Mikrazim / Bu qiziq / Gastritda parhez

Gastritda parhez

  1. Gastrida ovqatlanish tartibi
  2. Gastrit xuruj qilganida ratsionning asosiy prinsiplari
  3. Gastritda qanday mahsulotlar tanavvul yetish mumkin?
  4. Qanday mahsulotlar mumkin emas?
  5. Kislotaviylik yuqori bo‘lganda taomnoma
  6. Kislotaviylik past bo‘lgandaи
  7. Gastritda taomnoma – umumiy tavsiyalar

Oshqozon shilliq pardasining yallig‘lanishi gastrit deb ataladi va ovqat hazm qilishda muammolar keltirib chiqaradi. Kishining ovqatni hazm qilishi yomonlashadi va natijada salomatligi yomonlashadi, darmonsizlik va holsizlik paydo bo‘ladi statitstik ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklarning yarmi gastritning u yoki bu alomatlaridan aziyat chekar ekan.

Gastrida ovqatlanish tartibi

Gastritda parhez
Ko‘pchilikni gastrida qanday parhez tutish kerak, degan savol o‘ylantiradi. Aslida ham bu juda muhim muammo bo‘lib, to‘g‘ri ovqatlanish – oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolashning asosiy qismi hisoblanadi. Gastrida hamma vaqt engil parhez ma’qul bo‘lib, sog‘liq tiklanganda odatiy ovqatlanish tartibiga sekin-astalik bilan qaytish zarur. Gastritga yo‘liqqan bemorlarga odatda shifokorlar shaxsiy ovqatlanish ratsionini tavsiya qiladi.

Shuningdek, gastrit xuruji vaqtida ferment yetishmovchiligi riovjlanadi va ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun Mikrazim singari ferment preparatlarini qabul qilish tavsiya etiladi.

Gastrit ikki turga bo‘linadi: o‘tkir va surunkali. Ko‘pchilikda mazkur kasallik shakllari oshqozon shirasining yuqori yoki past kisdotaviyligi bilan kechishi mumkin. O‘tkir gastrit quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • fibroz (infektsion kasalliklar mahali zo‘rayadi);
  • flegmonoz (oshqozon devorlarining yiringli yallig‘lanishi bilan kechuvi);
  • korroziyaviy (zaharlanishning bir turi).

Хроническое заболевание, в свою очередь, бывает следующих форм:

  • sirtqi;
  • gipertrofik;
  • polipoz;
  • bakterial;
  • granulematoz;
  • autoimmun.

Surгnkali gastritning boshqa bir turi bilan odatda, ko‘p miqdorda muntazam alkogol iste’mol qiluvchilarda uchraydi.

Gastrit xuruj qilganida ratsionning asosiy prinsiplari

Unutmang, oshqozon gastritida to‘g‘ri ovqatlanish kasallik alomatlarini muvaffaqiyat bilan engish omilidir. Oshqozon shirasi kislotaviyligi yuqori bo‘lsa, uning faolligini bostiruvchi mahsulotlar iste’mol qilish talab etiladi. Mazkur uch qoidaga amal qiling:

  1. Mexanik prinsip. Tarkibiga dag‘al kletchatkasi bor mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling. Bunday mahsulotlar sirasiga tugunakli o‘simliklar, payli go‘sht, kepakli non kiradi. Bundan tashqari, yog‘da tayyorlangan mahsulotlar mutlaqo man etiladi.
  2. Kimyoviy prinsip. Oshqozon shirasi ajratishni kuchaytiruvchi mahsulotlardan voz keching. Bunday mahsulotlar sirasiga spirtli ichimliklar, gazi suv, tsitrus mevalar (jumladan ulardan olingan sharbatlar), qahva, qora non, karam va yog‘li sho‘rva.
  3. Termik prinsip. Yuqori yoki aksincha, past haroratli tamolarni iste’mol qilmang. Ular qizio‘ngachni yallig‘lantiradi, sovuq taomlar esa boshqalarga nisbatan oshqozonda uzoqroq qolib ketadi.

Gastritda qanday mahsulotlar tanavvul yetish mumkin?

Gastritda qanday mahsulotlar tanavvul yetish mumkin?

Taomnomangizga yog‘siz go‘sht (masalan, quyon go‘shti) mahsulotlarini kiriting. o‘rdak, qo‘y va g‘oz go‘shtlari mumkin emas, tovuq go‘shtini esa terisini olib olib tashlab iste’mol qilish mumkin.

Shuningdek, tanavvuli man etilmagan mahsulotlar sirasiga:

  1. daryo balig‘i;
  2. dengiz mahsulotlari;
  3. tuxum oqidan omlet;
  4. suli va grechixa yormasidan bo‘tqalar;
  5. sut;
  6. qovoqcha, qovoq, pomidor, sabzi, turli ko‘katlar;
  7. shakar miqdori yuqori tarmevalar;
  8. qaynatib pishirilgan va ezilgan mevalar.

Qanday mahsulotlar mumkin emas?

Xelikobakter Pilori bakteriyasi sababli gastrit tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, mustaqil parhez belgilash ma’qul emas. buning uchun albatta gastroenterolog yoki parhezshunos mutaxassis bilan maslahatlashing. Shunda gastrit muolajasi qoidaga mos va samarali kechadi.

Mazkur kasallikda taomnomada bo‘lmasligi lozim yegulik va mahsulotlar:

  1. Yangi pishgan non va non mahsulotlari, qatlamalar o‘rniga oq non, oddiy pechenьe va somsa ma’qul.
  2. Yog‘li sho‘rvalar, qo‘ziqorinli, ko‘ksho‘rva va borshch o‘rnini kartoshka, karam, sabzi va piyozli engil sabzavot sho‘rva egallasin.
  3. Dudlamalar, yog‘li va payli go‘sht o‘rniga qaynatilgan yoki bug‘lab pishirilgan go‘sht (kotletlar, qiymalar) hamda tovuq va buzoq go‘shtidan tayyorlangan taomlar.
  4. Qattiq qaynatilgan va qovurilgan tuxum, omletlarni chala-xom qaynatilgan va bug‘da tayyorlangan omlet bilan almashtiring.
  5. Har qanday sho‘r va ziravorli taomlar, marinad, shokolad, gazlangan ichimliklar, qahva va kvas mumkin emas.
  6. Alkogoldan mutlaqo voz keching.

Kislotaviylik yuqori bo‘lganda taomnoma

Gastritning mazkur shaklida meva va sabzavotlarni ko‘p yeyish yaramaydi. Ular umumiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatishim mumkin. Taomnomadan oshqozon kislotasi ishlab chiqarishni faollashtiruvchi yeguliklarni chiqarib, ularning o‘rniga kislotaviylikni pasytiruvchi mahsulotlarni kiriting. To‘g‘ri ovqatlanish asnosida ortiqcha vazndan ham xalos bo‘lsaiz. Quyida ruxsat etilgan va taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxati keltiriladi.

Ruxsat etilganTaqiqlangan
Sabzavotlar: sabzi, qovoq, kartoshka, lavlagi. Sabzavotlardan engil gazaklar. Pomidor: yaxshi pishgan va maydalab to‘g‘ralgan yoki ezilgan. Pusti artilgan bodring. Ko‘katlar.
Mevalar: nordon bo‘lmagan, yaxshi pishgan, po‘sti archilgan (banan, nok, olma). Mevalarni toblab iste’mol qilgan ma’qul. Tarvuz va qovunni – cheklangan miqdorda iste’mol qilish zarur. Qovurilgan kartoshka, marinadlangan mahsulotlar, tuzlangan karam
Sut (sigir yoki echki suti), sut qaymog‘i, yogurtlar. Yangi suzma (tvorog). Smetana, qatiq, qattiq pishloq.
Parhez sho‘rva. Ko‘ksho‘rva va borshch.
Makaron mahsulotlari. Dukkaklilar.
Qaynatib pishirilgan parranda yoki quyon go‘shti, yog‘siz daryo balig‘i. Dudlamalar, yog‘li baliq va go‘sht, konchervalar.
Suli va grechixa. Quruq mevalar.
Chala-xom pishirilgan tuxum. Shokolad.
Qoqnon, oqnon (bir-ikki kunlik, suvi qochgan), quruq pechenьe. Qattiq qaynatilagn va qovurilgan tuxum.
Sut qo‘shilgan va achchiq damlanmagan choy yoki qahva. Javdar va yangi uzilgan non. Tortlar, kremli qandolat mahsulotlari.

Kislotaviylik past bo‘lganda

Bu holatda ovqatlanish yuqorida ko‘rsatilgandan bir muncha farqlanadi. Imkon qadar oshqozon shirasi ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi taomlar va mahsulotlar tavsiya etiladi. Quyidagi jadvalda kasalik qaytalanganda tavsiya etiladigan taomlar ro‘yxati keltiriladi. Oshqozoningizda qattiq og‘riq sezsangiz, oshqozon to‘qimalarini yallig‘lantiruvchi taomlardan voz keching.

Ruxsat etilganTaqiqlangan
Sut mahsulotlari (jumladan, tuzsiz pishloq) Qattiq pishloq navlari.
Sabzavotlar: toblangan kartoshka, pomidor, ko‘katlar, sabzi, qovoq, sho‘r bodringlar. Qovurilgan kartoshka, yirik makaron mahsulotlari
Yog‘siz go‘sht, yuqori siqatli kolbasa mahsulotlari, toblangan va qovurib tayyorlangan kotletlar. Qovurilgan yog‘li go‘sht
Shr seld balig‘i, yog‘siz sho‘rbaliq. Go‘sht va baliq konservalari
Qaynatilgan tuxum. Qovurilgan tuxum
Toblangan mevalar, sharbatlar. Tarmevalar: klyukva, qora qarag‘at. Yangi uzilgan non, kepakli non
Mevali jele, kisel. Qizil smorodina, malina
Kuchsiz gazlangan suv, ko‘k yoki qora choy. Konfet mahsulotlari va muzlatilgan shirinliklar
Mayda to‘g‘ralgan karamli va yaxshi qaynatib pishirilgan borshch va ko‘ksho‘rva Gazli shirin, spirtli ichimliklar, kvas va qahva

Gastritda taomnoma – umumiy tavsiyalar

Gastritda taomnoma

Gastriti bor bemorlar taomnomasidan ovqat tayyorlashda ishlatiladigan ziravorlarni chiqarishi talab etiladi. Taom mazasini yangi ko‘katlar (kashnich, ukrop, selder) qo‘shish orqali boyiting. Ko‘katlar yetishmayotgan darmondorilar o‘rnini to‘lirishda ham qo‘l keladi: iste’mol qiladigan taomlaringizga mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar qo‘shing.

Alohida ovqatlanish tartibiga o‘ting; imkon qadar engil tanavvulardan voz keching, shunda oshqozon ovqat hazm qilishda qiynalmaydi. Ovqatni obdon, shoshmasdan chaynab eng. Tez tanavvul qilingan taom oshqozonag og‘ir botadi va salomatlikka putur etkazib qo‘yishi mumkin. Ovqatni uzoq chaynab, bo‘tqa holida yuting.

To‘g‘ri ovqatlanish – gastritni davolashning asosiy omili ekanini yodda tuting. Ko‘pgina bemorlar davolanish paytida parhezga qat’iy amal qilish natijasida 4 hafta ichida kasallik alomatlaridan forig‘ bo‘lgani va og‘riqlardan xalos bo‘lganini e’tirof etadilar.

 

Muhim: qo‘lashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovschi shifokor-mutaxassis maslahatini oling.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish