Mikrazim / Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari

Oshqozon-ichak kasalliklarida Mikrazimning qo‘llanishi

Mikrazimni qo‘llash ko‘rsatmalari nihoyatda keng. Fermentlar yetishmovchiligi, oshqozonosti bezi tashqi sekretor funktsiyasi, oshqozon kasalliklari, jigar va o‘tpufak, ichak xastaligi va boshqa kasalliklar oqibatida oshqozon hazm qilish tizimining buzilishida Mikrazim qabul qilish tavsiya etiladi.

 
1 Surunkali pankreatit

Pankreatit oshqozonosti bezi yallig‘lanishi oqibatida paydo bo‘ladigan kasallik. Pankreatitda oshqozonosti bezi ishlab chiqaradigan fermentlar o‘nikki barmoqli ichakka yetib bormaydi va bezning o‘zini ichidan yallig‘lantirib, uni edirilishga olib keladi.

Surunkali pankreatit
Yallig‘langan oshqozonosti bezi
Yallig‘langan oshqozonosti bezi
O‘nikki barmoqli ichak
O‘nikki barmoqli ichak
Asosiy oqim
Asosiy oqim
Umumiy safro oqimi
Umumiy safro oqimi
Umumiy oqim ostida ochiladigan katta so‘rg‘ich
Umumiy oqim ostida ochiladigan katta so‘rg‘ich
 

Surunkali pankreatitni davolashda kasallik kelib chiqishining alomatlarini yo‘q qiladigan parxez va preparatlardan tashqari, ovqat hazm qilishni normallashtirish uchun fermentlarni bevosita o‘nikki barmoqli ichakka olib boradigan Mikrazim preparati qabul qilish tavsiya etiladi.

Surunkali pankreatitda ovqatlanish. №5 parhez (II variant)

Parhez maqsadi: oshqozon va ichakni mexanik va kimyoviy himoyalash, o‘tpufakning reflektor uyg‘onishini kamaytirish. Taom mayda to‘g‘ralgan, bug‘da yoki pechkada toblab pishiriladi. Ovqatlanish rejimi – kam-kam, kuniga 5-6 marta.

Tavsiya etiladigan mahsulot va eguliklar

Tavsiya:

Non va non mahsulotlari: 1- youi 2-navli bug‘doy unidan suvi qochgan non (kuniga 200-300 g), oshirilmagan xamirdan pechene.

Sho‘rvalar: vegetariancha sabzavotli, oz miqdorda sariyog‘ (5 g) yoki smetana qo‘shilgan yormali (tariq va jo‘xoridan tashqari) bo‘tqa.

Go‘sht va baliq: qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan (kotletlar, knel, frikadelka, befstrogan, maydalab bo‘tqalangan, rulet va h.k.) yog‘siz, paysiz go‘sht (mol, buzoq, tovuq, kurka, quyon), kasallik zo‘raygan mahal — yumshoq va yog‘siz go‘sht; tovuq, kurka go‘shti qaynatib pishirilgan, yog‘siz baliq go‘shti (treska, okun, sudak, cho‘rtanbaliq va h.k.) bo‘laklab qaynatib pishirilgan yoki maydalangan (tefteli, sufle, kotletlar).

Yorma va makaron mahsulotlari: turli bo‘tqalar (manna, grechixa, suli yormasi, perlovka va guruch), vermishel, makaronlar, bo‘tqalar; suv yoki teng yarimda sut va suvda pishirilgan.

Sut va sut mahsulotlari: yaxshisi uyda tayyorlangan, kaltsiyli yoki qatiq qo‘shilgan yog‘siz suzma (tvorog), toblangan yoki dimlangan puding; taomga qo‘shilgan smetana va qaymoq, nordon bo‘lmagan qatiq, oddiy pishloq.

Tuxum: tuxum oqidan tayyorlangan omlet (2 dona tuxum oqi).

Sabzavotlar: qaynatilgan yoki qirg‘ichdan o‘tkazilgan dimlangan sabzavotlar (sabzi, qovoq, kartoshka, gulkaram, yashil no‘xat, yangi loviya, lavlagi).

Yog‘lar: tuzsiz sariyog‘ (30 g), zaytun yoki rafinadlangan pista yog‘i (10—15 g) ovqatga qo‘shiladi.

Mevalar, tarmeva, shirinliklar: nordon bo‘lmagan pechene yoki qirg‘ichdan o‘tkazilgan olma (po‘sti archilgan), yangi va quruq mevalardan qirg‘ichdan o‘tkazib tayyorlangan nordon sharbatlar, ksilit yoki sorbit sharbatida tayyorlangan jele, musslar.

Ichimliklar: limonli achchiq damlanmagan choy, meva-tarmevali shakarsiz sharbatlar, nama’tak, moychechak yoki qora qorag‘at qaynatmalari.

Qaylalar: meva qaynatmasida tayyorlangan kuchsiz sutli, meva-tarmevali qaylalar.

 

Mumkin emas:

Go‘shtli, baliqli, qo‘ziqorinli kuchli sho‘rvalar, yog‘li go‘sht va baliq, qiyin eruvchi yog‘lar, dudlamalar, konservalar, kolbasalar, tuzlamalar, marinadlar, ziravorlar, qo‘ziqorin, achchiq choy, qahva, kakao, shokolad, oq yaproqli karam, щavul, salat, rediska, turp, sholg‘om, dukkaklilar, maydalanmagan xom sabzavotlar va mevalar, klyukva.

Oshirma xamirli va pishiriqlar, arpa unidan non, sovuq taomlar va ichimliklar, muzqaymoq, gazlangan va alkogolli ichimliklar.

 
2 Gastrit va gastroduodenit

Gastrit – oshqozon ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi. Surunkali gastrit – oshqozon-ichak tizimidagi keng tarqalgan xastaliklardan biri bo‘lib, oshqozon ichki shilliq pardasining surnkali yallig‘lanishi, ba’zida esa oshqozon devorining chuqur qatlamlarining yallig‘lanishi ko‘rinishida kechadi. Bunday paytda yallig‘lanish o‘nikki barmoqli ichakka o‘tib, gastroduodenit xastaligi ko‘rinishi yuzaga keladi. 75% holatda surunkali gastrit surunkali xolesistit bilan kechadi.

Gastrit va gastroduodenit
Oshqozon tanasi
Oshqozon tanasi
Shilliq parda
Shilliq parda
Yallig‘lanish o‘chog‘i
Yallig‘lanish o‘chog‘i
 

 

Surunkali gastrit va gastroduodenit aksariyat hollarda o‘t pufagidan safroning buzilishi bilan kechadi. Natijada fermentativ etishmovchilik yuzaga keladi va uning o‘rnini Mikrazim preparatini qabul qilish orqali to‘ldirish mumkin.

Gastrit va gastroduodenitda ovqatlanish rejimi. №1 parhez:

Parhez maqsadi: to‘liq ovqatlanish jarayonida oshqozon-ichak tizimini kimyoviy, mexanik va termik ta’sirlardan himoyalash, yallig‘lanishni kamaytirish, yaralar bitishini yaxshilash, oshqozonning sekretor va ishlash funktsiyalarini normallashtirish. Parhez mahali oshqozon shilliq pardasini kuchli qo‘zg‘atuvchilar, shuningdek sovuq va issiq taomlar, qiyin hazm bo‘luvchi hamda oshqozonda uzoq vaqt turib qoluvchi mahsulotlardan himoyalash. Ovqat maydalangan, yarim suyuq va bo‘tqasimon, suvda yoki bug‘da pishirilgan bo‘lishi lozim. Parhez mahal osh tuzini kamroq qo‘llash tavsiya etiladi.

Tavsiya etiladigan mahsulot va eguliklar

Tavsiyalar:

Non va non mahsulotlari: 1-nav bug‘doy unidan tayyorlangan, suvi qochgan yoki ozroq quritilgan non; quruq biskvit, quruq pechene, haftasiga 1-2 marta, oshmagan xamirdan, singib pishirilgan bulochka, olmali, qaynatilgan go‘shtli yoki baliqli, tuxumli, quyuq shinnili, tvorogli pishiriqlar.

Sho‘rvalar: iste’mol qilishga ruxsat etilgan turli sabzavotlardan sabzi yoki kartoshka qaynatilgan suvda, maydalab tayyorlangan sho‘rvalar; obdon maydalangan yormali (gerkules, manna, guruch va h.k.) sutli, sutga vermeshel, maydalangan sabzavotlar qo‘shib tayyorlangan suyuq yoki bo‘tqalangan taomlar; oldindan qaynatilgan tovuq yoki go‘shtli bo‘tqalar, shirin tarmevali manna bo‘tqasi va h.k. Sho‘rvalarga sariyog‘, tuxumli-sutli qayla, qaymoq qo‘shib iste’mol qilish mumkin.

Go‘sht va parranda go‘shti: yog‘siz, shilliq parda va paylarsiz go‘sht, terisi olingan tovuq go‘shti. Bug‘lab yoki qaynatib pishirilgan mol go‘shti, yog‘siz yosh qo‘y go‘shti, cho‘chqa go‘shti, tovuq, kurka, buzoq, quyon go‘shtlari.

Suvda yoki bug‘lab pishirilgan yog‘siz, terisi olingan baliqdan kotlet yoki qiyma.

Sut va sut mahsulotlari: nordon bo‘lmagan qatiq, atsilofilin. Smetana qo‘shib aralashtirilgan yangi shirin tvorog. Tvorogli taomlar: toblab pishirilgan tvorogli somsa, sufle, qaynatilgan xamirga o‘ralgan tvorog, pudinglar. Oddiy pishloq, qirg‘ichdan o‘tkazilgan, ba’zan – bo‘laklangan.

Tuxum: kuniga 1-2 dona, chala qovurilgan yoki bug‘lab pishirilgan omlet ko‘rinishida iste’mol qilish mumkin.

Yorma va makaron mahsulotlari: manna, guruch, grechixa, suli yormasi. Barchasi suv yoki sutda suyuq qilib pishirib olinadi. Bug‘da pishirilgan sufle, puding, mayda tuyulgan yormalardan kotlet. Ezilib pishirilgan vermeshel, makaronli taomlar.

Sabzavotlar: qaynatilgan, bug‘langan, ezilgan kartoshka, sabzi, lavlagi, gulkaram bo‘tqalari. Yangi qovoq va qovoqcha. Sho‘rvalarga mayda to‘g‘ralgan ukrop qo‘shish mumkin. Yaxshi pishgan, nordon bo‘lmagan pomidor (ko‘pi bilan 100g).

Gazaklar: qaynatilgan sabzavotlar, go‘sht, baliq, qaynatilgan tildan salatlar, jigar pashteti, doktorskaya, sutli, parhezli kolbasalar. Sabzavot qaynatmasida pishirilgan baliq, bakrabaliq uvildirig‘i: ba’zan yog‘siz seld balig‘i va forshmak, oddiy pishloq, tuzlanmagan yog‘siz cho‘chqa go‘shti.

Meva, tarmeva va shirinliklar: ezilgan, qaynatilgan yoki toblangan mevalar va tarmevalar, shirin tarmeva va mevalar. Shirinliklardan: pyure, kisellar, musslar, jele, sambuk, mevalari ezilgan sharbatlar, merenga, qaymoqli krem, sutli kisellar. Shakar, asal, shirin murabbolar, zefir, pastila.

Qaylalar: sutli (beshamel) un qo‘shilmagan, sariyog‘li yoki qaymoqli qaylalar, shunindek, mevali va sutli-mevali qaylalar.

Ichimliklar: sutli yoki qaymoqli, achchiq bo‘lmagan choy, nimtatir kakao va sutli qahva (tabiiysi mumkin emas). Mevali va tarmevali shirin sharbatlar. Nama’tak qaynatmasi.

Yog‘lar: tuzsiz sariyog‘, uyda tayyorlangan oliy navli sariyog‘.

Mumkin emas:

Javdar va har qanday yangi uzilgan non, oshirilgan va qatlama xamirdan tayyorlangan non mahsulotlari.

Go‘sht va baliq pishirilgan sho‘rva, qo‘ziqorin va sabzavot sho‘rvalari, borshch va okroshka (yaxna sho‘rva).

Yog‘li va payli go‘sht, parranda go‘shti: o‘rdak, g‘oz; konservalar, dudlamalar. Yog‘li, sho‘r baliq va baliq konservalari.

Yuqori kislotali sutli mahsulotlar, o‘tkir pishloq. Smetanani ham me’yorida iste’mol qilish lozim.

Qattiq qaynatilgan yoki qovurib pishirilgan tuxum.

Tariq, arpa yormasi, arpa, jo‘xori yormasi, dukkaklilar, qattiq makaronlar.

Oq yaproqli karam, sholg‘omning barcha navlari, turp, shovul, ismaloq, piyoz, bodring, sabzavotlar, qo‘ziqorindan tayyorlangan har xil tuzlama va bostirmalar, sabzavotli gazak va konservalar.

O‘tkir va sho‘r gazaklar, konserva va dudlamalar.

Nordon, chala pishgan, kletchatkaga boy meva va tarmevalar, maydalanmagan quruq mevalar (qoqmevalar), shokolad, muzqaymoq. Shivit, kashnich, vanilin, dolchin iste’moli cheklangan miqdorda.

Go‘shtli, baliqli, qo‘ziqorinli, pomidorli qaylalar, xren, xantal, achchiq qalampir.

Galangan ichimliklar, kvas, qora qahva kabilar man etiladi.

 

 
3 Surunkali xolesistit

Surunkali xolesistit – o‘tpufagi devorchalarining yallig‘lanish xastaligi.
Jigar ovqat hazm qilish jarayoni uchun muntazam zarur miqdorda safro ishlab chiqaradi. Safro tabiatiga ko‘ra ancha emiruvchan xususiyatga ega bo‘lib, oqsillar va yog‘larni parchalashda muhim rol o‘ynaydi. Nimadir sabab bo‘lib safro oqimi yo‘nalishining buzilishi natijasida, safro o‘tpufak devorchalarini qabartiradi va sekin-asta uni emirib, yallig‘lanish jarayonini boshlab beradi.

Surunkali xolesistit
O‘t pufagi
O‘t pufagi
Berkilib qolgan safro oqimi yo‘nalishi
Berkilib qolgan safro oqimi yo‘nalishi
Yallig‘lanish o‘chog‘i
Yallig‘lanish o‘chog‘i
 

Surunkali xolesistitni davolash sxemasi bir necha guruh dori vositalarini ichiga oladi va ular asosiy alomatlarni bartaraf etish, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini normallashtirishga qaratilgan. Ferment yetishmovchiligi va ovqat hazm qilish jarayonini normallashtirish uchun muntazam Mikrazim preparati qabul qilish tavsiya etiladi.

Surunkali xolesistitda ovqatlanish tartibi. №5 parhez.

Parhez maqsadi: jigarni to‘liq ovqatlanish jarayonida kimyoviy himoyalash, jigar va o‘t yo‘llari faoliyatini normallashtrishga ko‘maklashish, o‘t ajralishini yaxshilash. Lipotrop moddalar, kletchatka, pektinga boy suyuq mahsulotlar tavsiya etiladi. Azotli ekstrafaol moddalar, purinlar, xolestirin, shovul kislotasiga boy va qovurish mahali yog‘larni qattiq dog‘lovchi mahsulotlar man etiladi. Taomni qaynatib, toblab, kamroq hollarda – dimlab pishirish tavsiya etiladi. Payli go‘sht va kletchatkaga boy sabzavotlarni qiymalash; un va sabzavotlarni qovurmasdan tayyorlash. O‘ta sovuq taomlar mumkin emas. Ovqatlanish tartibi: kuniga 5-6 marta.

Tavsiya etiladigan mahsulot va taomlar

Tavsiya etiladi:

Non va non mahsulotlari: 1- va 2-navli bug‘doy uni, tegirmonda tortilgan javdar unidan suvi qochgan non. Oshmagan xamirda qaynatilgan go‘sht va baliq, tvorog, olmali pishiriqlar. Qattiq xamirdan tayyorlangan pechenelar, quruq biskvit.

Sho‘rvalar: sabzavotli, sabzavot qaynatmasida tayyorlangan yormalar, makaronli sutli taomlar, mevali sho‘rvalar, borshch va vegetariancha shi, lavlagili sho‘rva, un va sabzavotlar sho‘rvaga solishdan avval qovurilmaydi.

Go‘sht va parranda go‘shti: yog‘siz yoki yog‘i olingan, shilliq pardasiz, paylarsiz, parranda go‘shtining terisi olingan bo‘lishi kerak. Mol, yosh qo‘yning yog‘siz go‘shti, cho‘chqa go‘shti, quyon, tovuq va kurka go‘shtlari. Go‘sht mahsulotlari qaynatiladi va so‘ngra toblash mumkin. Do‘lma, qaynatilgan go‘shtda palov. Sutli sosiska.

Baliq: yog‘siz baliq turlari. Qaynatib toblangan, bo‘laklar yoki knel ko‘rinishida, qiymalgichdan o‘tkazilgan, bo‘tqalangan. Taomnomadan: baliqning yog‘li turlari, dudlangan, sho‘r baliq va baliq konservalari chiqariladi.

Sutli mahsulotlar:sut, qatiq, atsidofilin; smetana – taomlarga qayla sifatida; ozroq yog‘li va yog‘siz tvorog va undan tayyorlangan tamolar (xamirga o‘ralgan, vareniklar, puding va h.k.). Oddiy, yog‘siz pishloq. Tuxum: tuxum oqidan toblangan omlet. Kuniga ovqatga 1 dona tuxum sarig‘i solish mumkin. Yomon ta’sir qilmasa, omlet ko‘rinishida chala pishirilgan tuxum. Taomnomadan: qattiq qaynatib pishirilgan va qovurilgan tuxum chiqariladi. O‘tpufagi toshi kasalligida – yarimta tuxum sarig‘ini ovqatga qo‘shib tayyorlangan holda iste’mol qilish mumkin.

Yormalar: turli yormalardan tayyorlangan taomlar, ayniqsa grechixa va suli yormasi. Quruq mevali palov, sabzili va tvorogli puding. Qaynatilgan makaron.

Sabzavotlar: pishloqli, qaynatilgan, dimlangan salatlar, garnir va mustaqil sabzavotli taomlar. Nordon bo‘lmagan tuzlangan karam, qaynatilgan piyoz, yashil no‘xatdan tayyorlangan pyure.

Gazaklar: yangi sabzavotlardan o‘simlik yog‘i qo‘shilgan salatlar, mevali salat, vinegret, qovoqcha ikrasi, qaynatma sho‘rvali baliq, yog‘siz seld balig‘i, ichiga qiyma tiqilgan baliq, dengiz mahsulotlari, qaynatilgan baliq va go‘shtdan salatlar, doktorskaya, sutli, parhezbop kolbasalar, yog‘siz vetchina, oddiy yog‘siz pishloq.

Mevalar, tarmeva va shirinliklar: nordon bo‘lmagan turli meva va tarmevalar – xomligicha, qaynatib yoki toblab iste’mol qilish mumkin. Meva qoqlari, sharbatlar, kisellar, jele, muss, sambuk. Merenga va “qorparcha” shirinligi. Marmelad, shokoladi yo‘q konfetlar, pastila, asal, murabbo. Shakar o‘rniga qisman ksilit ishlating (sorbitli).

Qaylalar: Smetanali, sutli, sabzavotli, shirin mevali qaylalar. Un qovurilmaydi. Ukrop, kashnich, vanilin, dolchin mumkin.

Ichimliklar: choy, sutli qahva, mevali, tarmevali va sabzavot sharbatlari.

Taomnomadan:

Yangi yopilgan non, oshirma va qatlama xamirli mahsulotlar, qovurmalar.

Go‘sht, baliq va qo‘ziqornli qaynatmalar, okroshka, yashil sho‘rva.

Yog‘li go‘sht, o‘rdak, g‘oz go‘shti, jigar, buyrak, miya, dudlamalar, kolbasalarning aksariyat turlari va konservalar

Dukkaklilar.

O‘tkir va yog‘li gazaklar, dudlamalar, konserva va uvildiriq.

Ismaloq, shovul, rediska, sholg‘om, turp, barra piyoz, sarimsoqpiyoz, qo‘ziqorinlar, marinadlangan sabzavotlar.

Shokolad, kremli mahsulotlar, muzqaymoq.

Xantal, xren, achchiq qalampir.

Cho‘chqa, mol, qo‘y yog‘lari, oshxona yog‘lari chiqarib tashlanadi.

Qaymoq, yog‘lilik darajasi 6% sut, smetana, yog‘li tvorog, sho‘r, yog‘li pishloq ChEKLANGAN miqdorda.

 
4 Ichak og‘rig‘i sindromi va sanchiqlar
 
 

Ichak og‘rig‘i sindromi ovqat hazm qilish tizimida juda keng tarqalgan bo‘lib, er yuzidagi har beshinchi kishi undan aziyat chekadi. E’tibolisi, ayollarda mazkur sindrom ikki karra ko‘proq uchrar ekan. Sindrom aksariyat hollarda damlash, ichaklardagi og‘riq va sanchiq, metiorizm, ich ketishi yoki aksincha, qabziyat va shunga o‘xshash talaygina noxushliklar bilan namoyon bo‘ladi.

Afsuski, ichak og‘rig‘i sindromini butkul davolab bo‘lmaydi, biroq jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va Mikrazim ferment preparatini qabul qilish orqali mazkur noxush holatlarni yengillashtirish yoki kamaytirish mumkin.

Ichak og‘rig‘i sindromida ovqatlanish tartibi. №3 parhez.

Parhez maqsadi: ichakning buzilgan funktsiyalarini va shu orqali organizmdagi modda almashinuv jarayonini normallashtirish. Taomnomadan ichakda achish va bijg‘ishni kuchaytiruvchi mahsulotlar hamda ovqat hazm qilish organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulot va eguliklar (yog‘li, qovurilgan taomlar va h.k.) iste’mol qilish man qilinadi. Ovqat qiymalagichdan o‘tkazilgan mahsulaotlardan, suv, bug‘da yoki toblab tayyorlanadi. Sabzavot va mevalarni xomligicha yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish mumkin. Parhezga sovuq holda birinchi va shirin taomlar, ichimliklar tavsiya etiladi. Kuniga 4-6 marta ovqatlanish lozim. Nahorga asalli sovuq suv, mevali yoki sabzavotli sharbatlar; uyqudan oldin: qatiq, yangi meva yoki qoqmevalardan sharbat ichish, sarxil mevalar, olxo‘ri eb yotish mumkin.

Tavsiya etiladigan mahsulot va taomlar

Tavsiya etiladi:

Non va non mahsulotlari: 2-nav bug‘doy unidan non, donli barvixinskiy, doktorskiy nonlari; salbiy ta’sir qilmasa – javdar unidan non. Bularning hammasi suvi qochgan bo‘lishi lozim. Oshirilmagan xamirga oz miqdorda meva va tarmeva qo‘shib tayyorlangan pishiriqlar.

Sho‘rvalar: yog‘siz go‘sht va baliq yoki sabzavot qaynatmasida tayyorlangan sho‘rvalar. Ko‘proq arpa yormasi yoki mevalar qo‘shilgan sabzavotli  sho‘rvalar (borshch, shi, lavlagili).

Go‘sht va parranda go‘shti: yog‘siz navli go‘shtlar, tovuq, kurka go‘shtini qaynatgandan keyin toblab iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sutli sosiskalar. Yog‘siz baliq – qaynatib toblangan. Dengiz mahsulotlaridan tayorlangan taomlar. Sutli ovqatlar. Turli qatiqli ichimliklar. Yangi tvorog va undan tayyorlangan taomlar: yormali puding, varenik, vatrushka. Qaymoq. Oddiy pishloq. Smetanani ovqatga solish tavsiya etiladi.

Tuxum: kuniga 2 dona. Chala pishirilgan, bug‘da pishirilgan omlet, tuxum oqini ovqatga qo‘shib eyish mumkin.

Yorma va makaron mahsulotlari: suvga sut qo‘shib tayyorlangan grechixa, tariq, bug‘doy, arpali qumoq yorma bo‘tqalar.

Sabzavotlar: Xom va garnirga qaynatib tayyorlangan yoki toblangan - lavlagi, sabzi, pomidor, salat, bodring, qovoqcha, qovoq, gulkaram. Salbiy ta’sir ko‘rsatmasa – oq yaproqli karam, yashil no‘xat.

Gazaklar: xom sabzavotlardan o‘simlik yog‘i qo‘shib tayyorlangan salatlar va  vinegret, sabzavotli ikra, mevali salatlar. Oddiy pishloq, yog‘siz vetchina, seld, dirrildoq baliq va go‘sht.

Mevalar, shirin taomlar va shirinliklar: o‘zi yoki taomlarga qo‘shgan holda ko‘p miqdorda yangi, pishgan, shirin meva va tarmevalar. Turli taomlarga qo‘shilgan meva qoqlari (olxo‘ri, turshak, anjir va h.k.). asal, murabbo, marmelad, pastila, sutli karamel.

Qayla va ziravorlar: ko‘p qaynab ketmagan go‘shtli va baliqli qaynatmalarda tayyorlangan pomidorli, sutli beshamel, kamroq – smetanali, mevali. Ukrop, kashnich, selderey, lavr yaprog‘i.

Ichimliklar: choy va tabiiy bo‘lmagan qahva. Nama’atak va kepakli qaynatmalar, mevali va sabzavotli sharbatlar (olxo‘ri, o‘rik, sabzi, pomidor va h.k.).

Yog‘lar:  sariyog‘. O‘simlik yog‘lari ovqatga qo‘shiladi.

 

Taomnomadan:

Oliy navli undan oshirma va qatlama xamirli non va pishiriqlar.

Sholg‘om, rediska, sarimsoqpiyoz, piyoz, turp, qo‘ziqorinlar.

Yog‘li baliq, baliq dudlamasi va konservalari.

Qattiq qaynatib va qovurib pishirilgan tuxum.

Guruch, manna yormasi, sago, vermishel, dukkaklilar.

Yog‘li go‘sht, o‘rdak, g‘oz go‘shti, dudlama va konservalar.

Yog‘li va o‘tkir taomlar, dudlamalar.

Kisel, qorag‘at, behi, qizilmeva, shokolad, kremli pishiriqlar.

Yog‘li va o‘tkir qaylalar, xren, xantal, achchiq qalampir.

Kakao, tabiiy qahva, achchiq choy.

Hayvon va oshxona yog‘lari chiqarib tashlanadi.

Kartoshka kamroq iste’mol qilinadi

QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMALAR BOR. QO’LLASHDAN OLDIN YO’RIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING VA MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING
Ma'lumotlar bilan tanishdim, berkitish