik ichirish;
  • hech qanday egulik bermaslik;
  • zaharli moddalarni chiqarish uchun sorbentlar (masalan, Filьtrum) berish mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda:

  • gastroenterit;
  • ko‘p ovqat eb qo‘yish;
  • virusli va infektsion kasalliklar;
  • qorindagi travma;
  • o‘pka shamollashi;
  • siydik yo‘llari infektsiyasi;
  • o‘roqsimonto‘qimali anemiya;
  • o‘tkir ko‘richak (appenditsit);
  • qizalarda  – hayz kelish mahali og‘riq, tos sohasi organlari shamollashi.

Tashxis

Bolalarda qorin og‘rig‘i Qorin sohasida og‘riq paydo bo‘lganida pediatr-shifokorga murojaat qilish zarur. Shifokor mustaqil tashxis qo‘yishi va zarur tahlillar uchun yo‘llanma berishi yoki tor mutaxassis-shifokor (urolog va h.k.) qabuligi yo‘llashi mumkin. Quyida bola qorinchasidagi og‘riq mahali tavsiya etiladigan tahlil va muolajalar keltirilgan:

  • Qorin bo‘shlig‘i va tos sohasi UTT (jigar, o‘t va siydik qoplari, oshqozonosti bezi, taloq, buyraklar va h.k.).
  • Kolonoskopiya – maxsus asbob (kolonoskop) yordamida yo‘g‘on ichak tekshiruvi. Virtual o‘tkazilishi ham mumkin.
  • Fibrogastroskopiya (FGS) – shifokorlar yara yoki gastrit, shuningdek, bola qornida sababi aniqlanmagan qattiq og‘riqda, kichik yoshdagi bolalar fibroskopni yutishga qiynalgani bois FGS o‘rniga oshqozonda rentgen o‘tkazadi.
  • Irrigoskopiya yoki rektoromanoskopiya (ichak kasalliklarida).
  • Qorin bo‘shlig‘i MRT (aniq tashxis qo‘yish qiyin mahal o‘tkaziladi).
  • Peshob tahlili (umumiy) va qon tahlili (umumiy va biokimyoviy).
  • V va S gepatitlarida qon tahlili (kamroq o‘tkaziladi).
  • Gelmentlar va boshqa ichak infektsiyalari va disbakteriozda axlat tahlili.
  • Koprogramma.
  • Onkormarkerlar uchun qon tahlili (onkologik kasalliklar ehtimolida).

Qorin og‘riqlarida yuqorida keltirilgan tahillarning barchasini bolada o‘tkazish shart emas. U yoki bu tadqiqot turini pediatr-shifokor tayinlaydi.

Aksariyat hollarda faqat qonning biokimyoviy tahlili va UTT kifoya qiladi. Batafsil tekshiruv kamdan-kam o‘tkaziladi, chunki har bir holat shifokorlar tomonidan alohida o‘rganiladi.

Qorindagi og‘riqlarda davo muolajalari

Bolakay qorni og‘rib qolsa nima qilmoq kerak? Qator vaziyatlarda (ko‘richak, yallig‘lanish, infektsiyalar, buyrak xastaliklari va boshqa jiddiy kasalliklarda) davolash kasalxonada o‘tkaziladi. Terapiya kursi aniq tashxisga bog‘liq. Har qanday davo muolajasi davolovchi shifokor tavsiyasiga binoan o‘tkazish lozim. Quyida bolalarda oshqozon-ichak tizimi buzilganda yordam berishi mumkin preparatlar va xalq tabobati vositalarini keltiramiz.

Medikamentoz preparatlar

Qorindagi og‘riqlarda davo muolajalari
  1. kuchli ich ketishida – maxsus tuzli eritma.
  2. tananing yuqori haroratida — isitma tushiruvchilar.
  3. zaharlanganda — sorbentlar (masalan, Filtrum).
  4. disbakteriozda — ichaklar mikroflorasini me’yorlashtiruvchi dori vositalari.
  5. ichak infektsiyalarida – antibiotiklar.
  6. hazm qilish tizimi buzilganda – ferment preparatlar (Mikrazim).
  7. oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya – antigistamin preparatlar.
  8. qattiq og‘riqlarda – spazmolitiklar.

Xalq tabobati

  • moychechak damlamasi;
  • asalga aralashtirilgan shuvoq yoki oshqovoq urug‘i — ular bola organizmini parazitlardan tozalaydi;
  • dolchinli limon sharbati;
  • arpabodiyon qo‘shilgan guruch xo‘rda;
  • yalpiz-zanjabil damlamasi;
  • asal qo‘shilgan kartoshka sharbati;
  • eman po‘stlog‘i qaynatmasi;
  • nama’tak damlamasi.

Bolalarda qorin og‘riqlari mahali har qanday xalq tabobati vositalarini faqat shifokor tavsiyasi bilangina qo‘llash mumkin. Mazkur vositalar universal bo‘lmasdan, qator qarshi ko‘rsatmalari mavjudligini unutmang. Ba’zilarini an’naviy tibbiy vositalar bilan birga mutlaqo qo‘llab bo‘lmaydi.

 

Muhim: qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor mutaxassis maslahatini oling

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish