Mikrazim / Bu qiziq / Ta’sirlangan ichak sindromi

Ta’sirlangan ichak sindromi

  1. TIS bu nima?
  2. Sabablar
  3. Симптомы
  4. Диагностика
  5. Лечение
  6. Kasallikni oldini olish va prognoz (bashoratlar)

Ta’sirlangan ichak sindromi

Bu qorinda og‘riqlar kuzatiladigan, yo‘g‘on ichakning funksional buzilishidir.Shu bilan birga ichak devorlarining tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 20-40 yoshni tashkil qiladi,ayollarda bu patologiya 2 marta ko‘proq uchraydi.

TIS bu nima?

Ta’sirlangan ichak sindromi (TIS) quyidagi turdagi og‘riqlar bilan,namoyon bo‘ladi:

  • ich kelgandan so‘ng og‘riq kamayadi
  • ich kelishi sonining o‘zgarishi bilan uyg’unlashadi;
  • suyuq ich kelishi yoki qabziyat bilan uyg’unlashadi.

Shuning uchun kasallikning xos raqami KXT (K 58) bo‘yicha ichburug‘li (K58.0) va ichburug‘siz (K58.9) TISni o‘z ichiga oladi.Dunyoda bu patologiya bilan xastalanish holatlarini uchratish darajasi 23% ni tashkil qiladi.Yiliga aholining taxminan 1% ta’sirlangan ichak sindromi bilan kasallanadi.

Ich buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan,qorindagi har qanday og‘riq ham,bu patologiyaning namoyon bo’lishi deb hisoblanmaydi. Shikoyatlar bemorni olti oydan ko‘p vaqt bezovta qilishi, hamda qorindagi «og‘riq-ich kelishi-og‘riq bosilishi» o‘zaro bog‘liqligining alomatlari, oxirgi 3 oyning har bir oyida,uch kundan kam bo‘lmagan muddat davomida kuzatilishi kerak.

Bu kasal bilan og‘rigan bemorlarning 2/3 qismidan ortig‘i,tibbiy yordam ko’rsatilishi uchun murojat qilishmaydi va muammoni o‘z kuchlari bilan hal qilishga harakat qilishadi.Bu harakatlar nafaqat surunkali ichak kasalligining kech aniqlanishiga, biroq davolanmagan TIS sharoitida hayot faoliyati sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Sabablar

Bu patologiyani rivojlantiruvchi bevosita sabablar no’malum. Lekin kasallika chalinish ehtimolini oshiruvchi,xavfli omillar mavjud:

  • 20-39 yoshdagi odamlar;
  • ayol jinsi, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki odatda ayollarda tis ichburug‘ bilan kechadi, erkaklarga esa ko‘proq qabziyat xosdir; uzoq muddat kechish holatlarida,50 yosh va undan katta bo‘lgan erkak va ayollarda kasallik bilan zararlanish holatlarining soni bir hil bo‘ladi;
  • yоmon va sifatsiz ozuqlanish;
  • yаqin qarindoshlardan biri,bu kasal bilan og‘rigan bo‘lsa,bu tis bilan kasallanish ehtimolini 3 baravarga oshiradi;
  • siqilish,bezovtalanish, tushkunlik holati, o‘tmishdagi psixologik jarohatlar;
  • boshdan kechirilgan zo‘ravonlik,bir hisobda “oilaviy” zo‘ravonlik ham;
  • boshdan kechirilgan gastroentrit.

Alomatlari

45 yoshgacha bo‘lgan, ichaklarning jiddiy kasalliklaridan masalan xavfli o’simta borligidan, shubhalanishga sabablar bo‘lmagan odamlarda, tashhis faqat alomatlarga asoslangan holda qo‘yiladi.TIS bilan kasallanganda ich kelishi oralig‘ining o‘zgarishi, qorindagi og‘riqlar,ich ketishi yoki qabziyatdan tashqari yana boshqa alomatlar ham kuzatiladi:

  • ichaklarning shishishi;
  • haftasiga 3 martadan kam yoki kun davomida 3 martadan ko‘p ich kelishi;
  • kuchanishga ehtiyoj borligi;
  • zudlik bilan Defekatsiyaga (ich kelishi) qistovlar; 
  • ichak yo‘llarining oxirigacha bo‘shanmaganlik hissi;
  • alomatlarning siqilish va ovqatlangandan keyin kuchayishi;
  • bezovtalik,tushkunlik.

Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar uchun ko‘p sonli shikoyatlar, kasallikning uzoq kechishi va umumiy holatning ijobiy bo‘lishiga qaramay, uzun ko‘riklar tarixi odatiy holdir. Hayot faoliyatining sifati,ish tartibi va uyquning buzilishi, hamda o‘z sog‘lig‘idan havotirlanish tufayli zarar ko‘radi.

Ko‘pincha bunday bemorlarda,TISning ko‘rinishlarini og‘irlashtiruvchi, hamroh holatlar paydo bo‘ladi:

  • fibromialgiya- kelib chiqish tabiati aniq bo‘lmagan,mushaklarda tarqalgan muntazam og‘riq bilan namoyon bo‘ladigan kasallik;
  • surunkali toliqish sindromi;
  • chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imidagi artroz;
  • kichik tos suyagi sohasidagi uzoq muddatli og‘riqlar.

Ta’sirlangan ichak sindromi yosh bolalarda kam qayd etiladi.Bunday yoshda ko‘proq funksional dispepsiya, seliakiya, laktaza yetishmovchiligi, ichakning anatomik tuzilishidagi g‘ayritabiyliklar kabi kasalliklar uchraydi.

Kasallikni aniqlash usullari

Bir tomondan, ta’sirlangan ichak sindromi yosh kishilarda,hazm qilish a’zolaridagi kasallik belgilarisiz uchraydi.Boshqa tomondan,bu istisno qilish yo‘li bilan aniqlanadigan kasalliklir.Shu sababli aniq bir vaziyatdan kelib chiqqan holda, tashhisni aniqlashtiruvchi tekshiruvlar quyidagi testlardan ba’zilarini o‘z ichiga olishi mumkin:

  • srp darajasi va echtni aniqlovchi qon tahlili;
  • enomiziyga(silliq ichak mushaklarining biriktiruvchi-to‘qima qismi ) qarshi tanachalar;
  • qorin bo’shlig’ining uttdan o’tkazish;
  • axlatning yashirin qon, gijja tuxumlari va boshqa parazitlarni aniqlash uchun tahlili;
  • laktoza bilan murosasizlikka test (yosh bolalarda).

50 yoshdan oshgan bemorlarning barchasida,50 dan yoshroq bo‘lgan bemorlarda esa bezovtalanish kuzatilganda kolonoskopiya o‘tkaziladi.Shuningdek yo‘g‘on ichakni chuqur tekshirish ishlari,yaqinda shikoyatlari paydo bo‘lgan keksa odamlarda,hamda ichak saratonining urug‘li hollarida tayinlanadi.

Ichburug‘ uzoq davom etgan holatlarda ko‘pincha,quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi kompleks tekshiruv o‘tkazish kerak bo‘ladi:

  • qon tarkibidagi sianakobalamin, ferritin,foliy kislotasi,albumin, kalsiyning miqdorini aniqlash;
  • TTG va qalqonsimon bezning gormonlarini tekshirish;
  • аxlatni mikroskop yordamida tekshirish;
  • to‘g‘ri ichak devorlarining biopsiyasi;
  • ichakni bariy moddasi yordamida ranglash (farqlantirish) yo‘li bilan, rentgenologik tekshirish va yo‘g‘on ichak yallig‘lannishini istisno qilish uchun kolonoskopiyani o‘tkazish.

Davolash

Davolashning muvvafaqiyati ko‘p jihatdan bemorning,shifokor bergan tavsiyalarga qanchalik amal qilishiga bog‘liqdir.

Barcha bemorlarga parhez tavsiya qilinadi:

  • muntazam tarzda, shoshilmasdan,televizor va ishga chalg‘imasdan ovqatlanish;
  • kun davomida orasida uzoq tanaffuslarsiz 5-6 marta ovqatlanish;
  • chekishni chegaralash,spirtli va gazlangan ichimliklardan voz kechish;
  • qorin shishgan paytda eriydigan tolalar(bo‘tqalar),qabziyat paytida esa-to‘qimali va kepak mahsulotlarini iste’mol qilish;
  • suyuq ich ketishi vaqtida, ichakga ta’sir qilayotgan mahsulotlar,masalan yangi meva va sabzavotlar iste’molini chegaralab, gaz va suyuqliklarni bog’lovchi “filtrum” preparatini ichish tayinlanadi;
  • meteorizm paytida hayvon yog’lari, karam,sut,pishiriqlarni iste’mol qilishni chegaralash.

Muhim: qabul qilishdan oldin qo‘llanma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Ichak faoliyati buzilishini zo‘raytiruvchi, mahsulotlarni aniqlash uchun,ozuqaviy kundalik yozib borish yaxshi fikrdir.

TIS bilan og‘rigan bemorlar kuniga bir mahal,30 daqiqadan mo‘tadil jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishlari kerak (tez yurish, suzish).Ozgina dam olish maqsadga muvofiqdir,kun davomida qo‘l-oyoqning chigilini yozish kerak.

Davolash protokolida dori-darmon vositalaridan quyidagilar ishlatiladi:

  • spazmolitiklar;
  • ichburug‘ga qarshi vositalar;
  • ich yurgizadigan vositalar;
  • birikmalashtirilgan vositalar;
  • probiotiklar;
  • antidepressantlar;
  • bosh miyadagi qayt qilish markazining faoliyatini susaytiruvchi preparatlar;
  • asab to‘qimalaridagi moddalar almashinuviga ta’sir qiluvchi, ba’zi bir migren (bosh og‘rig‘i)ga qarshi vositalar;
  • ichak shirasi ishlab chiqarilishini jaddalashtiruvchi va axlat moddalarining ichak yo‘lidan yurishini tezlashtiruvchi vositalar;

Bemorlarga psixoterapiya yaxshi yordam beradi.

Kasallikni oldini olish va prognoz (bashoratlar)

Ta’sirlangan ichak sindromi rivojlanishini oldini olish bo‘yicha choralar,patologiya xavfini tug‘diruvchi omillarni yo‘qotish asosida shakllanadi.Shu sababli hazm qilish tizimidagi buzilishlarni oldini olish bo‘yicha profilaktika,quyidagi choralarni o‘z ichiga oladi:

  • ko‘proq suv ichish (kuniga 1,8-2 litrgacha);
  • parhez tarkibiga ichak faoliyati uchun foydali tirik mikroorganizmlar(probiotiklar), hamda bu mikroblarning rivojlanishi uchun ijobiy muhitni yaratib beruvchi prebiotiklarni qo‘shish;
  • gazlarni keltirib chiqaruvchi mahsulotlar iste’molini kamaytirish (karam,qora non,uzum,gazlangan ichimliklar);
  • yog‘liq mahsulotlarni kamroq iste’mol qilish;
  • tarkibida kofein,alkogol mavjud bo‘lgan ichimliklar,hamda kolani iste’mol qilmaslik;
  • ko‘p ovqat yeb qo‘ymaslik, oziqlanish miqdorini kun davomida bir me’yorda taqsimlash;
  • ovqatni yaxshilab chaynab, shoshilmay tannovul qilish;
  • tarkibida sorbitol va fruktoza bor mahsulotlarni iste’mol qilmaslik;
  • hayajonli holatlaridan saqlanish.

Ko‘pchilik bemorlarda, o‘tkazilayotgan davolash ishlariga qaramay,patologiya alomatlari saqlanib qoladi,lekin ularning shiddatliligi o‘smaydi.Ularning 1-2 yil ichida yo‘q bo’lish ehtimoli 38% ni tashkil qiladi.

Qorindagi noqulayliklarni yo‘qotish ehtimolini pasaytiruvchi,omillar:

  • suyuq ich kelishining ustunligi;
  • to‘liqligicha davolanish uchun xohish yoki imkoniyatning yo‘qligi;
  • ichakning jiddiy kasalliklaridan qo‘rqish; 
  • uzoq muddat kechayotgan  kasallik;
  • patologiyaning bemorning kundalik faoliyatiga sezilarli ta’siri;
  • muntazam siqilish, hayajolnlanish;
  • psixik og’ishlarning mavjudligi.
QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish