Mikrazim / Bu qiziq / Fermentlar tarixi. Ferment preparatlar avlodi

Fermentlar tarixi. Ferment preparatlar avlodi

Fermentlar va alkimyo?

“Fermentatsiya” so‘zi uzoq tarixga ega. O‘rta asrlarda bu so‘z - vino  yoki xamirni achitish bo‘ladimi, sirli-sinoatli jarayon deya tushunilgan. Alkimyogarlar yillar davomida o‘sha sehrli “fermentlarni” kashf etishga uringan. O‘sha davr tushunchasiga ko‘ra “fermentlar” inson aralashuvisiz kimyoviy jarayonlar sodir etgan. Biroq fermentlar haqidagi bilim kichik bo‘laklar va fragmentlar tarzida shakllangan...

Fermentlar tarixi

17 asr o‘rtalarida gollandiyalik olim, anatom va kimyogar Frantsisk Silviy inson oshqozonosti bezining o‘ziga xos shira ajratib chiqarishi va uning ovqat bilan aralashib ketishini isbotladi. Shunday qilib inson organizmida fermentlarning roli va o‘rni haqidagi bahslarga nuqta qo‘yildi. 19 asr esa yana bir qancha kashfiyotlarga boy bo‘ldi. 

  • Lui Paster, vinoning achish jarayonini o‘rganish asnosida, xamirturush tarkibidagi qandaydir “hayotiy kuch”ning mazkur jarayonga asosiy sabab, degan xulosaga keldi.
  • Oshqozonosti bezi shirasining (pankreatik shira) achitish reaktsiyasini hosil qilishi va ko‘plab miqdorda oqsilga ekani isbotlandi.
  • So‘lakdan farqli, oshqozonosti bezi shirasining uglevodlar, oqsil va yog‘larni parchalash xususiyati bilan ajralib turishi borasida gipotezalar ilgari suriladi. Ayniqsa, qiyin parchalanadigan yog‘larga nisbatan bu muhim. Steatoriya (yog‘larning so‘rilmasligi) – oshqozonosti bezining bevosita xastalangani alomati ekani haqida xulosaga kelindi. Mazkur organsiz organizm yog‘larni hazm qila olmaydi. Klod Bernard oshqozonosti shirasidan ovqat hazm qilish substantsiyasini ajratishga muvaffaq bo‘ldi va uni pankreatin deb atadi.
  • E. Buxner to‘qimasiz fermentatsiya kashfiyoti uchun Nobel mukfotiga sazovor bo‘ldi.
  • Ilk bora yuqori tozalikda kristall ko‘rinishidagi ferment (ureza) ajratib olindi. Keyingi o‘n yillik orasida yana bir qancha fermentlar ajratildi.
  • Buzoq oshqozonosti bezi fermenti qantli diabetni davolash uchun ilk bor sinab ko‘rildi. Davo natijasida bemor oganizmi yog‘ va oqsillarni yaxshiroq hazm qila boshladi.
  • Aleksandr Yakovlevich Danilevskiy pankreatin fermenti yakka o‘zi yog‘lar, oqsil va uglevodlarni bir vaqtda parchalay olmaydi, degan taxminni ilgari surdi. Pankretik shira esa har uchalasini ham parchalaydi. Shunday qilib uch xil fermentlar borligi haqida taxmin yuzaga keldi.
  • Pankreatin yordamida oshqozonosti bezini muvaffaqiyatli davolaganlik to‘g‘risida ma’ulmot paydo bo‘ldi.
  • Va nihoyat fermentli preparatni tabletka ko‘rinishida ishlab chiqarish uchun birinchi patent olindi.

Fermentlar avlodi

19 asr oxirida oshqozon shirasi ta’sirida pankreatin faolligini sezilarli darajada yo‘qotishi aniqlandi. Buning oldini olish uchun pankreatinni maxsus tanin materialidan tayyorlangan qobiqda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va unga Pankreon nomi berildi. Vaqtlar o‘tib qobiq mukammalashdi. Uni uni oshqozon shirasiga yanada chidamliroq bo‘lishiga erishildi. Nihoyat ichakda eriydigan qobiq yaratilib, fermentlarning ikkinchi avlodi yaratildi.

Ma’lum muddat o‘tib, preparat zarrachalarining o‘lchami muhim ahamiyatga ega ekani isbotlandi. Kichik zarralar oshqozonda maydalangan ovqat bilan o‘nikki barmoqli ichakka tushish imkonini beradi. Oshqozon shirasiga aralashib, maydalangan ovqat bilan o‘ta kichik, 1,5 mm diametrli zarrachalargina ichakka sirg‘alib o‘ta olar ekan. Bundan tashqari, granulalar qanchalik kichik bo‘lsada, o‘zida saqlovchi fermentlarni ichakda shunchalik tezroq faollashishini ta’minlashi zarur edi.  1963 yili fermentlar yana bir bor modernizatsiyadan o‘tdi. Endi qobiqsiz granulalar ishlab chiqarila boshlandi.

Shunday qilib, ferment preparatlarining uchinchi avlodi “voyaga ” yetdi.

1983 yili mikrosferalar  qobiqqa – kapsulaga “qamaldi” (fermentlarni oshqozon shirasidan himoyalash).

Biroq, ishlanmalar bir yerda qotib qolgan emas. 1,0-1,2 mm diametrli minimikrosferalar  1,9-2,0 mm diametrlisidan chorak karra samarali ekani aniqlandi. 1993 yili pankreatinni  minimikrosfera ko‘rinishida ishlab chiqarishga patent olindi (ferment preparatlarining to‘rtinchi avlodi). Minimikrosferalar taxminan 1,2 mm diametrga ega bo‘lib, aynan mana shu o‘lchamda ular ideal darajada samaraliroq ekan. Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu o‘lchamdagi fermentlar optimal hisoblanadi. Mazkur texnologiya Mikrazim preparati ishlab chiqarishda qo‘llanadi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish