Mikrazim / Bu qiziq / Pankreatitdagi parhez

Pankreatitdagi parhez

  1. Nima uchun parhezga amal qilish kerak
  2. Pankreatitning o‘tkir bosqichida oziqlanish
  3. Surunkali pankreatitdagi parhez qoidalari
  4. Pankreatitda ratsionni qanday tuzish kerak

Диета при панкреатите

Kundalik ovqatlanishnining to‘g‘ri tashkillashtirilishi,pankreatit bilan og‘rigan odamlar uchun,katta ahamiyatga ega.Chunki bu kasallikda oshqozonosti bezi shikastlanadi.U hazm qilish tizimi a’zolariga kiradi va 12-barmoqli ichak oralig‘ida ta’sir qiluvchi,fermentlar majmuasini sekretsiya qilish uchun ma’suldir.Shuning uchun bu a’zoning yallig‘lanishi asosiy ozuqaviy moddalar (nutriyentlar) hazm bo‘lishining buzilishi va ikkilamchi ichak buzilishlarining rivojlanishi bilan hamroh bo’lib keladi,bu esa bir qancha ozuqaviy chegaralashlarga amal qilishni talab etadi.

Tibbiyotda pankreatitdagi oziqlanishning davolovchi-profilaktik tizimi Pevzner bo‘yicha stol №5p deb ataladi.Undagi ozuqaviy chegaralashlar darajasi turli xil bo‘lishi mumkin.Chunki pankreatitdagi parhez menyusi bir qator omillarni hisobga olgan holda tuziladi.Ratsion kasallikning shakli va bosqichi,asosiy alomatlarning ifodalanganligi va ferment yetishmovchiligining darajasiga qarab tanlanadi.Pankreatitning xolesistit bilan birikmasida odatda 5a parhezi tayinlanadi.

Nima uchun parhezga amal qilish kerak

Pankreatitdagi oziqlanish va davolash- o‘zaro bog‘liq tushunchalardir.To‘g‘ri tuzilgan kundalik ratsion bir qator muhim masalalarni yechishga yordam beradi:

  • Yallig‘langan oshqozonosti beziga bo‘lgan ortiqcha yuklamani yo‘qotish, kam-kam ovqat yeyish va hazm qilish qiyin bo‘lgan taomlarni istisno qilish bilan ta’minlanadi.Pankreatitda bu birinchi darajadagi vazifadir.
  • Asosiy nutriyentlarning to‘liq hazm bo‘lishini ta’minlash.Uyg‘un tuzilgan pankreatitdagi menyu kerakli miqdordagi ozuqaviy moddalar kelib tushishini ta’minlaydi,iste’mol qilinayotgan ovqatning maqbul miqdori va taomlarning me’yorliligi esa ularning oshqozonosti bezi fermentlarining ta’siri ostida yetarli darajada hazm bo‘lishiga imkon beradi.
  • Qayta zo‘rayishning oldini olish,chunki bu kasallikda qaytalash holati ko‘pincha ovqatlanishdagi xatoliklar bilan bog‘liq. Shu sababli surunkali pankreatitda parhezga muntazam amal qilgan yaxshi.
  • Qandli diabet rivojlanishi xavfini kamaytirish.Gap shundaki,oshqozonosti bezi hazm qilish tizimining bir qismi bo‘libgina qolmay,endokrin (gormonal faol) a’zo hamdir.Uning to‘qimalarida maxsus hujayra mavjud-Langergans orolchalari.Ulardan insulin gormoni ajralib chiqadi va u yetarli miqdorda ishlab chiqarilmasa insonda qandli diabet kasalligi shakllanadi.Surunkali yoki ko‘p qaytalaydigan yallig‘lanish natijasida faol hujayralar asta-sekin nobud bo‘lishi mumkin,shu jumladan Langergans orollari ham. Aynan shu sababli pankreatitni qandli diabet rivojlanishi xavfining eng asosiy omillardan biri deb baholashadi, ovqatlanishdagi xatoliklarni esa- muhim moyillashtiruvchi omil sifatida.

Pankreatitdagi parhez hazm qilish iloji boricha to‘liq bo‘lishi uchun, sharoit yaratishga qaratilgan.

Pankreatitning o‘tkir bosqichida oziqlanish

«Taqiqlangan» mahsulotlar Kasallikning og‘riq sindromi va hazm qilishning jiddiy buzilishlari bilan ifodalangan eng o‘tkir bosqichida qisqa muddatli davolovchi ochlik qo‘llanilishi mumkin.Bu maslahat oldingi asr shifokorlari tomonidan aytilgan,ular o‘tkir pankreatitda o‘z bemorlariga sovuqlik (yallig‘langan a’zo sohasiga), ochlik va jismoniy orom tayinlashgan.Bu davrda ta’sirlantirmaydigan vitaminlashtirilgan va ishqorli ichimliklarni ichish mumkin, kerak bo‘lsa parenteral (vena orqali) oziqlantirish tayinlanadi.Fermentlarni esa bu vaqtda ishlatish maqsadga muvofiq emas,chunki ichakka hazm qilish kerak bo‘lgan hech qanday ozuqalar kelib tushmaydi.

O‘tkir pankreatitdagi ochlik odatda 2-3 kun davom etadi.Bu vaqt ichida alomatlar bosiladi va bu asta-sekin - parhezli oziqlanishga o‘tishga imkon beradi:

  1. Ochlikdan keyingi birinchi kunlarda oziqlanish kam kaloriyali va iloji boricha avaylovchi.Taomlar pyuresimon, yarimsuyuq,qiymalangan.Ularni qaynatib yoki bug‘da pishiriladi,tortishdan oldin tana haroratigacha sovutiladi.Bunday menyu asosan uglevodlardan tashkil topgan bo‘ladi va ko‘p qismli retsept va ziravorlarni ishlatish ko‘zda tutilmaydi.
  2. Pankreatit alomatlarining ifodalanganligi kamaygandan keyin oziqlanish ancha xilma-hilroq va kaloriyali bo‘ladi.Bu holda menyuni asta-sekin,bemorning ahvoli va ovqatning o‘zlashtirilish darajasiga qarab kengaytiriladi.4-5 kunlarda yengil o‘zlashtiriladigan oqsillar (tvorog, qaynatilgan yog‘siz go‘sht,tuxum) kiritiladi,keyin oz miqdorda saryog‘. O‘simlik yog‘lari hali ishlatilmaydi. Taomlar hali ham qaynatilgan va bug‘da toblangan.Ular endi qirg‘ichdan chiqarilmaydi,qiymalanadi yoki sho‘rva, sufle,toblangan tarzda dasturxonga tortiladi.
  3. Keyingi 8-12 oy davomida pankreatitdagi oziqlanish garchi unchalik jiddiy cheklashlar bo‘lmasa ham,kam-kam va avaylovchi bo‘lib qoladi.Umuman olganda bu davrda ratsion surunkali pankreatitdagi menyuga o‘xshab ketadi. O‘simlik yog‘lari kiritiladi,taomlar ancha xilma-hilroq bo‘lishni boshlaydi.

Ochlik tugatilgandan keyingi birinchi kunlarda parhez bilan birga qo‘shimcha tarzda fermentli preparatlardan foydalaniladi. Bu maqsadda,masalan, Mikrazim tayinlanadi.Bu oshqozonosti bezining shaxsiy fermentlari yetishmovchiligini qisman to‘ldirishga va a’zoga ortiqcha yuklama tushishini oldini olishga imkoniyat beradi. Bu ayniqsa tarkibida yog‘lar bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishda katta ahamiyatga ega.

Pankreatitdagi parhezga amal qilish- zo‘rayish bosqichidagi davolashning eng muhim qismidir. Aynan u yallig‘langan oshqozonosti bezi va butun hazm qilish yo‘lining faoliyati asta-sekin me’yorlashishiga yordam beradi. Tayinlangan preparatlar esa alomatlarni yo‘qotishga,shikastlangan a’zoning yuklamasini qisman kamaytirishga va nisbiy ferment yetishmovchiligining o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi.

Surunkali pankreatitdagi parhez qoidalari

Shuni tushunish muhimki,pankreatitdagi parhez faqatgina zo‘rayish paytida kerakli chora emas.U asosiy alomatlar bosilgandan keyin ham muhim o‘ringa ega,ayniqsa kasallik surunkali shaklga o‘tganda.Chunki pankreatitdagi oziqlanish xatoliklari shu davrda ham bemor ahvolining tez va sezilarli darajada yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda kasallikning zo‘rayishi yoki qaytalashi haqida gapiriladi,bu vaziyatda qo‘llaniladigan davolash rejasi esa,kasallikning birlamchi o‘tkir xurujidagi davolash bilan o‘xshashdir.

Shuning uchun,surunkali pankreatitdagi parhez ko‘proq profilaktik va qo‘llab turuvchi ahamiyatga ega.Unga amal qilganda odam jismoniy noxushlikdan va hayot sifatining sezilarli darajada yomonlashishidan aziyat chekmaydi. Garchi ba’zi odamlar bir qancha mahsulotlar va taomlarni iste’mol qilishga qarshi jiddiy cheklashlarga ko‘nikishlari uchun,ancha ko‘p vaqt kerak bo‘lsa-da.

Shifokor maslahatiga ko‘ra,bunday parhezni ko‘pincha qo‘llovchi tibbiy davolash- fermentli preparatlarni qabul qilish bilan birga qo'llanadi.

«Taqiqlangan» mahsulotlar: pankreatitda qanday mahsulotlardan voz kechish kerak bo‘ladi

Mahsulot Nima sababdan pankreatitda istisno qilinadi
Sharbat pankreatit iloji bormiе
Sharbatlar
Pankreatitda sharbatlar nomaqbul mahsulotlar sirasiga kiritiladi.Chunki ularning tarkibidagi kislota qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi va oshqozonosti shirasi hamda barcha hazm qiluvchi fermentlarning kuchaytirilgan ishlab chiqarilishiga undaydi.Bu esa pankreatitning zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.Faqatgina barqaror yaxshilanish paytida ba’zida suv bilan aralashtirilgan sharbatlarni ichishga ruxsat beriladi.
Pankreatit bilan meva va rezavorlar
Yangi (haroratli ishlov berilmagan) meva,reza mevalar
Ovqat hazm qilish yo‘liga sharbatlar kabi,taxminan bir xil ta’sir ko‘rsatadi. Pankreatitda mevalar kamdan-kam vaziyatlarda toblangan holda yoki to‘yinmagan kompotlar tarkibida iste’mol qilinishi mumkin.
Pankreatit bilan tuzlangan
Nordon va to‘qimalarga boy sabzavotlar.Tuzlamalar,marinadlar, konservalar (shu jumladan homaki tayyorlangan)
Qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Pankreatitda ayniqsa pomidor,sholg‘om, rediska ismaloq,yangi oq karam va shovul taqiqlangan.Tuzlangan sabzavotlar, marinadlangan va uzoq saqlash uchun tuzlangan mahsulotlar, konservalarni iste’mol qilish ham man qilingan.
Pankreatit bilan qo'ziqorin
Dukkaklilar.Qo‘ziqorinlar.
Ularning tarkibidagi o‘simlik oqsili oshqozonosti bezining faolligi kuchayishini qo‘zg‘atishi mumkin. Shuningdek dukkaklilar ichak oralig‘ida gaz hosil bo‘lishini kuchaytiradi,bu esa odatda surunkali pankreatit bilan og‘rigan odamning ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pankreatit bilan spirtli
Alkogol,gazlangan ichimliklar

Barcha ovqat hazm qiluvchi fermentlarning ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi,butun oshqozon-ichak yo‘lining shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Taxminan 25% holatlarda pankreatitning zo‘rayishi alkogol iste’mol qilish bilan bog‘liqdir.

Pankreatit bilan non
Yangi non,shirin xamir,qandolat mahsulotlari

Katta miqdordagi insulin ishlab chiqarilishini qo‘zg‘atuvchi,ko‘p miqdordagi tez o‘zlashtiriladigan uglevodlarning manbasidir.Bu esa oshqozonosti bezining sezilarli darajada rag‘batlantirilishiga olib keladi.

Pishiriq,sdoba,kremlardagi ko‘p miqdordagi uglevod va yog‘lar ham bezga bo‘lgan ortiqcha yuklama paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi.

Pankreatit bilan qovurilgan
Qovurilgan taomlar

Mahsulotlarning o‘ziga xos ishtaha ochadigan qirsldoq qobiq bilan qovurilishi bir qator ehtimoliy xavfli moddalarning hosil bo‘lishi bilan hamroh bo‘lib keladi. Ularga nitrozaminlar,akrolein,akrilamid va yana boshqalar kiradi.Ular kanserogen ta’sirga ega bo‘lib,hazm qilish yo‘lining shilliq qobig‘ini ta’sirlantiradi va fermentlar ishlab chiqarilishining kuchayishiga sabab bo’ladi.

Qovurilganda mahsulotning yog‘liqligi ham oshadi.Natijada ovqatni hazm qilishga ko‘proq vaqt va fermentlar kerak bo‘ladi, oshqozonosti bezi esa pankreatit bilan og‘rigan paytda buni ta’minlab bera olmaydi.

Pankreatit bilan dudlangan
Kolbasa mahsulotlari
Dudlangan va qaynatilgan-dudlangan kolbasalar,tarkibida ko‘p qo‘shimchalar bo‘lgan kolbasa va sosiskalar taqiqlangan. Ular butun hazm qilish yo‘lini ta’sirlantiradi va ortiqcha rag‘batlantiradi. Bu holda ba’zida yog‘siz go‘sht navlaridan qaynatilgan sosiskalar,parranda go‘shtidan vetchina iste’mol qilish mumkin.
Pankreatit bilan souslar
Mayonez,ketchup,fabrikada ishlab chiqarilgan boshqa qaylalar
Oshqozon-ichak shilliq qavtiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi, oshqozonosti bezini haddan ortiq rag‘batlantiradi.
Pankreatit bilan Chips va kraker
Sneklar(chipslar,xushbo‘ylashtirilgan qotgan non va boshq.),pechenye va fabrikada ishlab chiqarilgan tortlar
Ularning tarkibidagi ko‘p sonli kimyoviy birikmalar hazm qilish yo‘lini ta’sirlantiradi.Sifati past bo‘lgan yog‘larning ko‘p miqdori esa oshqozonosti beziga bo‘lgan ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi.

 

Bundan tashqari oq yog‘,go‘shtning yog‘liq navlari,yog‘liqligi baland bo‘lgan sut mahsulotlari,yog‘da qovurilgan sabzavotlarni (sho‘rva va qaylalarga qo‘shish uchun) ham iste’mol qilmagan ma’qul. Pankreatitda anchagina yuqori yog‘liqli mahsulotlarni iste’mol qilish mumkunligini,davolovchi shifokor yoki dietologdan aniqlashtirish kerak.

Nima iste’mol qilish mumkin?

pankreatit bilan don
Yormalar
Suli va bug‘doy pag‘alari,guruch,grechka va manna yormalari ishlatiladi.Tariq va arpa yormalari kamdan-kam hollarda mumkin,faqat ular organizm tomonidan yaxshi qabul qilinsa.Perlovka yormasi kam ishlatiladi,chunki ko‘p odamlar uchun uning hazm bo‘lishi qiyin kechadi.
Pankreatit bilan sabzavot
Sabzavotlar
Ko‘proq qaynatilgan va bug‘da pishirilgan holda. Sabzi, kartoshka,bodring,gulkaram, kabachok,yashil no‘xat, lavlagi iste’mol qilish mumkin.Pomidorlar faqat barqaror yaxshilanish davrida va yaxshi qabul qilinishi sharti bilan kam miqdorda kiritiladi.
Мясо при панкреатите
Go‘sht,parranda
Yog‘siz navlari (mol go‘shti,quyon go‘shti,tovuq,kurka).Yog‘ qatlamlarini albatta yaxshilab kesib olib tashlanadi. Go‘sht qaynatiladi yoki bug‘da pishiriladi. Barqaror yaxshilanish davrida ba’zan marinad qilmasdan toblashga ruxsat beriladi.
Pankreatit bilan baliq
Baliq
Qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan, yog‘siz navlari.Dimlash (kam miqdordagi suvda) tavsiya etilmaydi,chunki bu qo‘zg‘atuvchi ekstrakt moddalarning shakllanishiga olib keladi. Sudak,treska, mintay,cho‘rtan,sazan,olabug‘a,xek, putassu baliqlari to‘g‘ri keladi.
Pankreatit bilan tuxum
Tuxum
Qovurilgan va qaynatilgan tuxum istisno qilinadi.Bug‘da va toblab pishirilgan quymoqlar yaxshiroq,lekin boshqa pishirish usullaridan ham foydalanish mumkin.
Pankreatit bilan sut
Sut mahsulotlari
Faqat yog‘sizlari.Tvorog,atsidofilin, qatiq,kefirni iste’mol qilish mumkin.Sut asosan quymoq va suflelar tarkibida,bo‘tqa va ichimliklarga qo‘shimcha sifatida keladi. Pishloq- yog‘siz navlari oz miqdorda ruxsat berilgan,faqatgina ovqatga qo‘shimcha sifatida.
Pankreatit bilan non
Non,pechenye
Non-yangi bo‘lmagan,biroz qotirilgan bug‘doy noni tavsiya etiladi.Pechenye kamdan-kam iste’mol qilinadi,shuningdek u shirin emas,galetali bo‘lishi zarur.

Pankreatit bilan meva
Mevalar,rezalar

Ko‘proq toblangan tarzda yoki kompot, kisel,jele,muss,qiyomlar tarkibida. Olmalar,quruq mevalar(oz miqdorda) maqbul bo‘ladi.

Nima pankreatit bilan ichish uchun
Ichimliklar
Achchiq bo‘lmagan choy(ozgina limon qo‘shish mumkin),to'yinmagan kompotlar,mineral suv,na’matak damlamasi.

Pankreatitda ratsionni qanday tuzish kerak

Pankreatitdagi taxminiy menyu tarkibiga odatda 3 ta asosiy ovqat qabul qilish(nonushta,tushlik,kechki ovqat),ular orasida 2 ta yengil ovqatlanish va uyquga yotishdan biroz oldin ivitilgan sut mahsulotlarini iste’mol qilish kiradi.

Nonushtaga suv asosida yopishqoq bo‘tqalar pishirgan ma’qul,barqaror yaxshilanish paytida qaynatish uchun arlashtirilgan sut ishlatish mumkin.Ular boshida qiriladi yoki sufle ko‘rinishida dasturxonga tortiladi, keyinchalik yaxshilab qaynatishning o‘zi yetarli bo‘ladi.Nonushta kunlik quritilgan nonga oz miqdorda saryog'(kuniga 10 gr. dan ko‘p emas) qo‘shimcha qilingan buterbrod bilan to‘ldiriladi.Yog‘siz pishloq turidan yoki yog‘siz go‘shtdan bir bo‘lak ham yeyish mumkin.

Ikkinchi nonushta (yengil ovqatlanish) tvorog yoki go‘shtli sufle,tvorog yoki asal bilan toblangan olma,shirinlashtirilgan tvorog,toblangan yoki bug‘da pishirilgan quymoqdan tashkil topishi mumkin.Hamda kompot yoki na’matak damlamasi ham bo‘lishi mumkin.

Tushlik turli xil sho‘rvalar,ikkinchi ovqat va ichimlikni o‘z ichiga oladi. Sho‘rvalarni ikkinchi bulyonda qaynatiladi va ba’zida ozgina smetana qo‘shiladi.Ikkinchi ovqat albatta sabzavotli va yormali qo‘shimcha bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan,oqsilli taom bo‘ladi.

Ikkinchi tushlik taomlarning tanlovi, birinchi yengil ovqatlanish bilan qariyb bir xil.U kisel va galetli pechenyedan ham tarkib topishi mumkin,ba’zida banan ham kiritiladi.

Kechki ovqat hazm qilish uchun yengil, lekin shu bilan birga yetarli miqdorda uglevod va oqsilli bo‘lishi kerak.Bular sufle,toblangan taomlar, go‘sht-tvorogli knellar,quymoqdagi go‘shtli o‘ramalar, qaynatilgan go‘sht/baliq bo‘lishi mumkin va ular qo‘shimcha garnir bilan to‘ldiriladi.

Yotishdan oldin kefir yoki boshqa ruxsat berilgan yog‘iliqligi past ivitilgan sut mahsulotlari.

Pankreatitdagi parhezga amal qilish bemor ahvolini tez yaxshilashga va uzoq muddatga barqarorlashtirishga imkon beradi.Chunki stol №5p parhezidagi davolash ratsioni muvozanatli,organizmni barcha kerakli ozuqaviy moddalar bilan ta’minlaydi, shikastlangan oshqozonosti bezini iloji boricha avaylaydi va uning faoliyati me’yoriga kelishiga sharoit yaratadi.

Ovqatlanishdagi xatoliklar yo‘q bo’lgan holatda,pankreatit uzoq vaqt o‘rni to‘ldirilgan bo‘lib qoladi va noxush alomatlar hamrohlik qilmaydi,ferment preparatlarni qo‘llash esa ovqatning yetarlicha hazm bo‘lmasligining oldini olishga yordam beradi.



Foydalanish foydalanuvchi uchun qo'llanma qarang yoki sizning shifokor bilan maslahatlashing oldin.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish