Mikrazim / Bu qiziq / Fermentlar

Fermentlar

  1. Fermentlarning umumiy xususiyatlari
  2. Tasniflash
  3. Hazm qiluvchi fermentlar
  4. «Mikrazim» preparati bilan o’rnini bosuvchi davolashning ahamiyati

Har qanday organizmning hayoti undagi kechayotgan modda almashininish jarayonlarining natijasidir.Bu ta'sirlanishlarni tabiiy katalizator,yoki fermentlar boshqaradi. Bu moddalarning boshqa nomi-enzimlar. «Ferment» atamasi lotincha fermentum,ya'ni «achitqi» degan ma'noni bildiradi.Tushuncha tarixiy tarzda,achish jarayonlarini o'rganilganda paydo bo'lgan.

Hamirturushni qo'llash yo'li bilan achitish- fermentativ ta'sirning odatiy misoli
1-rasm- Hamirturushni qo'llash yo'li bilan achitish- fermentativ ta'sirning odatiy misoli

Insoniyat bu fermentlarning foydali xususiyatlaridan ancha vaqtdan beri foydalanib kelmoqda.Masalan,asrlar davomida shirdon fermenti yordamida sutdan pishloq ishlab chiqariladi.

Fermentlarning katalizatorlardan farqi shundaki, ular tirik organizmda tа'sir qiladi,katalizatorlar esa-jonsiz tabiatda.Biokimyoning,hayot uchun o'ta muhim bo'lgan bu moddalarni o'rganuvchi yo'nalishi, enzimologiya deb ataladi.

Fermentlarning umumiy xususiyatlari

Fermentlar,turli xil moddalar bilan o'zaro ta'sirlashib,ularning ma'lum yo'l bo'yicha kimyoviy o'zgarishini tezlashtiruvchi,oqsil tabiatli molekulalardir.Bu holda ular sarflanmaydi.Har bir fermentda,oziqlantiruvchi muhitga qo'shiluvchi,faol markaz va bu yoki boshqa kimyoviy ta'sirlanishni ishga tushiruvchi katalitik qismi bor.Bu moddalar organizmda kechadigan biokimyoviy ta'sirlanishlarni haroratni ko'tarmagan tarzda tezlashtiradi.

Fermentlarning asosiy xususiyatlari:

  • o'ziga xosligi: fermentning faqat o'ziga xos ozuqa muhitiga ta'sir qilish qobiliyati, masalan, lipazalar-yog'larga;
  • katalitik samaradorligi: fermentativ oqsillarning biologik ta'sirlanishlarni yuz va ming baravar tezlashtirish qobiliyati;
  • tartibga solish qobiliyati: har bir hujayradagi fermentlarning ishlab chiqarilishi va faolligi,bu oqsillarning qayta sintezlanish qobiliyatiga ta'sir qiluvchi, o'ziga xos o'zgarishlar zanjiri bilan aniqlanadi.

Fermentlarning inson organizmidagi o'rnini ortiqcha baholab yuborishning iloji yo'q. DNKning tuzilishi endi aniqlangan paytda,bir gen,qandaydir aniq bir alomatni aniqlashtiruvchi,bitta oqsilning sintezi uchun javob beradi,deb aytishardi.Hozirgi kunda bu so'zlar bunday tarzda aytiladi: «Bir gen – Bir ferment – bir alomat».Ya'ni hujayradagi fermentlarning faolligisiz,hayot mavjud bo'la olmaydi.

Tasniflanishi

Kimyoviy ta'sirlanishlardagi tutadigan o'rniga qarab,fermentlarning quyidagi turlari ajratiladi:

Turlari

Xususiyatlari

Oksireduktazalar

Vodrodning atom va elektronlarini olib o'tib, o'zining ozuqa muhitini oksidlanishini katalizatsiya qiladi

Transferazalar

Kimyoviy guruhlarni bir moddadan boshqasiga o'tkazishda ishtirok etadi

Gidrolazlar

Yirik molekulalarga suv molekulalarini qo'shib,maydaroq molekulalarga parchalaydi.

Liazlar

Molekulali bog'lanishlarni gidroliz jarayonisiz parchalanishini katalizatsiyalashtiradi

Izomerazlar

Molekuladagi atomlarning o'rin almashtirishini aktivlashtiradi

Ligazlar (sintetazalar)

ATF quvvatini ishlatib, uglerod atomlari bilan bog'lanishlarni hosil qiladi.

 

Tirik organizmdagi barcha fermentlar ichki- va tashqihujayralilarga bo'linadi. Ichkihujayralilarga,misol uchun,qon bilan kelib tushadigan,turli xil moddalarni zararsizlantirishda ishtirok etadigan,jigar fermentlari kiradi.Ular organga shikast yetganda qon tarkibida aniqlanadi,va bu o'z o'rnida uning kasalliklarini aniqlashda yordam beradi.

Ichki organlarning shikastlanganligini belgilab beruvchi,ichkihujayrali fermentlar:

  • jigar-alaninaminotransefraza, aspartataminotransferaza, gamma-glyutamiltranspeptidaza, sorbitdegidrogenaza;
  • buyrak - ishqorli fosfataza;
  • prostata bezi - nordon fosfataza
  • yurak mushagi - laktatdegidrogenaza

Tashqihujayrali fermentlar bezlar tomonidan tashqi muhitga ajralib chiqadi.Ularning asosiylari so'lak bezlari,oshqozon devorlari, oshqozonosti bezi,ichak hujayralaridan ajraladi va hazm qilishda faol ishtirok etadi

Hazm qilish fermentlari

Hazm qilish fermentlari- bu ovqat tarkibiga kiruvchi yirik molekulalarning parchalanishini tezlashtiruvchi,oqsillardir.Ular bu molekulalarni o'zlashtirilishi yaxshi bo'lishi uchun, kichikroq bo'laklarga bo'ladi.Hazm qilish fermentlarining asosiy turlari- proteazalar,lipazalar,amilazalar.

Asosiy hazm qiluvchi bez-oshqozonosti bezidir. U DNK va RNK ni parchalaydigan,ko'pgina fermentlar, hamda nukleazalarni va erkin aminokislotalarni hosil qilishda ishtirok etadigan,peptidazlarni ajratib chiqaradi.Hosil bo'ladigan fermentlarning oz miqdori ham,katta oziq hajmiga «ishlov» bera oladi.

Ozuqaviy moddalarning fermentativ parchalanishi natijasida,hayot faoliyati va moddalar almashinuvi jarayonlariga sarflanadigan quvvat ajralib chiqadi. Fermentlarning ishtirokisiz,bu jarayonlar juda sekin o'tardi va organizmni yetarli quvvat bilan ta'minlay olmasdi.

Bundan tashqari,fermentlarning hazm qilish jarayonidagi ishtiroki,molekulalarni ichak devorlarining hujayralaridan o'tib,qonga singib ketishiga imkon beruvchi darajagacha parchalanishini ta'minlaydi.

Amilaza

Amilaza so'lak bezlaridan ajralib chiqadi. U ozuqaning uzun glyukozali zanjirdan tarkib topgan, kraxmaliga ta'sir ko'rsatadi.Bu fermentning ta'siri natijasida,ikkita o'zaro bog'liq glyukozali molekulalar,ya'ni fruktoza, va boshqa kaltazanjirli uglevodlardan tarkib topgan yuzalar paydo bo'ladi.Keyinchalik ular ichakdagi glyukozagacha o'zgaradi va qonga so'rilib ketadi.

So'lak bezlari kraxmalning faqat bir qismini parchalaydi.So'lak amilazasi qisqa vaqt ichida, ovqat chaynalyotgan paytda,faoldir.Oshqozonga tushgandan keyin ferment uning nordon suyqligi bilan faolsizlashtiriladi.Kraxmalning ko'p qismi 12-barmoqli ichakda,oshqozonosti bezi tomonidan ajratiladigan,oshqozonosti amilazasi ta'sirida parchalanadi.

Amilaza kraxmalni parchalashni boshlayapti
2-rasm - Amilaza kraxmalni parchalashni boshlayapti

Oshqozonosti amilazasi ta'sirida paydo bo'lgan, qisqa uglevodlar,ingichka ichakka kelib tushadi. Bu yerda ular maltazalaktaza, saxarazadekstrinazalar yordamida glyukoza molekulasigacha parchalanadi.Ferment ta'sirida parchalanmaydigan to'qimalar ichakdan axlat bilan chiqib ketadi.

Proteazalar

Oqsil va proteinlar-odam ozuqasining asosiy qismlaridan biridir.Ularni parchalash uchun ferment - proteazalar zarur. Ular sintezlanish joyi, muhiti va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadi. Ulardan bir xillari oshqozonda faol, masalan, pepsin. Boshqalari oshqozonosti bezi tomonidan ajratib chiqariladi va ichak oralig'ida faol. Bezning o'zida fermentning nofaol shakli - ximotripsinogen ajralib chiqadi va u faqatgina ozuqa tarkibidagi nordon moddalar bilan aralashib, ximotripisinga aylanganda ta'sir qila boshlaydi. Bunday tartib, oshqozonosti bezi proteaza hujayralari tufayli o'zini shikastlashini oldini olishga yordam beradi.

Oqsillarning fermentativ parchalanishi
3-rasm - Oqsillarning fermentativ parchalanishi

Proteazalar ozuqaviy oqsillarni maydaroq bo'laklar-polipeptidlarga parchalaydi. Ferment-peptidazlar ularni ichakda o'zlashtirilib ketadigan, aminokislotalargacha parchalaydi.

Lipazalar

Ozuqaviy yog'lar,oshqozonosti bezidan ajralib chiqadigan fermentlar-lipazalar tomonidan parchalanadi. Ular yog' molekulalarini,yog' kislotalari va glitseringa parchalaydi. Bunday ta'sirlanish uchun,12-barmoqli ichakda,jigarda hosil bo'ladigan o't mavjud bo'lishi kerak.

Yog’larning fermentativ gidrolizi
4-rasm - Yog’larning fermentativ gidrolizi

«Mikrazim» preparati bilan o'rnini bosuvchi davolashning ahamiyati

Hazm qilish tizimi buzilgan ko'pchilik odamlar uchun, hammasidan oldin oshqozonosti kasalliklari holatida,fermentlarning tayinlanishi organning funksional qo'llab-quvvatlanishini ta'minlaydi va sog'ayish jarayonini tezlashtiradi. Oshqozonosti bezining yallig'lanishi yoki boshqa o'tkir holatni to'xtatgandan keyin fermentlarni qabul qilishni to'xtatish mumkin, chunki organizm ularning ishlab chiqarish faoliyatini o'zi tiklab oladi.

Fermentlarni, faqat oshqozonosti bezining tashqi ishlab chiqarishining og'ir yetishmovchiligida uzoq muddat qabul qilish kerak bo'ladi.

Tarkibi bo'yicha eng fiziologik preparatlardan biri «Mikrazim» dir. Uning tarkibida oshqozonosti suyuqligi tarkibidagi:amilaza, proteaza, lipazalar mavjud. Shuning uchun, bu organning turli xil kasalliklarida ishlatiladigan fermentlarni, alohida tanlab olishning hojati yo'q.

Bu dorini qo’llash uchun ko’rsatmalar:

  • oshqozonosti bezining surunkali yallig'lanishi, mukovisidoz va oshqozonosti bezi fermentining yetarlicha ishlab chiqarilmasligining boshqa sabablari;
  • oshqozon,ichak,jigarning yallig'lanish kasalliklari,ayniqsa ular operatsiya bo'lgandan keyin,hazm qilish tizimining tezroq tiklanishi uchun;
  • oziqlanishdagi xatoliklar;
  • chaynash vazifasining buzilishi, masalan, stomatologik kasalliklar yoki bemorning kam harakatligidan.

O'rin bosuvchi maqsadli, hazm qilish fermentlarini qabul qilish,qorin dam bo'lishi,suyuq ich kelishi va qorin og'rishining oldini olishda yordam beradi. Bundan tashqari, oshqozonosti bezining og'ir, surunkali kasal bo'lgan holatlarda, Mikrazim ozuqalarni parchalash vazifasini butunlay o'ziga oladi. Shu sababli,ular hech qanday to'siqsiz ichakda o'zlashtiriladi. Bu ayniqsa, mukovisidoz bilan kasallangan bolalar uchun muhimdir.

 

Muhim: qo'llashdan oldin yo'riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish