Mikrazim / Bu qiziq / Qorindagi noxush holatlarning asosiy sabablari. Fermentlar nima uchun kerak?

Qorindagi noxush holatlarning asosiy sabablari. Fermentlar nima uchun kerak?

Ovqatdan keyin qorinda paydo bo‘ladigan og‘irlikni ko‘pchilik boshidan o‘tkazgan. Aksariyat kishilar oshqozon og‘rig‘ini noto‘g‘ri ovqatlanish yoki sifatsiz mahsulotga bog‘liq deb hisoblaydi. Ammo damlash, qorin quldirashi, meteorizm, ba’zi hollarda ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi boshqa turli sabablar hosilasi bo‘lishi mumkin.

- Haddan ziyod ko‘p egulik. Ko‘proq taom eb qo‘yilganda ovqat hazm qilish tizimining iste’mol qilinayotgan mahsulotlarni to‘liq va to‘g‘ri hazm qilish qobiliyati susayadi. Shuningdek, ovqatlanish mahali ko‘p miqdorda suyuqlikning ichilishi ham hazmni sekinlashtirishi yoki buzib qo‘yishi mumkin. Bu paytda hazm qilish jarayoniga mas’ul moddalar aralashuvi (sho‘r kislota, hazm qilish fermentlari, safro) sodir bo‘ladi. Bular o‘z navbatida ular ta’sirini susaytirib, ovqat hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

- Ovqatni kech iste’mol qilish. Oqshomga borib hazm qilish jarayoni nisbatan sekinlashadi va tunda  hazm jarayoni qariyb butunlay  to‘xtaydi. Demak, kech iste’mol qilingan taom  hazm jarayonini buzadi.

- Stress. Stress holatining hazm jarayoniga salbiy ta’sir qilishi isbotlangan.

- Oshqozon shirasining past kislotaviyligi yoki ovqat hazm qilish fermentlarining yetishmovchiligi. Ba’zi kishilarda ovqat hazm qilish fermentlarining etarli miqdorda ishlab chiqarilmasligi kuzatiladi va bu hazm jarayoni samaradorligini pasaytiradi.

Fermentlar qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Fermentlar — barcha hayvonlar va o‘simlik mahsulotlarida mavjud oqsil moddalaridir. Fermentlar bo‘lmaganida, mahsulotlarning chirish jarayoni anchayin mushkulliklarga duch kelgan bo‘lardi.

Fermentlarning ta’siri reaktsiyada ishtirok etuvchi modda (substrat) bilan birikishi va uni boshqa moddaga aylantirish ko‘rinishida yuz beradi. Ichakka so‘rilishga tayyor bo‘lmagan egulik tushganda u shilliq pardani qabartirib, achish yoki chirish jarayoni sodir bo‘la boshlaydi va ichak florasi buziladi. O‘zaro bog‘liq bo‘lgani sababli, ovqat hazm qilish tizim balansi ham buziladi. Ovqat bilan birga tushadigan fermentlar miqdori etmasa, ovqat hazm qilish jarayonini normallashtirish uchun qo‘shimcha ferment manbaini qo‘llash lozim.

Organizmga qanday fermentlar zarur?

Inson uchun zarur uch guruh fermentlar mavjud:

  •     proteazalar (oqsillarni parchalovchi moddalar);
  •     lipazalar (yog‘larni parchalovchi);
  •     amilazalar (uglevodlarni parchalovchi).

Ferment yetishmovchiligi oshqozonga tushgan egulikning to‘liq hazm bo‘lmasligini keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida ovqat hazm qilish organlari xastaliklariga sabab bo‘ladi (oshqozon, oshqozonosti bezi, jigar, o‘tpufagi). Ferment yetishmovchiligining dastlabki belgilari sifatida jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, ovqatlangandan keyingi qorindagi og‘irlik va og‘riqlarni aytish mumkin. Ferment yetishmovchiligini tashqi alomatlar oqali ham aniqlasa bo‘ladi: terining nosog‘lom ko‘rinishi, rangsiz va jonsiz sochlar, tirnoqlarning “gullashi”.

Organizmning ferment ishlab chiqarish jarayoni buzilishiga turli holatlar sabab bo‘lishi mumkin. Ammo asosiysi - noto‘g‘ri va me’yorsiz ovqatlanishdir. Haddan ziyod, bo‘kib taom eyish juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Axir organizm beto‘xtov va tinimsiz ferment ishlab chiqara olmaydi-ku! Shuning uchun ham ovqatlanish jarayoni, mahsulotlar tanlash hamda organizmning bor quvvat bilan ishlashiga jiddiy e’tibor bilan qarash kerak. Organizmning zo‘riqib qolmasligini o‘ylasangiz, uning faoliyatiga ferment saqlovchi zamonaviy preparatlar bilan ko‘mak bering. Ana shunday samarali vositalardan biri Mikrazim hisoblanadi.

Mikrazim – ovqat hazm qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi zamonaviy preparatdir.

Pankreatin – faol moddasi ovqat hazm qiluvchi turli fermentlar (lipaza, proteaza, amilaza) aralashmasi tufayli uglevod, oqsillar va yog‘larning so‘rilish jarayonini yaxshilaydi. Mikrazim tarkibidagi fermentlar ovqatni oshqozonga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasdan ichakdan o‘tish mahali parchalaydi. Bunga oshqozon shirasiga bardoshli pankreatin granulalari tufayli erishiladi. Kapsulalar oshqozonda eriydi, fermentlar esa bevosita ichakda ovqatning hazm bo‘lishini ta’minlab “ish boshlaydi” va yengillik baxsh etadi.

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish