Mikrazim / Bu qiziq / Gastrit

Gastrit

  1. Gastrit turlari
  2. Gastrit paydo bo‘lishining endogen sabablari
  3. Gastrit alomatlari
  4. Gastritni tashxislash
  5. Gastritni qanday davolash kerak
  6. Gastrit asoratlari
  7. Gastrit profilaktikasi

GastritGastrit – oshqozon shilliq pardasining yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, oqibatda mazkur organ patologik o‘zgarishlarga uchraydi. Bu kasallik turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin va turli ko‘rinishda kechadi. Fan oshqozonning birlamchi gastriti tushunchasini ajratadi va u mustaqil patologiyaga ega. Ikkilamchi gastrit esa zaharlanish, infeksiya va boshqa noxush holatlar asnosida paydo bo‘ladi. Xelikobakterioz odatda, qorinda og‘riq bilan bilan boshlanadi va u taom iste’mol qilgandan keyin yoki ovqatlangunga qadar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ko‘ngil aynishi, qabziyat, ichburug‘ va jig‘ildon qaynashi singari alomatlar bilan ham kechadi.

Gastrit turlari

Kasallik kechish xaraketriga ko‘ra gastritning quyidagi turlari ajratiladi:

  • O‘tkir gastrit. Shiddat bilan rivojlanadigan yallig‘lanish bo‘lib, organizm kasallik chaqiruvchiga to‘qnashganidan bir necha soat o‘tib alomatlari yuzaga chiqadi. Aksariyat hollarda bunga ichak infeksiyalari va bakterial tipga taalluqli toksinlardan zaharlanish (masalan, aynigan, buzilgan yegulik tanavvul qilgandan keyin) sababli paydo bo‘ladi.ba’zan o‘tkir gastritga dori vositalari, kimyoviy vositalar va oshqozon shilliq pardasini yallig‘lantiruvchi boshqa modalar oqibatida ham yuzaga keladi. Bular sirasiga spirt, o‘yuvchi moddalar va kislotalar kiradi.
  • Surunkali gastrit. Bu xastalik bir qadar sokin kechsada, oshqozon faoliyatining patologiyasiga olib keladi va ba’zan oshqozon shilliq pardalarining butkul zararlanishi oqibatida batamom yemirilishiga (o‘lishiga) sabab bo‘ladi. O‘tkir gastrit surunkasiga aylanib ketishi mumkin: bunday paytlarda kasallik zo‘rayishi va qaytalanishi navbat bilan kechadi. Inson holatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazmagani, boshqa favqulodda alomatlarsiz kechgani sababli, ba’zan kasallikni aniqlash oson bo‘lmaydi. Kasallik zo‘rayishiga noto‘g‘ri ovqatlanish, mahsulotlarga allergik reaksiya, modda almashinuvining buzilishi chekish va spirtli ichimliklar ichish kabilar sabab bo‘ladi.

Kasallikka chalingan organizmda qanday jarayonlar sodir bo‘ladi? Kasallik chaqiruvchi bakteriyalar (Xelikobakter pilori / Helicobacter pylori) oshqozonda ko‘payib, bosqichma-bosqich oshqozon shilliq pardasini yemiradi. Javob reaksiyasi sifatida shilliq parda emirilgan hujayralarni davolash maqsadida maxsus modda ajratadi. Oqibatda ichki ziddiyat vujudga kelib, og‘riq paydo bo‘ladi, ishtaha pasayib, jig‘ildon qaynaydi va gastritning boshqa alomatlari namoyon bo‘ladi.

Gastrit paydo bo‘lishining endogen sabablari

Gastritga organizmda quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:

  • Oshqozon-ichak kasalliklariga genetik moyillik;
  • Duodenal refleks;
  • Immun tizimi darajasida hujayralar himoya funktsiyasining kuchsizlanishi;
  • Gormonal buzilishlar;
  • Zararlangan organlardan xastalikning avtomatik ravishda qo‘shnilariga o‘tishi.

Duodenal refleks – o‘n ikki barmoqli ichakdan safroning oshqozonga noto‘g‘ri tushishidir. Oqibatda oshqozon devorlarining yallig‘lanishi sodir bo‘lib, oshqozon shirasi kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Dastlab mazkur patologiya oshqozon antral qismida sodir bo‘ladi va keyin organni butunlay zararlaydi.

Hujayralar himoya funktsiyasining kuchsizlanishi esa ularning normal faoliyati buzilganini ko‘rsatadi. Bular o‘z navbatida qator salbiy patologik jarayonlarga sabab bo‘lib, oshqozon shirasi pH-balansini o‘zgartiradi va uning devorlarini yallig‘laydi. Oqibatda ichki zaharlanish sodir bo‘lib, oshqozon o‘zi ishlab chiqargan shiraning sho‘rligiga salbiy reaksiya ko‘rsata boshlaydi.

Gastrit alomatlari

Gastrit alomatlari

Gastritga oshqozonning turli qatlamlaridagi yemirilishlar sabab bo‘ladi. Aksariyat holatlarda, kasallik deyarli sezilmasligi mumkin, ammo bemor taom iste’mol qilganidan so‘ng qorinda og‘irlik, qo‘qqisdan sodir bo‘ladigan sanchiqlar, ko‘ngil aynishi, ishtahaning yo‘qolishi, vazn tushib ketishi va shunga o‘xshash salbiy holatlardan shikoyat qiladi. Gastrit rivojlanishining barchaga taalluqli, yagona alomatlari yo‘q: ular paydo bo‘lishi va keyin yo‘qolishi, alomatlari va ularning qaytalanishi jarayoni kasallikning qay tarzda kechayotgani va qabul qilinayotgan dori vositalariga qarab o‘zgarib turadi.

Kasallikning o‘tkir shaklida quyidagi alomatlar kuzatiladi:

  • qorin sohasida og‘riq hissi: og‘riq to‘satdan paydo bo‘lib, o‘tib ketishi yoki aksincha, sezilar-sezilmas va davomiy bo‘lishi mumkin. Aksariyat holatlarda og‘riq ovqat tanavvul qilinganidan keyin paydo bo‘ladi: och qoringa taom eyilsa va ovqatlanib bo‘lgandan keyin qorinda noxushlik yanada ortadi.
  • ko‘ngil aynishi (doimiy yoki takrorlanuvchi, odatda ovqat iste’mol qilgandan keyin paydo bo‘ladi);
  • jig‘ildon qaynashi (qizio‘ngachda achishtiruvchi og‘riqli noxush holat);
  • kekirish (ovqatdan keyin yoki och qorinda ham; ba’zan og‘izda sho‘r hid hosil bo‘ladi);
  • o‘xtin-o‘xtin qayt qilish (avvaliga organizm oshqozondagi yegulik va ichkilikni qabul qilmasdan kishi qayt qilib tashlaydi, keyinchalik qayt massasiga yashil yoki sarg‘imtir tusda shilliq modda aralashadi);
  • ko‘p miqdorda so‘lak ajralishi (tanamiz ovqat hazm qilish jarayonining buzilishiga reaksiya biliradi); ba’zan og‘iz bo‘shlig‘i quriydi (bu qayt qilish natijasida organizmning suvsizlanishdan darak beruvchi omil hisoblanadi);
  • qabziyat yoki ichburug‘;
  • umumiy darmonsizlik, bosh aylanishi, boshog‘rig‘i, kuchli terlash, varaja, qon bosimining pasayishi, yurakning tez urib qolishi (taxikardiya).

Surunkali Xelikobakterioz normal, past yoki yuqori kislotaviylik bilan ham xarakterlanishi mumkin. Bular o‘z navbatida anatsid, giperatsid va gipoatsid gastrit deyiladi.

Kislotaviylik me’yorida yoki yuqori bo‘lsa, bemor og‘riq, jig‘ildon qaynashi va ovqatdan keyingi og‘irlikdan shikoyat qiladi. Aksariyat paytlarda defekatsiya muammolari uchraydi.

Surunkali gastrida yuqori kislotaviylik shuningdek, kekirganda og‘izda sho‘r ta’m sezilishi, ko‘ngil aynishi, och qolganda oshqozonda og‘riq va tunda noxushlik singari alomatlar bilan kechishi ham mumkin.

Aksincha, past kislotaviylik tilda noxush ta’m, ishtaha buzilishi, qorin quldirashi va ich buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.

Past kislotaviylik sababli kechuvchi surunkali Xelikobakteriozni so‘lakning ko‘p miqdorda ajralishi, qorinda to‘lib ketgandek hissiyot, ovqatlanishga moyillikning yo‘qligi bois anemiya alomatlari bilan ham aniqlash mumkin. Kasallik bir necha yil davom etadigan bo‘lsa, kishi ozib ketib, doimiy behollikni his qiladi.

Gastritni tashxislash

Gastritni tashxislash
Surunkali gastrit bir necha bosqichda aniqlanadi:

  • Klinik tadqiqotlar (shifokor bemorning shikoyatlarini eshitadi, kasallik tarixini tuzib chiqadi, bemorni ko‘zdan kechiradi, dastlabki tashxis va bemorga ma’qul keladigan muolajalar rejasini belgilaydi
  • Endoskopik tadqiqotlar + biopsiya (organizmda Xelikobakter Pilori bakteriyasi bor-yo‘qligi, oshqozon shilliq pardasining o‘ziga xos tuzilishi va shilliq pardasining saratonoldi moyilligi aniqlanadi). Biopsiya kamida 5 biomaterial asosida o‘tkaziladi (2 tasi antral bo‘lmasidan, 2 tasi asosiy bo‘lma va bittasi oshqozon burchagidan olinadi).
  • Laborator tadqiqotlar (bemorning qoni, peshobi va axlati klinik tahlil qilinadi, qon biokimyo tekshiruvi hamda axlatida yashirin qon majudligi tekshiriladi). Bu ham organizmda gastrit bakteriyasi bor-yo‘qligini aniqlash imkonini beradi.
  • Jigar, oshqozonosti bezi va o‘t pufagi UTT o‘tkaziladi (bular orqali shifokorlar ovqat hazm qilish tizimiga yo‘ldosh boshqa xastaliklarni ham aniqlaydi).
  • Oshqozon ichki pH-metriya (bu muolaja oshqozon shirasi kilotaviyligini va ovqat hazm qilish tizimining kislotaviylikka bog‘liq xastaliklarini aniqlash uchun qo‘llanadi).
  • Elektrogastroenterografiya (bu ovqat hazm qilish tizimi ishlash mexanizmi va duodenogastral reflyuksni aniqlash uchun qo‘llanadi).
  • Ovqat hazm qilish tizimi yuqori bo‘lmalari manometriyasi (reflyuks-gastritni aniqlaydi). Bunday kasalligi bor bemorlarda 12 barmoqli ichak bosimi taxminan suv ustunining 200 mm.ni tashkil etadi. Sog‘lom kishilarda esa bu ko‘rsatkich 130 mm.dan oshmaydi

Gastritni qanday davolash kerak

Helicobacter pylori

Gastrit mutaxassislari uni davolash uchun bir necha tipdagi preparatlarni tavsiya qiladi:

  • Detoksikatsiyalovchi dorilar (antidotlar)
  • Antatsidlar;
  • Dezinfeksiya uchun antiseptiklar;
  • Ichburug‘ga qarshi vositala;
  • Tetratsiklin tarkibli antibiotiklar;
  • Sorbentalar (Filtrum);
  • Allergiyaga qarshi vositalar (H2 podtip);
  • Ferment preparatlar («Mikrazim»).

Gastritga qarshi terapiyaning asosiy vazifasi – kasallik sabablarini bartaraf etish hamda uning rivojlanishini rag‘batlantiruvchi va og‘irlashtiruvchi omillarni bartaraf etishdir (masalan, noto‘g‘ri ovqatlanish, infeksion omillar va h.k.). Oshqozon shilliq pardasi tiklanish jarayonini faollashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari qator proiflaktika choralari ham mavjud. Shunday qilib, kasallikka qarshi majmuaviy kurash dori-darmon muolajalari, to‘g‘ri ovqatlanish va gastrit xuruj qilganida qo‘llanadigan profilaktika choralarini o‘z ichiga oladi.

Gastritni davolash majuaviy printsipga ega bo‘lib, kasallik nima sababdan kelib chiqqanini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Odatda, shifokorlar antibiotiklar ularga parallel ravishda oshqozon shirasi kislotaviyligini pasaytiruvchi vositalar tavsiya qiladi. O‘zbilarmonlik bilan davolanish yaramaydi: terapiya kursi va miqdorini davolovschi shifokorgina belgilashi mumkin. Odatda, sog‘ayish jarayoni 7-14 kunni tashkil qiladi.

Yana bir bor ta’kidlamoqchimiz – kislotaviylik darajasini pasaytirish muolajaning muhim bosqichi hisoblanadi. Bu shilliq pardani himoyalash, noxush hislarni bartaraf etish, shuningdek, preparatlar umumiy ta’sirchanligini oshirishga ko‘maklashadi.

Nihoyat, gastrit terapiyasi vismut dori vositalarini qabul qilishni ham o‘z ichiga oladi. Ular shilliq pardaning ustki himoya qatlamini shakllantirishga yordam beradi va natijada shillik parda hujayralari oshqozon shirasining yuqori kislotaviyligi va bakteriyalarning salbiy ta’siridan bir muncha uzoq bo‘ladi.

Gastrit asoratlari

Umuman olganda, gastrit xavfli xastaliklar qatoriga qo‘shilmaydi (kasallikning flegmonoz turidan boshqa). Shunday bo‘lsada, gastrit oqibatida quyidagi xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin:

  • oshqozonda ichki qon ketishi;
  • oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralari;
  • oshqozon saratoni.

Yuqordagi o‘ta salbiy oqibatlardan tashqari, gastrit asosan ovqat hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikka chalingan bemorlar oshqozondagi og‘riq va jig‘ildon qaynashi singari noxush holatlardan cho‘chib, ovqatdan voz kechishga majbur bo‘ladi. Oqibatda kishi ozib ketishi, ba’zan esa organizm taomni qabul qilmasligi, kuchli qayt qilish va jig‘ildon qaynashi mumkin. Bulardan tashqari, gastrit avitaminoz va kamqonlik (anemiyaga) olib keladi.

Gastrit profilaktikasi

Aslida, har bir inson umri davomida gastritga yo‘liqmaslik uchun zarur choralarni ko‘rishi lozim. Buning uchun esa, zararli odatlar - chekishdan qoz kechish va spirtli ichimliklar iste’molini imkon qadar kamaytirish, foydali yeguliklar va mahsulotlarni tanavul qilishi, me’yorida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, o‘zini turli stresslardan himoyalashi kerak.

 

Muhim: qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki mutaxassis-shifokor maslahatini oling.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish