Mikrazim / Bu qiziq / Xolesistitdagi parhez

Xolesistitdagi parhez

  1. Xolesistit bilan og‘riganda parhez qanday yordam beradi
  2. O‘tkir xolesistitni parhezli davolash
  3. Surunkali xolesistitdagi parhezning tamoyillari
  4. Nima iste’mol qilish mumkin emas: taqiqlangan mahsulotlar
  5. Qanday mahsulotlarni iste’mol qilishga ruxsat berilgan?
  6. Surunkali xolesistitdagi taxminiy menyu.

Parhezli davolash hazm qilish yo‘li bilan bog‘liq aksariyat kasalliklarning zo‘rayishiga qarshi profilaktika va davolash asosi sifatida xizmat qiladi. Xolesistit bilan og‘rigan odamlar uchun to‘g‘ri tanlangan parhez,qayta zo‘rayishlarning profilaktikasi va davolashning asosiga aylanadi.Bu holda chegaralashlar ham mahsulot savatining tarkibi,ham ularga haroratli ishlov berilishining usuliga ham tegishli bo‘ladi,parhezning talablari esa kasallikning shakli va yallig‘lanish jarayonining bosqichiga bog‘liq bo‘ladi.

Xolesistit bilan og‘riganda parhez qanday yordam beradi

Xolesistit bilan og‘riganda parhez qanday yordam beradi?

Surunkali xolesistit bilan xastalangan ko‘p odamlar uchun oziqlanishdagi muvofiq cheklashlar bilan to‘g‘ri tuzilgan kundalik menyu-bu kasallikning ko‘p turdagi namoyon bo‘lishlarini oldini olish bilan birga barcha kerakli ozuqaviy moddalarni iste’mol qilish imkoniyatidir. Parhez yordamida quyidagilarga erishish mumkin:

  • ovqatlangandan keyin noqulaylikni his qilmaslik;
  • og‘riq sindromi,o‘ng biqin va qovurg‘aostidagi og‘riqni oldini olish;
  • xolesistitning qayta zo‘rayishini oldini olish;
  • hamrox o‘t tosh kasalligida-o‘t pufagi va o‘t chiqaruvchi yo‘llarda toshlar shakllanishi jarayonini sekinlashtirish;
  • o‘t suyuqligining turib qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan,jigarning ikkilamchi shikastlanish xavfini kamaytirish;
  • oshqozon-ichak yo‘lining barcha sohalari me’yorida ishlashini ta’minlash.

O‘tkir xolesistitda jiddiy parhez oshqozonosti beziga bo‘lgan ortiqcha yuklamani ketkazishda yordam beradi. Uning dorili davolash bilan birikmasi ahvolning tez yengillashishiga, yallig‘lanish jarayoni bosilishiga,butun o‘t chiqaruvchi tizim faoliyatining uyg‘unlashishiga imkon beradi.Bu holda pankreatit(oshqozonosti bezining yallig‘lanishi) qayta rivojlanish xavfi ehtimolini kamaytiradi,bu kasallik esa xolesistit bilan og‘rigan bemorlarning kamida 1/3 qismida hamroh bo‘lib keladi.

O‘tkir xolesistitni parhezli davolash

O‘tkir xolesistit va o‘t pufagi surunkali yallig‘lanishning zo‘rayishi ozuqaviy ratsionni tuzishda maxsus yondashuvni talab qiladi.

  • Boshidagi 1-3 kunda salmoqli og‘riq sindromi va kuchli ko‘ngil aynishi bilan ifodalangan zo‘rayishda,shifokor tomonidan jadal dorili davolashni to‘ldiruvchi,davolovchi ochlik tayinlanishi mumkin.Bu holda sezilarli suvsizlanishning oldini olish uchun yetarli miqdorda suyuqlik ichish maslahat beriladi.Agar buning iloji bo‘lmasa,bemorda infuzion davolash (eritmalarni ko‘ktomir orqali kirgazish)o‘tkaziladi.Lekin o‘t toshi hosil bo‘ladigan xolesistitda ochlik parhezi pankreatitning qo‘shilishi bilan o‘t suyuqligining yana ham ko‘proq turib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin,shuning uchun har qanday ovqatni iste’mol qilishdan voz kechish haqidagi qarorni shifokor qabul qilishi kerak.
  • Keyin bir necha kun davomida «suyuq parhez» deb nomlanuvchi, bemorga faqat suyuq va yarimsuyuq taomlar beriladigan parhezga amal qilish maslahat beriladi. Dastlab faqat suv bilan aralashtirilgan kompot,kisel,o‘tli damalamar ichiladi. Keyin asta-sekin sabzavotli sho‘rva-pyure, qirilgan suvda tayyorlangan shilimshiq bo‘tqalar (guruchli,arpali,mannali bo‘tqalarni bergan afzalroq).4-5 kundan yengil bulyon,yog‘siz ivitilgan sut mahsulotlarini iste’mol qilishga ruxsat beriladi.
  • O'tkir yallig'lanish alomatlari bosilib borgani sari ratsion asta-sekin kengaytirilib,ruxsat berilgan mahsulotlar ro'yxatidan qaynatilgan va bug'da pishirilgan mahsulotlar kiritiladi.

Kasallikning zo'rayishi bostirilgandan so'ng bemor Pevzner bo'yicha stol №5ga o'tkaziladi,bu davrda uning parhezi surunkali xoletsistitdagi oziqlanishga mufoviq bo'ladi.

Surunkali xolesistitdagi parhezning tamoyillari

Surunkali xolesistitdagi parhezning tamoyillari

Xolesistitning zo‘rayish davri bo‘lmagan paytdagi parhez-bu muvozanatlangan, yetarlicha xilma-xil,kaloriya miqdori va tarkibi bo‘yicha to‘liq parhezdir.U Pevzner bo‘yicha stol №5ga to‘g‘ri keladi.

Iste’mol qilinayotgan ovqatlar oshqozonosti bezini ortiqcha rag‘batlantirmasligi va o‘t pufagida sanchiqlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, toshlar hosil bo‘lish xavfi ehtimolini ko‘paytirmasligi kerak.Shu sababli bemor o‘tkir xolesistit bilan og‘rigandan keyin yoki birinchi marta aniqlangan latent (kam alomatli) surunkali xolesistitda o‘z ratsionini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.

Ba’zi bir mahsulotlar va ularni tayyorlash uslublaridan voz kechish kerak bo‘ladi,shu bilan birga bu cheklashlar qisqa muddatli bo‘lishi kerak emas.Surunkali xolesistitdagi parhez-bu deyarli hayot tarzi bo‘lgan,sog‘lomlashtiruvchi va profilaktik kundalik oziqlanishdir. Albatta,uning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:

  • Xolesistitdagi oziqlanish kam-kamdan bo‘lishi kerak,3 mahal asosiy taom iste’mol qilish va 2-3 ta yengil ovqatlanish maslahat beriladi.Bunday tartib me’yordan ortiq yeyish va «ochlik» davrlaridan saqlanishga yordam beradi,bu esa o‘t pufagiga bo‘lgan yuklamaning bir tekisda bo‘lishini ta’minlaydi.
  • Ovqatni har doim bir vaqtda iste'mol qilish maqsadga muvofiqdir.Bu ishtahaning o‘z vaqtida ochilishiga va hazm qilish tizimi hamda o‘t pufagining ozuqaviy moddalar kelib tushishiga tabiiy tayyorlanishiga imkon beradi.
  • Menyu barcha asosiy nutriyentlar (oqsillar,yog‘lar va uglevodlar),vitamin va minerallarni o‘z ichiga olishi kerak. Ratsionning umumiy kaloriyasi va moddalarning muvozanati bemorning yoshi,jinsi va jismoniy faolligini, hisobga olgan holda belgilanadi.Bu holda yog‘larni barcha ovqat qabul qilishlar orasida bir tekisda taqsimlash kerak.
  • Taqiqlangan mahsulotlar ratsiondan butunlay chiqarib tashlanadi,hatto zo‘rayishlar uzoq vaqt davomida kuzatilmaganda ham.Ba’zi mahsulotlar cheklangan miqdorda iste’mol qilinadi, ovqatlangandan keyin noxushlik paydo bo‘lgan vaziyatda esa ulardan voz kechgan ma’qul.Ovqatlanishdagi xatoliklar o‘t pufagiga bo‘lgan yuklamaning, yallig‘lanish jaryonining faollashishi va o‘t pufagida sanchiqlar rivojlanishi bilan,ko‘payib ketishiga olib kelishi mumkin.
  • Taomni bug‘da,qaynatish yo‘li bilan, toblab(qirsillovchi qobiq hosil qilmasdan)pishirish mumkin.Qovurish va marinadlash qat’iyan man etiladi.Ko‘p qaytalovchi zo‘rayishlarda dimlash ham tavsiya etilmaydi,chunki bunday tayyorlash natijasida ko‘p miqdordagi ekstraktli moddalar hosil bo‘ladi.
  • Me’yordan ortiq yeyishga yo‘l qo‘ymaslik-ham kaloriya,ham ovqatning miqdori bo‘yicha.
  • Biologik suyuqliklar(shu jumladan o‘t suyuqligi ham) quyuqlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun,yetarli miqdorda suv ichish kerak.

Surunkali xolesistitdagi oziqlanishda ochlik va iste’mol qilinadigan mahsulotlar xilma xilligining kam bo‘lishi ko‘zda tutilmaydi.To‘g‘risi bu ratsionning yetarlicha xilma-xilligi va ozuqaviy qiymati saqlab qolinadigan ozuqaviy cheklashlardir.Umuman olganda, xolesistitdagi parhez,pankreatitdagi parhezdan uncha ko'p farq qilmaydi.

Nima iste’mol qilish mumkin emas: taqiqlangan mahsulotlar

Xolesistitda nima iste’mol qilish-o‘t pufagi bilan bog‘liq muammolar aniqlangan odamlar uchun,asosiy savoldir.Bu kasallikda ratsiondan quyidagilarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi:

Nima chiqarib tashlanadi Nima sababdan chiqarib tashlanadi
Har qanday dudlangan mahsulotlar (sanoatda va qo‘lbola ishlab chiqarilgan). Mavjud surunkali xolesistitning zo‘rayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan,o‘t haydovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Qovurilgan mahsulotlar,bu cheklash ham go‘shtli,ham sabzavotli qovurma taomlarga tegishli.Qizdirilgan yog‘dan ham foydalanish mumkin emas,shu jumladan shirin taomlar uchun ham. Ferment tizimlarini haddan ortiq faollashtiradi,keragidan ortiq o‘t xaydovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Achchiq ovqatlar, ziravor va dorivorlarning ko‘p qismi,tarkibida efir moylari bo‘lgan mahsulotlar(sitruslar,sarimsoq), yerqalampir,turp,piyoz (haroratli ishlov berilmagan). Ziravor va dorivorlar hazm qilish yo‘lining faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi,bu o‘t ajratish tizimining motorikasi buzilishi va o‘t sekretsiyasi bilan sarflanishi orasidagi mutanosiblikning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Yog‘liq ovqatlar.

Xolesistitda go‘shtning yog‘liq turlaridan(cho‘chqa,qo‘y,yog‘liq mol go‘shti,g‘oz,o‘rdak),charvi yog‘,salo,xolesteringa boy ichki a’zolardan(miya, jigar,buyraklar) voz kechish tavsiya etiladi.Ratsiondan yog‘ligi 5 % dan oshiq tvorog,qaymoq,yog‘liq sut va ivitilgan sut mahsulotlari, muzqaymoq (qaymoqli va plombir),mayonez, margarin,avokado,qandolat moyli krem,yong‘oq,kozinak,xolva chiqarib tashlanadi.

Yog‘lar (saryog‘,o‘simlik) va tuxum sarig‘i cheklangan miqdorda iste’mol qilinadi.Pishloq iste’moli ham chegaralanib, tarkibida yog‘i kam bo‘lgan navlar afzal ko‘riladi.

Yog‘larning to‘liq hazm bo‘lishi faqatgina,emulgator ta’sirga ega bo‘lgan va shu ta’sir orqali oshqozonosti bezi fermentlarining faolroq ishlashiga imkon beradigan,o‘t suyuqligining yordami bilan amalga oshiriladi. Shu sababdan barcha yog‘liq mahsulotlar yog‘ haydovchi ta’sir ko‘rsatadi va ularni iste’mol qilish xolesistitning zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.

Ratsionda hayvon yog‘larining ko‘pligi ham o‘t pufagi oralig‘ida xolesterin toshlarining hosil bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Lekin yog‘larni ratsiondan butunlay chiqarib tashlash mumkin emas, chunki ular muqobil quvvat manbasi bo‘lib,organizmga hujayra devorlarini qurish,gormon va fermentlarni hosil qilish uchun kerak.

Ekstraktiv taomlar (yog‘liq,bir suvda qaynatilgan yog‘liq go‘sht va baliqli bulyonlar,to‘yingan karam qaynatmasi). Hazm qilish yo'lining shilliq qobig‘ini ta’sirlantiradi va prokinin-ichak va o‘t pufagi motorikasini faollashtiruvchi, biologik faol moddalarning,me’yordan ortiq ishlab chiqarilish holatini yuzaga keltiradi.Shu sabali yog‘liq bulyonlarni iste’mol qilish o‘t pufagi bo'yinchasida siqilishlarning rivojlanishi va o‘t chiqaradigan yo‘llarning faoliyatidagi muvozanatning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Yangi oq non, oliy navli bug‘doy unidan pishiriqlar,ayniqsa shirin xamirdan,keks va margarinli xamirlardan. Ichak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va oshqozonosti bezining faoliyatini me’yordan ortiq qo‘zg‘atadi,bu o‘z navbatida o‘t pufagi faoliyatini ikkilamchi tarzda buzadi.Xamirning bir xil turlarining tarkibida esa,o‘t ajralishining kuchayishini qo‘zg‘atuvchi,ko‘p miqdordagi yog‘lar bo‘ladi.
Tarkibida ko‘p miqdorda shovul kislotasi bo‘lgan mahsulotlar: ismaloq,shovul, rovoch,bargli xantal,nordoncha,mayngold,qulupnay. Oksalat toshlarning hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Konservalangan va marinadlangan mahsulotlar. Hazm qilish tizimini haddan ortiq qo‘zg‘atadi.
Qo‘ziqorinlar(har qanday ko‘rinishda va har qanaqa navlari). Hazm bo‘lishi qiyin,o‘t hosil bo‘lishini haddan ortiq kuchaytiradi.
Yo‘g‘on ichakda ko‘p gaz hosil bo‘lishiga sababchi bo‘ladigan,har qanday mahsulotlar.Bu mahsulotlarga: yangi oq karam,dukkaklilar,sholg‘om kiradi. Ko‘pchilik odamlarda yo‘g‘on ichak oralig‘idagi bijg‘ituvchi va yiringli jarayonlarni kuchayishiga olib keladi va meteorizm bilan hamroh bo‘lib keladi.
Shokolad,to'yingan kakao,achchiq kofe,achchiq choy,gazlangan ichimliklar. Shokolad,to'yingan kakao,achchiq kofe,achchiq choy,gazlangan ichimliklar. Qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Alkogol O‘t pufagini qo‘zg‘atadi va o‘t yo‘llari rivojlanishining ehtimolini oshiradi(turli bo‘limlar motorikasidagi muvozanatning buzilishi).

Xolesistitda aniq bir mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin yoki mumkin emasligi, haqida shubha paydo bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dietolog(parhez bo‘yicha shifokor) bilan maslahatlashing.

Qanday mahsulotlarni iste’mol qilishga ruxsat berilgan?

Xolesistitdagi parhez- tarkibi va mazasi bo‘yicha bir xildagi oziqlanish, deb o‘ylash kerak emas.Bu kasallikning zo'rayishdan tashqari paytlarda to‘g‘ri tayyorlash sharti bilan,ancha ko‘p mahsulot va taomlarni iste’mol qilishga ruxsat berilgan.

Ratsionga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Go'shtning yog'siz turlari: tovuq,kurka, buzoq go'shti,quyon go'shti. Ular butun bo'lak yoki kichik bo'lakchalar,qiymalangan kotlet(bug'da yoki toblangan),qiymаdan bitochka, toblama go'sht,sufle ko'rinishida tayyorlanishi mumkin.Qaynatilgan mol tilini ham iste'mol qilish mumkin.
  • Fabrikada ishlab chiqarilgan kolbasa mahsulotlarining ba'zi turlari: yog'siz vetchina,sutli sosiskalar,Doktor kolbasalari turidagilar(tabiiy qobiqda).
  • Baliq (yog'siz turlari),odatda qaynatilgan yoki toblangan tarzda,kotlet yoki sufle tarkibida.
  • Dengiz mahsulotlari.
  • Yog'siz go'shtli bulyonda(ikkinchi bulyonda bo'lishi maqsadga muvofiq, birinchi suv qaynagandan keyin to'kib yuboriladi ) sho'rvalar. Bu holda “qovurma” deb nomlanadigan, ovqatni xushxo'r qiluvchi yog'da qovurilgan sabzavotlarni solish mumkin emas.
  • Sabzavotlar(taqiqlangan mahsulotlar ro'yxatiga kiritilganlaridan tashqari) yangi pishirilgan holda.Bu holda bemorning ahvolini nazorat qilish kerak va oshqozondagi og'irlik,shishish va meteorizmni,keltirib chiqaradigan mahsulotlardan voz kechish kerak.
  • Tvorog (kam yog'li yoki me'yoriy yog'li), yog'li bo'lmagan ivitilgan sut mahsulotlari,yog'ligi 5-6% gacha bo'lgan sut.
  • Barcha yormalar,shu jumladan qisman ishlov berilganlari ham(bug'doy,manna yormasi,qaynatish uchun pag'alar).
  • Tuxum(bedana yoki tovuq),bu holda tuxum sarig'i iste'molini cheklash kerak ekanligini esdan chiqarmaslik zarur. Shu sababli ko'pincha taomlarni(quymoq, qovurilgan tuxum) bir nechta tuxum oqi va 1 ta sarig'ini ishlatib tayyorlanadi. Kalulezli xolesistitda esa,tuxum sarig'idan butunlay voz kechish kerak bo'ladi.
  • Mevalar,agar ular me'yordan ortiq gaz hosil bo'lishiga olib kelmasa.Ularni yangi va toblangan,hamda quruq mevalar ko'rinishida iste'mol qilish mumkin.
  • Yangi bo'lmagan non(2-3 kunlik,sal suvi qochgan non),shirin bo'lmagan-qotgan non, galetli pechenyelar.
  • Ichimliklar:turli tarkibli achchiq bo'lmagan choylar,arpa yoki sachratqi asosidagi choylar,to'yinmagan kompotlar, na'matak qaynatmasi.

Ba'zida,surunkali xolesistitda, shifokor bilan kelishilgan holda, ratsionga toblangan kepak ko'rinishidagi biriktirivchi to'qimalar kiritiladi va ular ichak motorikasini yaxshilab,o't chiqarish tizimining faoliyati uyg'unlashishiga yordam beradi.

Surunkali xolesistitdagi taxminiy menyu

Surunkali xolesistitdagi ratsion zo'rayish paytidan boshqa vaqtlarda ancha xilma-xil bo'lishi mumkin.Ruxsat berilgan mahsulotlardan bemorning oziqlanish odatlari va yaxshi ko'rgan taomlariga qarab har kunga menyu tuzib,turli xil taomlar tayyorlanadi.

Nonushta. Suvda yoki yog'siz sutda pishirilgan turli xil quyuqlikdagi bo'tqalarni kiritish maqsadga muvofiqdir, ular shirinlashtirilgan yoki shakarsiz bo'lishi mumkin.Bo'tqalarni oz miqdordagi saryog' va yog'siz pishloqli buterbrod bilan to'ldirish mumkin.Bo'tqalarni tvorogli toblamalar,vermisheli yoki grechka asosidagi sutli sho'rvalar bilan navbatlashtirib turish mumkin.Ba'zan tvorog iste'mol qilish mumkin.

Ikkinchi nonushta(yengil ovqtlanish). Mevalardan (yangi,toblangan,shu jumladan ichiga salat kabi,narsa to'ldirilgan),tvorog,go'shtli yoki tvorogli sufle/toblama taom,quymoqdan (bug'da pishirilgan yoki toblangan) tashkil topishi mumkin.

Tushlik. Ruxsat berilgan yo'l bilan pishirilgan sho'rvalar(bulyonli va pyureli), sabzovot yoki yormali qayla bilan tayyorlangan go'sht yoki baliq, go'sht-sabzovotli toblanma taomlar,dimlama.

Ikkinchi tushlik. Meva yoki oz miqdorda qandaydir salat,sufle,pishloq, ivitilgan sut mahsuloti bilan galeta va qotgan non,tvorog,dimlangan sabzovotlar.

Kechki ovqat. Sabzavotli kotlet,bo'tqa, qaynatilgan baliq/go'shtli sufle/oz miqdordagi garnir bilan bug'da pishirilgan kotlet,sabzovotli quymoqdan iborat bo'lishi mumkin.

Yotishdan oldin. Odatda bir stakan ivitilgan sut mahsulotlari tavsiya etiladi (kefir, yogurt,qatiq,atsidofilin, bifidok).

Taom qabul qilishni har qanday ruxsat berilgan ichimlik bilan tugatish mumkin.Ovqatlanishlar orasida yetarli miqdorda toza suv ichish kerak,gazlangan suvlarni ichishdan oldin undagi gazni chiqarib tashlash kerak.

Surunkali xolesistitdagi parhez- bu asosiy va chindan ham natija beradigan profilaktika uslubidir.Tavsiya etilgan ozuqaviy cheklashlarga amal qilish,bu kasallik bilan og'rigan bemorlarninng ko'p qismiga ovqatlangandan keyin noxushlikni his qilmaslik va asta-sekin dorilarni qabul qilishdan voz kechishga imkon beradi.

Bundan tashqari,bunday parhez qonning lipidli tarkibini yaxshilashga yordam beradi: xolesterin darajasini kamaytirish, tomirlarning devorlaridagi sklerotik toshmalarning sonini kamaytirish, natijasida umumiy sog'liq holatiga yaxshi ta'sir ko'rsatib,ateroskleroz va u bilan bog'liq tomir kasalliklarining profilaktikasi bo'lib xizmat qiladi.

Muhim: qo'llashdan oldin yo'riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Mavzu bo’yicha maqolalar

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish