Mikrazim / Bu qiziq / Pankreatit

Pankreatit

Patoligiyasi tavsifi

  1. Patoligiyasi tavsifi
  2. Klassifikatsiya va turlari
  3. Sabablari
  4. Alomatlari
  5. Asoratlari
  6. Tashxis
  7. Davolash
  8. Profilaktika

Oshqozonosti bezi oshqozonning ortqa tarafida joylashgan bo‘lib, o‘nikki barmoqli ichakka ulangan. Pankreatit – mazkur organ to‘qimalarining yallig‘lanish jarayonida yuzaga keladigan xastalik hisoblanadi.

Patoligiyasi tavsifi

Pankreatit

Oshoqozonosti bezi ikki vazifani bajaradi:

  • O‘nikki barmoqli ichakka tushib, oqsil va yog‘larni parchalashda faol ishtirok ishtirok etuvchi hazm qilish fermentlarini ishlab chiqarish;
  • Gormonlar sekretsiyasi – qonga qo‘shiladigan va glyukoza miqdorini me’yorlashtiruvchi insulin va glyukagon.

Nimadir sababli pankretik oqim buzilsa, bosim ortadi va bez hujayralari zararlana boshlaydi. Pankreatitning o‘tkir formasida to‘qimalarning “o‘zini o‘zi hazm qilish” mexanizmi ishga tushadi. Surunkali yallig‘lanish oqibatida hazm qiluvchi fermentlar etishmovchiligi yuzaga keladi. Fermentlar o‘rnini oshqozonosti bezi hujayralarining egallashi uning tashqi sekretor funktsiyasini buzish bilan birga, gormonlar ishlab chiqish vazifasini ham o‘zgartirib yuboradi.

Klassifikatsiya va turlari

Pankreatitning turli alomatlariga ko‘ra bir qancha klassifikatsiyalari ajratilgan.

Xalqaro klassifikatsiyaga ko‘ra kasallik:

  • O‘tkir pankreatit (kod MKB-10 K85);
  • Alkogol asosli surunkali pankreatit (kod MKB-10 K86.0);
  • Boshqa surunkali pankreatitlar (kod MKB-10 K86.1)ga ajratiladi.

O‘tkir pankreatit variantlari:

  • Bez faoliyatining tezda buzilishi bilan kechuvchi shishli;
  • Nekrotik (pankreonekroz) – ancha og‘ir shakli bo‘lib, shaxsiy fermentlari ta’sirida organ to‘qimalarining emirilishi bilan kechadi.

Oshqozonosti bezi yallig‘lanishining surunkali turlari:

Mehribon Sabablari Xususiyatlari
Ohaklanuvchan (kalsiylashuvchi) Alkogol iste’moli Pankreatik oqim yo‘lining sezilar-sezilmas zararlanishi ham ularda tiqin hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin va oqibatda ohaklanish jarayoni boshlanadi.
Obstruktiv O‘t-tosh kasalliklari, chandiqli deformatsiya Yirik oqim yo‘li ezilganida vujudga keladi; hujayralar ichki bosim ko‘tarilishi oqibatida ikkilamchi zararlanadi.
Parenximatoz-fibrozli Autoimmun jarayon, qaytalanuvchan yallig‘lanish Kamroq uchraydi, bez hujayralarining zararlanishi bilan kechadi.

Surunkali pankreatit alomatlarsiz kechishi mumkin, biroq qaytalanish va zo‘rayish bilan o‘tadi. Qaytalanish mahali bemor shikoyat qilmasligi ham mumkin. Surunkali yallig‘lanish jarayoni kasallik alomatlarining yuzaga chiqishi bilan ro‘y beradi.

Sabablari

Kasallik quyidagi omillar oqibatida yuzaga chiqadi:

  • Pankreatitning 60 foiz sababi – alkogol iste’moli; biroq kasallik 5-7 foiz ichuvchi kishilarda rivojlanadi va bunga asosiy sabab, irsiy moyillik hisoblanadi;
  • O‘t-tosh kasalliklari, o‘t dimlanishi bilan kechuvchi surunkali xoletsistit va boshqalar;
  • 12 barmoqli ichakning chandiqli deformatsiyasi, bezdagi Faterov o‘smasi, ya’ni pankreatik suyuqlikning ichaklarga chiqishidagi mexanik to‘siq;
  • mukovistsidoz – bezlar faolligi sekretor faolligining genetik xastaligi, nafas yo‘llarining zararlanishi bilan kechadi;
  • lipid almashinuvining buzilishi, o‘tkir yallig‘lanishning qaytalanuvchi epizodlari bilan kechuvchi;
  • autoimmun kasalliklar (oshqozonosti bezining birlamchi zararlanishi, Shegren sindromi, birlamchi biliar tsirroz, sklerozli xolangit);
  • ba’zi dorilar – azatioprin, furosemid, tetratsiklinlar, ekstrogen preparatlar, prednizolon, metronidazol va boshqalar.

Bolalarda pankreatit o‘t chiqarish yo‘llari va oshqozonosti bezi patologiyasiga bog‘liq. Bu tug‘ma yoki orttitilgan (opistorxoz) bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda bolalarda bu kasallikka qoringa berilgan og‘ir zarba sabab bo‘ladi. Shuningdek, turli infeksiyalar - gerpes, mononukleoz, parotit, salьmonellyoz kabilar ham sabab bo‘ladi.

Alomatlari

Pankreatitning asosiy belgisi – qorin sohasining yuqori bo‘lmasida turli muddatli og‘riq. Og‘riq to‘satdan yoki sekin-asta boshlanishi mumkin. Odatda og‘riq alkogol iste’moli yoki taom eyilganidan sal o‘tmay boshlanadi.

Alomatlari

Oshqozonosti bezining o‘tkir yallig‘lanishi belgilari:

  • Qorin sohasi yuqori bo‘lmasida to‘satdan paydo bo‘lib, bel, kuraklar o‘rtasiga qadar o‘tib turadigan og‘riq;
  • Qattiq ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
  • Ovqatdan so‘ng og‘riqning kuchayishi;
  • Paypaslab ko‘rilganda qorin sohasidagi yuqori sezuvchanlik;
  • Qaltirash, varaja, umumiy holatning yomonlashuvi, darmonsizlik.

Surunkali pankreatit alomatlari:

  • Qori sohasi yuqori bo‘lmasida o‘xtin-o‘xtin paydo bo‘ladigan og‘riq, og‘riq ovqat qabul qilinganidan 2-6 soat o‘tib kuchayadi; alkogol ichilganidan keyin og‘riq 2-3 kun o‘tib kuchayishi mumkin;
  • Tana vaznining doimiy pasayib borishi, og‘riq qo‘rquvi tufayli bemor kamroq ovqat eya boshlaydi, keyin esa ozuqa moddalarining yomon hazm qilinishi bunga sabab bo‘ladi;
  • Axlat yog‘li ko‘rinishda, yoqimsiz hidli, hazm bo‘lmagan oqsil va yog‘lar aralashmali bo‘ladi.

Oshqozonosti bezining 80 foizi zararlanganidan keyin esa ikkilamchi qant kasalligi rivojlanadi.

Asoratlari

Pankreatit quyidagi asoratlar bilan kechadi:

  • O‘ng bel sohasida og‘riq paydo bo‘lishi bilan o‘t dimlanishi, ko‘ngil aynishi, og‘izda achqimtir ta’m, o‘t pufagida toshlar paydo bo‘lishi;
  • Infeksion kasalliklar  – o‘t yo‘llarining yiringli yallig‘lanishi, peritonit, sepsis;
  • Oshqozonosti bezida yirik chandiqlar;
  • Qizilo‘ngach zararlanishi oqibatida qon ketishi, oshqozon yoki 12 barmoqli ichak yarasi;
  • Jigar va taloq venalarida tromboz;
  • plevrit – o‘pka atrofida suv yig‘ilishi, astsit – qorin bo‘shlig‘ining osilishi;
  • 12 barmoqli ichak o‘tish  yo‘lining siqilishi yoki o‘tkazuvchanligining yomonlashuvi;
  • Gipoglikemik kriz – glyukagon etishmovchiligi oqibatida qattiq darmonsizlik, mushaklar titrashi, yurakning tez urib qolishi, hushni yo‘qotish;
  • Oshoqozonosti bezi saratoni.

Tashxis

«Pankreatit» tashxisida shikoyatlar tahlili, kasallik tarixi, shifokor ko‘rigidan tashqari mutaxassis laborator va instrumental tashxis usullaridan foydalanadi.

Tahlillar

Oshqozonosti bezining og‘ir yallig‘lanishida qon tahlilida nospetsifik o‘zgarishlar kuzatiladi: leykotsitlar sonining ortishi, eritrotsitlar tinish tezligi (ruscha - SOE) ko‘tarilishi. Mazkur holatlar kasallikning o‘tkir shakllari va bemorlarning uchdan bir qismida kasallik zo‘rayganda qayd etiladi. Boshqa bemorlar qon tahlilida bunday o‘zgarishlar kuzatilmaydi.

Kasalikning bosh biokimyoviy alomati – kraxmalni parchalashda asosiy rolь o‘ynovchi fermentlarning qon va peshobda ko‘p miqdorda paydo bo‘lishidir. Bu amilaza fermenti; peshob tahlilida diastaza deb ataladi. Bundan tashqari, boshqa pankreatik fermentlar: lipazalar, A2 fosfolipazlari, tripsin, elastazalar ham qayd etiladi.

Tashxis

Pankreatitning qo‘shimcha biokimyoviy alomatlari:

  • bilirubin va transaminaz miqdorining ortishi;
  • fibrinogen miqdorining o‘sishi – qon ivishning kuchayish alomati;
  • glyukoza va mochevina (siydik kislotasi) kontsentratsiyasining ortishi.

Fermentlarning qonda ortishi kasallikning o‘tkir va patologiyaning surunkali shakllarida kuzatiladi. Ko‘pgina bemorlarning tahlillari me’yoridan oshmaydi. Shuning uchun, kasalik tashxisida, ayniqsa, surunkali shaklida instrumental tadqiqotlar ko‘proq samara beradi.

Tashqi sekretor etishmovchilik, ya’ni hazm qilish fermentlari taqchilligini aniqlash uchun qo‘shimcha koprogramma – axlat tahlili qo‘llanadi. Axlatda mushak to‘qimalari, neytral yog‘lar, kraxmal donlari uchraydi.

Instrumental usullar

Pankreatitning o‘tkir shaklini aniqlashda kompyuter yoki magnito-rezonans tomografiya muhim rolь o‘ynaydi. Ular bez hujayralari zararlanishi, to‘qimalardagi shishni aniqlash imkonini beradi. Tashxis laparoskopiya usulida tasdiqlanadi.

Oshqozonosti bezining surunkali yallig‘lanishini tashxislash usullari:

  • rentgenografiya: pankreatit chiqish yo‘llarida kalsiyning kichik zarrachalari to‘planganini aniqlaydi;
  • UTT (ultratovush tadqiqoti): 70 foiz bemorlarda to‘qimalar dag‘allashuvi, notekislik, o‘lchamining o‘zgarishi, chiqish yo‘llari deformatsiyasi kuzatiladi;
  • kompyuter tomografiyasi: kasallikning soxta  o‘sma va kista shakllarida hamda zararli o‘smalarni aniqlashda yordam beradi;
  • MRT: oshqozonosti bezi fibrozi, ya’ni ulovchi to‘qimalar bilan diffuz birlashib ketish holatini aniqlashda asqotadi;
  • magnito-rezonans xolangiopankreatografiya: nurlanish nagruzkasining noinvaziv usuli bo‘lib, umumiy o‘t va pankreatit chiqish yo‘llarining aniq tasvirini aniqlash va o‘z navbatida konkrementlar (toshlar) va to‘siqlar rivojlanish jarayonini aniqlash imkonini beradi;
  • ERXPG (endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya) – 12 barmoqli ichak orqali oshqozonosti bezi chiqish yo‘llariga  endoskop va ingichka kateter kiritish; kasallikning og‘ir shakllari va saraton ehtimolida qo‘llanadi;
  • Endoskopik ultrasonografiya – UTTning endoskopiya bilan majmuaviy qo‘llash zamonaviy usuli bo‘lib, mayda toshlar va o‘smalarni aniqlashda qo‘llanadi;
  • EFGDS – qo‘shimcha reflyuks-ezofagita, yaralar, duodenitni aniqlash uchun qizilo‘ngach va 12 barmoqli ichakning endoskopik tadqiqoti;
  • angiografiya – organ tomirlariga maxsus suyuqlik yuborish orqali tadqiq qilish, odatda taloq kattalashganda portal gipertenziyani aniqlashtirish uchun qo‘llanadi.

Davolash

Oshqozonosti bezi turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi va turli usullar bilan davolashni talab etadi. Pankreatitning har bir holatida davolash ususlini belgilash uchun albatta gastroenterolog ko‘rigidan o‘tish va uning maslahatini olish talab etiladi.

Parhez

Pankreatitga yo‘liqqan har bir bemorga davolavchi ovqatlanish tartibi belgilanadi.

Kasallik zo‘raygan mahal 1-2 kunga ovqatdan tiyilish tavsiya qilinadi, keyin esa sekin-asta shirin choy, qoqnon, suyuq bo‘tqalar, quyuqroq sho‘rva, omlet eyish mumkin.

Kasallik qaytalanish mahali esa yog‘ va uglevodlar saqlovchi taomlardan voz kechish lozim. Toblangan yoki bug‘langan taomlar ma’qul. Kuniga kam-kamdan 6 mahal va taomni iliq holatda tanavvul qilish kerak.

Foydali mahsulotlar:

  • Yog‘siz go‘sht, parranda va baliq go‘shtlari;
  • Suli yormasi;
  • omlet;
  • soya mahsulotlari;
  • kartoshka.

Pankreatitda mumkin bo‘lmagan mahsulot va taomlar:

  • Qorinni damlovchilar (qora non, dukkaklilar, uzum);
  • Dag‘al kletchatkali mahsulotlar (xom sabzavotlar va mevalar, qattiq donli bo‘tqalar);
  • Hazm qiluvchi fermentlarni rag‘batlantiruvchilar (yog‘li sho‘rva va qovurmalar, ziravorlar, dudlama va sho‘r mahsulotlar).

O‘tkir pankreatitni davolash

Kasallikning o‘tkir shaklida kasalxonaga yotish tavsiya etiladi. Ko‘pgina hollarda davolash jonlantirish bo‘limida o‘tkaziladi. Bu erda intensiv infuzion terapiya (intoksikatsiyani bartaraf etish tomir orqali eritmalar yuborish) va og‘riqsizlantirish. Davolash bir necha kun davom etadi.

Xastalikning nekrotik shaklida o‘lgan to‘qimalarni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti qo‘llanadi. Og‘riqqa o‘t toshlari sabab bo‘lgan bo‘lsa, jarroh o‘t pufagini olib tashlaydi. Natijada oshqozonosti bezining yallig‘lanish jarayoni to‘xtaydi.

Surunkali pankreatitni davolash

micrazim

Terapiyada bezning fermentativ funktsiyasini bajaruvchi preparatlar qo‘llanadi. Mikrazim – pankreatin saqlovchi zamonaviy dori vositasi bo‘lib, etishmayotgan fermentlar – lipaza, amilaza, proteaza o‘rnini bosadi. Dori vositasi mikrozarrachalari oshqozonning hazm qiluvchi moddalaridan himoyalangani sababli, tezda 12 barmoqli ichakka o‘tib ketadi. Atsytish kerakki, ferment terapiyasi uzoq davom etadigan muolaja bo‘lib, organizm ozuqa moddalarini me’yorida hazm qilishga yordam beradi. Davolanish bilan birga bemor parhezga amal qilib, alkogoldan voz kechishi talab etiladi.

Pankreatit zo‘raygan mahal oshqozonosti bezi faoliyatini bostiruvchi vositalar beriladi.

Kasallikka bezning oqim yo‘li zararlanishlari sabab bo‘lsa, ularni bartaraf etish uchun jarrohliq amaliyoti qo‘llanishi mumkin.

Surunkali pankreatitda jarrohlik amaliyoti tavsiya etiladigan holatlar:

  • Doimiy, hech bir usul yordam bermayotgan og‘riqlar;
  • Soxta shish (kista) yoki o‘t yo‘lidagi endoskopik usulda yordam berib bo‘lmaydigan to‘siqlar;
  • Oshqozonosti bezi saratoni ehtimoli;
  • Doimiy qayt qilish, muntazam vazn tushishi.

Profilaktika

Kattalarda pankreatitda asosiy profilaktika – spirtli ichimliklar iste’molini cheklash. Bolalarda esa to‘g‘ri ovqatlanish, tezpishar taomlardan voz kechish, shuningdek, turli travmalardan himoyalash.

Ikkilamchi, ya’ni qaytalanishlar, zo‘rayish va asoratlar profilaktikasi:

  • Spirtli ichimliklardan voz kechish;
  • xoletsistit, o‘t-tosh kasalliklarini davolash;
  • ferment preparatlarini doimiy qabul qilish va parhezga amal qilish.

Aytilganlarga amal qilish pankreatitning og‘ir asoratlarga olib kelishi ehtimoli va hayot sifatiga salbiy ta’sirini kamaytiradi.

 

Muhim: qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor mutaxassis maslahatini oling

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish