Mikrazim / Bu qiziq / Хolesistit

Хolesistit

  1. Xolesistit nima va nima sababdan paydo bo'ladi
  2. Xolesistitning rivojlanishiga nima sabab bo'ladi
  3. Xolesistitning turlari
  4. Xolesistit qanday namoyon bo'ladi
  5. Xolesistit xavflimi: ehtimoliy og'irlanishlar
  6. Aniqlash
  7. Davolash tamoyillari
  8. Profilaktika

Xolesistit zamonaviy dunyoda eng ko'p tarqalgan kasalliklar orasiga kiradi.U katta yoshdagi odamlarning o'rtacha 7-10% da aniqlanadi, rivojlangan davlatlarda esa bu ko'rsatkich 15-20% gacha bo'ladi.Shu bilan birga oxirgi o'n yilliklarda, xolesistitning alomatlari ishga yaroqli yoshdagi odamlarda va hattoki o'smirlarda aniqlanmoqda, vaholanki XX asrning birinchi yarmida- bu kasallik yoshi katta odamlar uchun odatiy deb hisoblanardi.

Xolesistit nima va nima sababdan paydo bo'ladi

Xolesistit nima va nima sababdan paydo bo'ladi

Xolesistit- bu o't pufagi devorlarining yallig'lanishi,bilan bog'liq kasallikdir.Amaldagi Xalqaro kasalliklarni tasniflash, XKT-10 bo'yicha,uni hazm qilish a'zolari kasalligiga kiritishadi va tashxis qo'yishda K81 xos raqamini ishlatishadi.

Xolesistitning rivojlanishida 2 omil asosiy o'rin tutadi:

  • O't pufagi oralig'ida o't suyuqliki turib qolishi (xolestaz),ayniqsa u pufak ichidagi o't gipertenziyasi-o't suyuqligidagi bosimning ko'tarilishi bilan birga kelsa.Bu mikroshikastlanishlar paydo bo'lishiga, to'qimalarning qon bilan ta'minlanishi yomonlashishiga,o't suyuqligining tarkibi va to'yinganligining o'zgarishiga olib keladi. Vujudga keladigan aseptik (noinfeksion) yallig'lanish,shilliq qavatning infeksion agentlarga nisbatan barqarorligini pasaytiradi va jarayonni surunkali va og'irlashgan shakliga o'tishiga moyil qiladi.
  • Pufakning devori va o't suyuqligining zararlanishi.O't pufagining yallig'lanishi odatda bakterial tabiatli bo'ladi,lekin ichakdan kelib tushadigan oddiy,lyamblya va hatto gelmintlar (parazit chuvalchanglar) ham kasallik qo'zg'atuvchi bo'lishi mumkin.Lekin bu, xolesistit infeksion va yuqadigan kasallik degani emas.Ko'p holatlarda o't pufagida, ma'lum bir sharoitda o'ta faol bo'lib, to'qimalarga nisbatan tajovuz ko'rsata boshlaydigan,oddiy aralashgan shartli-patogen mikroflora aniqlanadi. Lekin qo'zg'atuvchi qon va limfa oqimi bilan ham kelib tushishi mumkin.

Bir-birini to'ldiruvchi bu 2-shartning bir vaqtda bor bo'lishi- xolesistit rivojlanishining asosiy sababidir.Shu bilan birga,vujudga kelgan yallig'lanish xolestazni qo'llaydi va zo’raytiradi, bu o'z navbatida kasallikning surunkali bosqichga o'tishiga sabab bo'ladi.Bu quyilgan o't suyuqligidan toshlar paydo bo'lishiga moyilligi, chiqaruvchi yo'llar o'zkazuvchanligining shilliq quyqalari tufayli buzilishi, pufak oralig'iga ekssudat (yallig'lanish kelib chiqishli bo'lgan suyuqlik)ajralishi hisobiga, pufak ichidagi bosimning ko'tarilib, mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun ijobiy muhit yaratilishi bilan izohlanadi.

Xolesistitning rivojlanishiga nima sabab bo'ladi

Moyillashtiruvchi omillarga quyidagilar kiradi:

  • O't pufagining, noodatiy shakli, ichki to'siqlari borligi, bo’ynining qiyshiqligi,ko'rinishidagi anatomik o'ziga xos yakka tartibdagi xususiyatlari.
  • O't chiqarish tizimi faoliyatining funksional buzilishi (o't chiqarish yo'llarining diskenziyasi). Ularning rivojlanishiga siqilish holatlari, nevrotik ta'sirlanishlar, ko'p ovqat yeb qo’yish, kam jismoniy faollik moyillik qiladi.Ayollarda, gormonal holat buzilishi va homiladorlik paytida,ko'pincha ichki a'zolarning motorik faolligi sezilarli darajada pasayadi, bu miqdori ko'paygan gormon- progesteronning ta'siri bilan izohlanadi.
  • Ovqatlanishdagi xatoliklar:qovurilgan va haddan tashqari yog’li taomlarni iste'mol qilish, yaqqol ko'p ovqat yeb qo'yish holatlari.Ko'p yog' kelib tushishiga javoban,o't pufagini cho’zadigan va unda turib qoladigan, ko'p miqdorda o't suyuqligi ajratib chiqariladi.
  • Pankreatit (oshqozonosti bezining yallig'lanishi) mavjudligi. O't chiqaradigan va pankreatik yo'llar ko'p hollarda bir yo'ldan chiqib ketadi,bir xil holatlarda esa so'ngi sohasida bir-biriga qo'shilib ham ketadi. Pankreatitda ko'pincha bu sohada shish paydo bo'ladi,bu esa o't suyuqligi oqimini buzadi va o't yo'llariga faollashtirilgan pankreatit fermentlarini tashlashga sharoit yaratadi.Shu sababli, ko'p bemorlarda bir vaqtda xolesistit va pankreatit aniqlanadi.
  • Tanqis ovqatlanish, ovqat tabiiy yo'l bilan kelib tushishiga to'sqinliq qiluvchi,vazn yo'qotish uchun mo'lljalangan,kun davomida ovqatlanish muvozanati yetishmovchiligi bo'lgan parhezlar.Hazm qilish tizimiga etarli darajada ozuqaviy moddalar (ayniqsa yog'lar) kelib tushmasa,o't chiqarsh yo'llarining devorlari qisqarishini rag'batlantiruvchi,xolesistokinin juda kam ishlab chiqariladi.Agar bu holat muntazam qaytarilsa, o't suyuqligining turib qolishi va quyuqlashishi bilan namoyon bo'ladigan, o't pufagi gipotoniyasi rivojlanadi.
  • O't pufaginin tashqaridan bosilishi, uning qisqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday holat, meteorizm, muntazam ko'p ovqat yeb qo'yish, homiladorlik, qorin bo'shlig'i va qorin bo'shlig'i ortidagi shishlarida, turli xil o'pka kasalliklari natijasida yuqori ko'krak ichki bosimida bo'lishi mumkin.

Moddalar almashinuvining buzilishi, semizlik, turli xil suvsizlanish natijasida o't suyuqligining quyuqlashishi ham aniq bir ahamiyatga ega.

Xolesistitning turlari

Davomiyligi bo'yicha xolesistit, o'tkir va surunkali bo'ladi.Agar bemorda kasallikning belgilari 3 oy va undan ortiq kuzatilsa,surunkali bosiqichga o'tuvchi uzoq davom etishi,deb yuritiladi.Bu holatda, bemorda ko'p shikoyatlar bo'lmasligi mumkin,lekin o't pufagi devorlari va pufak atrofidagi to'qimalarning tekshiruv natijalariga ko'ra, yallig'lanish belgilari aniqlanadi.

Patologik jarayoniga ko'ra xolesistit quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi:

  • Kalkulezli (o't pufagi oralig'ida turli o'lcham va miqdordagi toshlar borligi) va kalkulezsiz (toshlarsiz).Toshlar aniqlanganda, KXT-10 bo'yicha K 80 xos raqamini ishlatib,o't tosh kasalligi(O'TK)tashxisi qo'yiladi.
  • Kataral,yiringli (flegmonali, qorasonli), nekrotik.
  • Og'irlashgan yoki og'irlashmagan, o't pufagining teshilishili va teshilishisiz.O'tkir xolesistit – bu har doim yaqqol alomatlar bilan ta'svirlangan xurujdir.

Surunkali xolesistit esa,qanday kechishiga ko'ra quyidagi shakllarga bo'linadi:

  • Latent yoki yashiringan,bu kasallikning deyarli alomatsiz turi,ko'p hollarda surunkali xolesistit shakllanishing eng erta vaqtida qayd etiladi.
  • Qaytalanuvchi,bu turiga xolesistit alomatlarinig yo'qolishi va o'tkirlashishi davrlarining navbatlashuvi xosdir.
  • Tinimsiz kechuvchi(to'lqinlanuvchi, bir xil tarzdagi),alomatlar bir yoki boshqa ko'rinishda, deyari muntazam ravishda bor bo'lsa.

Xolesistit qanday namoyon bo'ladi

O'tkir xolesistit xuruji yoki surunkali kasalning zo'rayishi ko'p hollarda, yog'li,qovurilgan,o'tkir ta'mli, marinadlangan mahsulotlarni iste'mol qilish, ko'p ovqat eb qo'yish, alkolgol qabul qilish natijasida paydo bo'ladi.Odatda birinchi o'tkir alomatlar, ovqatlanishdagi xatolar sodir bo'lgandan keyin, 2-3 soat ichida paydo bo'ladi.

Odatiy xolesistit xurujiga quyidagilar kiradi:

  • Og'riq. Katta yoshdagi odamlardagi xolesistitdagi og'riq ko'pincha,o'ng qovurg'aosti sohasida seziladi,o'ng biqinga,chap kurakcha tagiga va belning chap qismiga tarqalishish mumkin.Og'riq shunday shiddatli bo'ladiki,bemor og'riqsiz tananing holatini egallab,harakatlarini juda chegaralashga majbur bo'ladi.Bunday holatdarda,o't pufagi yoki jigar sanchiqlari rivojlanishi haqida gap ketadi.Lekin xolesistitdagi og'riq bunchalik kuchli bo'lmasligi ham mumkin,uni ko'p hollarda o'ng biqindagi og'riq,qisilib-tortilish, shishib ketish hislari bilan izohlashadi.
  • Dispepsiya (oshqozon-ichak yo'lining yuqori qismida hazm qilish buzilishinig belgilari).Ko'pincha ko'ngil aynishi,qaytalovchi kam miqdordagi va holatni yengillashtirmaydigan qayt qilish,oshqozonning tepa qismida shishganlik hissi,og'iz quruqligi,bo'sh(ovqatsiz) nordon-achchiq mazali o'qchish paydo bo'ladi. Ishtaha pasayadi,ta'm sezish hissi o'zgaradi.
  • Tana haroratining ko'tarilishi.Odatda u 37-38°C atrofida bo'ladi, uning ko'tarilishi og'irlanishlar qo'shilgani,yallig'lanish jarayoni yiringlashga o'tganidan dalolat beradi. Lekin tana haroratining ko'tarilganligi har doim ham o'tkir xolesistitning belgisi bo'lmaydi,bu og'riq va yallig'lanishiga nisbatan hartomonlama ta'sirlanishdir.

Xolesistitning og'ir kechayotgan xuruji,ko'p hollarda yurak urishining tezlashishi,panja va oyoq yuzining sovushi,yopishqoq ter paydo bo'lishi va ifodalangan og'riq sindromiga ta'sir bo'lgan boshqa vegetativ ta'sirlanishlar bilan birga keladi.Ko'p bemorlarda,qisqa vaqt ichida ovqat hazm qilish buzilishi va chap qovurg'aostidagi og'riqlar bilan bo'lgan, pankreatit belgilari qo'shiladi,ichakning harakatlanish faolligi pasayadi.

Surunkali xolesistitda,bemor xurujlar orasida hech qanday noqulaylik sezmasligi,yoki bir xil paytlarda,ovqat qabul qilishdagi xatoliklardan keyin 1-3 soat o'tib,o'ng biqin yoki o’ng qovurg'aostida og'irlik sezishi mumkin.O't pufagida toshlar mavjud bo'lsa,og'riqlar shiddatli jismoniy yuklamalardan keyin paydo bo'lishi mumkin,ayniqsa yugurish va sakrashdan keyin.

 

Xolesistit xavflimi: ehtimoliy og'irlanishlar

Xolesistitning ehtimoliy og'irlanishlariga quyidagilar kiradi:

  • Qonga jigarosti sariq kasalining rivojlanishi bilan,ko'p miqdordagi bilirubin so'rilishiga olib keluvchi, umumiy o't pufagi yo'li oralig'ining o't pufagidan chiqqan tosh(kalkulez xolesistitda) yoki shilliq quyqasi bilan to'silib qolishi.
  • Yig'ilib qolgan o't suyuqligining,o't pufagining empiemasi(yiringlashi) shakllanishiga olib keluvchi,yiringlashi.
  • O't pufagi devorining nekrozi (to'qimalarining o'lishi) yoki yiringli erishi.Uning ichidagi moddalarning qorin bo'shlig'iga chiqishi,bo'shlig'da xavfli o't suyuqligi yallig'lanishiga olib kelishi mumkin.
  • Perixolesistit deb ataluvchi,pufak atrofidagi to'qimalarning yallig'lanishga qo'shilishi. Keyinchalik,o't pufagi devori va atrofdagi a'zolar orasida jipsliklar shakllanishiga olib keladi,bu o'z navbatida pufak motorikasini yanada sekinlashtiradi va o't suyuqligini chiqarishni murakkablashtiradi.
  • O't pufagida teshiklarning hosil bo'lishi- o't pufagidan,oshqozon,ichakning to'rli bo'limlari,qorin bo'shlig'i,o't chiqish yo'llari va hattoki oldingi qorin devoriga,turli xil g'ayritabiy yo'llarning ochilishi.

Bir xil holatlarda,xolesistit o't pufagining asta-sekin burishishi,kichiklashishi,qoplanib ketishiga olib kelishi mumkin.Bu holda,o't pufagini jarrohlik yo'li bilan olib tashlaganday postxolitsistektomik sindromi holati shakllanadi.

Aniqlash

Shifokor tomonidan ko'rik davomida aniqlanadigan,obyektiv belgilar:

  • O't pufagi nuqtasidagi keskin mahalliy og'riq.
  • O'ng qovurg'a aylanasining chetini taqillatib ko'rganda og'riqning kuchayishi.
  • Bo’yinda,ko'krak-o'mrov uchburchagi mushagining oyoqchalari orasida og'riq nuqtasining borligi (frenikus-alomati va Myussi-Georgiyevskiy alomati).
  • Chuqur paypaslash yo’li bilan aniqlanadigan,o't pufagining o'zgarishalari (zichlashishi,hajmining kattalashishi, ifodalangan og'riqlilik va qo'zg'aluvchanligining pasayishi).Lekin,ifodalangan og'riq holatida, shifokor har doim ham jigar sohasini to'liq paypaslash imkoniyatiga ega bo'lmaydi.

Bundan tashqari tilning quruqligi va qoplanganligi,ichak faolligining beixtiyor pasayishi natijasida,qorin tepa qismining mo'tadil shishishi qayd etiladi.Yallig'lanish o't pufagidan atrofdagi to'qimalarga o'tganda, odatda qorin pardasining chap qovurg'aostida ta'sirlanish belgilari paydo bo'ladi.Yiringli-nekrotik jarayonda esa,o'sib boruvchi intoksikatsiya belgilari qo'shiladi,umumiy ahvol sezilarli darajada yomonlashadi,qorindagi og'riqlar yoyilgan tabiatli bo'la boshlaydi.

Laborator-asbobli aniqlash ishlari xolesistit bilan og'rish holatida,yallig'lanishning tabiati va ifodalanishini,toshlar va og'irlanishlarning bor yoki yo'qligini aniqlash.

Tekshiruv quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Yallig'lanishdan ta'sirlanish belgilarini aniqlovchi,umumiy qon tahlili(EChT ko'tarilishi,leykoformulada ularning o'zak-tayoqchali shakllarining ko'payishi bilan,oqqon tanachalari sonining oshishi).
  • Qonning biokimyoviy tekshiruvi. Xolesistitda bilirubin miqdorining uning to'g'ri(oqsil bilan bog'liq bo'lgan) guruhlanishiga bog'liq ko'payishini aniqlash mumkin,jigar namunalarini faollashtirish (AlAT va AsAT), jigarosti mexanik sariq kasalining rivojlanishi bilan,o't suyuqligining butun o't chiqarish tizimida turib qolganidan dalolat beruvchi,ishqor fosfatazasi darajasining ko'tarilishi(IF).Amilaza miqdorining ko'payishi, jarayonga oshqozonosti bezi ham qo'shilganining belgisi bo'ladi.
  • UTT - o't pufagidagi o'zgarishlarni ko'zdan kechirish va undagi toshlarni aniqlashning eng sodda,keng tarqalgan va ko'p ishlatiladigan usulidir.
  • KT (kompyuter tomografiyasi) va MRT (magnit-rezonansli-tomografiya)- ancha aniqroq va texnik murakkabroq,qatlamlar bo'yicha rasmlarni olish va kuzatish uslubi bilan.
  • Xolesistografiya. O't pufagining rengten-farqlanuvchi preparatlarni vena yoki oral (og'iz) orqali kiritib,rentgenda tekshirish.
  • Bakteriologik va biokimyoviy tekshirish uchun,12-barmoqli ichakni guruhli zondlab, o't pufagi suyuqligining bir qismini olish.
  • O't suyuqligining ishlab chiqarilishi, to'planishi va chiqib ketish jarayonini kuzatish imkoniyatini beruvchi, gepatobilir sintigrafiya. Har qaysi davolash muassasasida kerakli qimmat uskunalar bo'lmagani sababli, juda kam qo'llaniladi.

Aynan shu o'tkazilgan tekshiruv natijalari, shifokorga xoletsistitni davolashning maqbul rejasini tanlashga imkon beradi.

Davolash tamoyillari

Xolesistitni davolash tartibi, yallig'lanish tabiati va ifodalanganligi,murakkab va jarrohlik aralashuvini talab etuvchi og'irlanishlarni bo'r-yo'qligiga qarab belgilanadi. Operatsiya shoshilinch yoki rejalashtirilgan tartibda, datiy va organizmga kam kirib borish usullari(masalan, endoskopik) bilan amalga oshirilishi mumkin.

Og'riq yengil ifodalangan,bemorning umumiy holati yaxshi bo'lsa va yiringlash belgilari kuzatilmasa,davolash ambulator tarzda amalga oshirilishi mumkin.Tarqalgan og'riq, ko’payib borayotgan intoksikatsiya va bir necha soat davomida his qilinayotgan jigar sanchiqlari esa- jarrohlik shifoxonasiga zudlik yetkazish uchun sabab bo'la oladi.Boshqa holatlarda shifoxonada davolanishning qanchalik zarurligi haqida qaror, bemorning o'zi tomonidan qabul qilinadi.

O'tkir xolesistitnig odatiy davolash rejasiga quydigilar kiradi:

  • Davolovchi parhez (stol №5a va keyin №5), ifodalangan jigar sanchiqlari bo'lgan holatda boshidagi 1-3 kunlarda ochlik,tavsiya etilishi mumkin.
  • O't pufagi bo'ynidagi sfinkterning faolligini pasaytirish va o't suyuqligi oqib ketishini yengillashtirish uchun,spazmolitik preparatlar.
  • Yallig'lanishning infeksion omilini yo'qotish uchun,bakteriyalarga qarshi vositalar.
  • Og'riq, to'qimalarning kerkkanligi va yallig'lanishni kamaytirish uchun nosteroid, yallig'lanishga qarshi preparatlar. Ular isitma tushiruvchi ta'sir ham ko'rsatadi.
  • Oshqozon va ichak motorikasini tartiblashtirib,qayt qilishga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi preparat-prokinetiklar.
  • Ifodalangan og'riq paytida alomatli davolash sifatida,giyohvand moddalarsiz og'riqsizlantiruvchi vositalar.
  • Ferment yetishmovchiligida o'rin to'ldirish,ozuqaviy moddalarni hazm qilish va o'zlashtirishni yaxshilash,oshqozonosti beziga bo'lgan funksional yuklamani kamaytirish uchun fermentli preparatlar.Bu maqsadda,xolesistit bilan og'riganda yuqori xavfsizlik profili va tabiiy kelib chiqishga ega bo'lgan Mikrazim tayinlanadi.Uning tarkibiga, buzilgan o't ishlab chiqarish sharoitida yog'larning o'zlashtirilishini yengillashtirib, xolesistit bilan birga keladigan ichak buzilishlarining ifodalanganligini kamaytiruvchi,lipaza fermenti kiradi.
  • Fizioterapiyaning ba'zi turlari,lekin surunkali kalkulez xolesistit zo'rayganda bunday muolajalar juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.

O'tkir xolesistitning alomatlari to'xtatilgandan keyin ham parhezni davom ettirish,ferment preparatlarni qabul qilishni to'xtatmaslik,spazmolitik davolash kursini oxiriga yetkazish maslahat beriladi.Shifokorning qaroriga ko'ra o't haydovchi vositalar,suyuqlik ishlab chiqarilishini kuchaytiruvchi(xoleretiklar) yoki ajralib chiqishiga yordam beruvchi (xolekinetik yoki xolagoga) vositalar tayinlanishi mumkin.

O'tkir xolesistitning zo’rayishdan keyingi, davolashning asosi-parhez,ovqatlanishdagi xatoliklar va hazm qilish buzilishi belgilari paydo bo'lganda,ferment preparatlarni qabul qilish,mineral suvlar va boshqa suvli davolash usullarini qo'llash. O't pufagida toshlar bo'lgan holatda,pufakni butunlay olib tashlash yoki faqat uning oralig'idagi toshlarni,asbobli litotripsiya (toshlarning teginishsiz maydalanishi) yordamida olib tashlash haqida qaror qabul qilinadi. Bir xil holatlarda,litolitik davolash yordamida,o't toshlarini asta-sekin yo'qotish samarali bo'ladi.

Profilaktika

Xolesistitning profilaktikasi,qo'zg'atuvchi omillardan saqlanish,o'tkir va surunkali infeksiya o'choqlarini o'z vaqtida davolash, pankreatitni to'g'ri davolashni o'z ichiga oladi.O't pufagida suyuqlik turib qolishi va toshlar paydo bo'lishi xavfi yuqori bo'lsa, muntazam UT-nazorat va profilaktik choralarnig shaxsiy to'plamini aniqlashtirib olish maslahat beriladi. Ko'p hollarda,davolash o'z vaqtida va to'g'ri amalga oshirilsa,xolesistit xurujini odatiy usullar bidan to'xtatsa bo'ladi.Keyinchalik, kasallik qaytalashining oldini olish va jarayon surunkali yoki og'irlashgan shaklga o'tib ketmasligi profilaktikasi uchun,shifokor maslahatlariga amal qilish kerak.

Muhim: qo'llashdan oldin yo'riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish